Genetika va evolyutsion


 Tirik organizmlar ko`chishi (migratsiyasi) ning evolyutsion ahamiyati



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

 
3. Tirik organizmlar ko`chishi (migratsiyasi) ning evolyutsion ahamiyati. 
Har bir turga mansub polulyatsiyalar tabiatda to`lig`icha bir-biridan 
alohidalashmagan. Shu sababli bir populyatsiyadagi organizmlarning o`z makonidan 
chiqib, ko`chib yurishi tabiiy bir hol. Tirik organizmlarning ko`chishi iborasi 
ekologiyada ham, evolyutsion nazariyada ham keng qo`llaniladi. Ekologiyada tirik 
organizmlarning ko`chishi haqida fikr yuritilganda, uning evolyutsion jarayonga 
ko`rsatadigan ta’siri e’tiborga olinmaydi. 
Organizmlarning ko`chib yurishi kundalik, mavsumiy bo`ladi. Umurtqali 
hayvonlar, bo`g`imoyoqlilarning yuksak darajada rivojlangan vakillari oziq topish 
uchun doim harakatda bo`ladi. Baliqlar, qushlarda yashash uchun qulay sharoit 
topish maqsadida har yili mavsumiy ko`chish kuzatiladi. Yuksak hayvonlar ayrim 
individlar, suvda o`troq hayot kechiruvchi individlarning esa harakatchan 
lichinkalari, yuksak o`simliklar changi va urug`i, tuban o`simliklar, zamburug`lar 
sporalari yordamida joydan-joyga ko`chadi. 
Evolyutsion nazariyada tirik organizmlarning ko`chishi keng ma’noda, ya’ni bir 
populyatsiyadagi organizmlarning o`z makonidan tashqariga chiqib, boshqa 
populyatsiyaga mansub organizmlar bilan chatishishi natijasida, genofondining 
o`zgarishi, hatto yangi tur kelib chiqishi uchun asos bo`lishi tushuniladi. 
Organizmlarning ko`chishi tufayli populyatsiya genofondining o`zgarishi genlar oqimi va 
genlar introgressiyasi yo`nalishida boradi. 
Ko`chish oqibatida populyatsiyadagi ayrim organizmlar qo`shni populyatsiya 
organizmlariga qo`shilib, ular bilan chatishib, o`z genini shu populyatsiya genofondiga 
o`tkazishi mumkin. Bu hodisa genlar oqimi nomini olgan, u populyatsiya genetik 
axborotining o`zgarishida muhim o`rin tutadi. Odatda, bir turga mansub har xil 
populyatsiya organizmlarining o`zaro chatishishidan hosil bo`lgan duragaylar genotipi 


138 
ota-ona genotipidan tubdan farq qiladi. Har yilgi mavsumiy ko`chish tufayli populyatsiya 
genofondida genlar aralashadi, ya’ni genetik o`zgarish sodir bo`ladi. Genlar oqimi 
kombinatsion o`zgaruvchanlik asosini tashkil etib, u populyatsiya genofondining 
o`zgarishida mutatsion o`zgaruvchanlikka nisbatan samaraliroq hisoblanadi. Genlar 
introgressiyasi deyilganda har xil turlarga kiruvchi populyatsiyalar orasida yuz 
beradigan genlar oqimi tushuniladi. Introgressiya hodisasi turlararo chatishishda ham ro`y 
beradi. U o`simliklarda ko`proq hayvonlarda kamroq kuzatiladi. Introgressiya bir tur 
o`simlik changining ikkinchi tur o`simlik tumshuqchasiga tushib, uning murtak 
xaltachasidagi onalik bilan qo`shilishi yoki har xil turga mansub hayvonlar chatishib, 
duragay nasl berishi orqali amalga oshadi. 
Organizmlarning ko`chishi (migratsiyasi) evolyutsiya uchun juda katta 
ahamiyatga ega ekanligiga asoslanib, Amerika olimi E. Mayr «asos soluvchi» 
prinsipini ilgari surdi. Bu prinsipga muvofiq, bir populyatsiyaning juda kam genetik 
o`zgarishiga ega bo`lgan bir necha organizm boshqa makonga ko`chishi natijasida 
yangi populyatsiya paydo bo`ladi. Masalan, yomg`ir suvi tufayli bahorda ko`lmak, suv 
havzalariga baqa qo`ygan tuxumlardan rivojlangan nisbatan o`xshash genofondli baqalar 
mustaqil mikropopulyatsiyani hosil qilishi mumkin. Mazkur mikropopulyatsiya doirasida 
genlar oqimi yuz bermagani sababli u genotipik jihatdan o`xshashligini ma’lum 
muddat mobaynida saqlaydi. 
Tur o`rin olgan makondagi populyatsiyalarning o`zaro chatishishi natijasida genlar 
aralashadi. Bu esa o`z navbatida tur genofondining tekislanishiga, u genotipi 
strukturasining turg`un bo`lishiga imkon yaratadi, Binobarin, organizmlarning o`z 
makonidan ko`chishi faqat populyatsiya genofondini o`zgartiruvchi bo`lib qolmay, shu 
bilan birgalikda turning ma’lum muddat turg`un holatda saqlanishiga imkon beradi. 
Shunday qilib, organizmlarning o`z makonidan ko`chishi genlar oqimi, 
introgressiya hodisalarini vujudga keltirib, populyatsiya genofondi yangi genlar bilan 
boyishini ta’minlaydi va kombinatsion o`zgaruvchanlik uchun muhim manba 
hisoblanadi.

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish