Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

4.
 
Tabiiy tanlanishning samaradorligi va ta’sir etish tezligi. 
Tabiiy tanlanish ta’sirining samaradorligi va tezligi bir qancha omillarga 
bog`liq. Bularga yashash sharoiti, konkret belgi-xossalar va birinchi navbatda 
tanlanish bosimining hajmi kiradi. Tanlanish bosimining hajmi to`g`risida 
mulohaza yuritish uchun, avvalo genotipning adaptiv qiymatini bilish kerak. 
Tanlanish jarayonida populyatsiyadagi har bir genotipning individual afzalligi 
genlarning kelgusi bo`g`inlarga berilish qobiliyati bilan baholanadi. Bir genotipning 
populyatsiyadagi boshqa genotiplarga nisbatan yashovchanligi va nasl berish 
qobiliyati genotipning 
adaptiv qiymati 
deb ataladi. U odatda genotipning moslanish 
darajasini ifodalaydi va W harfi bilan belgilanadi. Genotipning adaptiv qiymati 0 
dan 1 gacha o`zgarib turadi. Agar W = 0 bo`lsa, genetik axborot kelgusi bo`g`inga 
berilmaydi, chunki barcha organizmlarning nobud bo`lishi tufayli ko`payish ro`y 
bermagan hisoblanadi, W= 1 bo`lganda esa mazkur genlarga ega gametalar ko`plab 
nasl beradi va ko`payish qobiliyati to`liq amalga oshadi. Genotipning adaptiv 
qiymati barcha genlar kompleksi bilan belgilanadi. Shuning uchun hatto bir xil 
gendan iborat gomozigota genotiplar ham turlicha adaptiv qiymatga ega bo`lishi 
mumkin. Adaptiv qiymat tanlanishgacha va tanlanishdan so`ng uchraydigan 
allellarni hisobga olish bilan aniqlanadi. Bu, o`z navbatida, tanlanish koeffitsientiga 
bog`liq. 
Tanlanish koeffitsienti boshlang`ich formalarga nisbatan mutant allelning 
qirilish — eliminatsiya intensivligini yoki urchish qobiliyatining pasayishini 
ifodalaydi va S harfi bilan belgilanadi. Tanlanish koeffitsienti genotipning adaptiv 
qiymatiga nisbatan teskari hodisa hisoblanadi va 1 dan 0 gacha o`zgarib turadi. 
shunga ko`ra, genotipning adaptiv qiymati qancha katta bo`lsa, tanlanish 
koeffitsienti shuncha kichik, ya’ni W=1 bo`lsa, u holda S=0 bo`ladi. Tabiiy 
sharoitda tanlanish koeffitsienti 0,10 — 0,20 dan oshmaydi. Lekin letal 
mutatsiyalarda organizmlarning yashovchanlik qobiliyati pasayib, tanlanish 
koeffitsienti ortishi va 1,0 gacha etishi mumkin. Tabiatda ayrim belgilar bo`yicha 
genotipning adaptiv qiymatini baholash kam bo`ladi. Chunki tanlanish belgilar 
kompleksi bo`yicha o`tadi. Populyatsiyadagi barcha genotiplar adaptik qiymatining 
xarakteristikasi uchun o`rtacha moslanish aniqlanadi va u W
1
bilan belgilanadi. U 
tanlanishdan so`ng uchraydigan genotiplar yig`indisiga teng bo`ladi va Xardi-


151 
Vaynberg formulasi quyidagi ko`rinishda bo`ladi: 
Bunda: W
0
— populyatsiyadagi bir xil genotipni; W
1
— ikkinchi xil genotipni; 
W
2
— uchinchi xil genotipni ifodalaydi. 
Agar dominant gomozigotalarning o`rtacha moslanishi 1 bo`lsa, u holda 
boshqa genotiplarning moslanishi unga nisbatan protsent hisobida olinadi. U holda 
har xil genotipga ega bo`lgan organizmlar populyatsiyasining o`rtacha moslanishi 
quyidagicha ifodalanadi: 
Genotiplar
O`rtacha moslanishlar 
 
Bu formulalardan foydalanib, tanlanishdan oldin va keyin genotiplarning 
o`zaro nisbatini bilgan holda tanlanish koeffitsienti aniqlanadi. 
Tanlanish koeffitsienti qancha katta bo`lsa, tanlash ham ayrim genotiplarga 
nisbatan shuncha jadal, ya’ni tanlanish bosimi ham yuqori bo`ladi. Tanlanish 
samarasi populyatsiyadagi genlar konsentratsiyasiga bog`liq. 
Tabiiy tanlanish, odatda, dominant mutatsiyalarga nisbatan samarali 
hisoblanadi. Chunonchi S=1 bo`lgan taqdirda populyatsiya bir bo`g`in davomida 
dominant letal mutatsiyalardan halos bo`lishi mumkin. Biroq tabiiy tanlanish 
resessiv va chala dominant mutatsiyalarga nisbatan unchalik samarali bo`lmaydi. 
Chunki bunday mutatsiyalar geterozigota holatda fenotip jihatdan normal bo`ladi 
hamda tanlanish ta’siridan chetda qoladi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish