Harakatlantiruvchi tanlanish.
Tabiiy tanlanishning bu shakli populyatsiya-
dagi irsiy o`zgaruvchanlik chegarasini kengaytiradi, belgi-xossalarning o`rtacha
mohiyatining siljishiga imkon yaratadi. Harakatlantiruvchi tanlanish o`zgargan
sharoitda moslanish ahamiyatini yo`qotgan eski reaksiya normasi o`rniga yangi
reaksiya normasini vujudga keltiradi hamda uni mustahkamlaydi. Buning oqibatida
kelgusi bo`g`inlarda oldingi bo`g`inlarning normadagi fenotipidan keskin farq qilgan
fenotipga ega organizmlar saqlana boradi. Binobarin, optimum moslanish o`rtacha
darajadagi fenotip formalarning emas, balki keskin o`zgargan chetki formalarning
tanlanishi orqali ro`yobga chiqadi. Tanlanishning bu formasi belgi-xossalar eski
individlar o`rniga muhit sharoitiga moslashgan yangi individlar vujudga keltirishi
bilan xarakterlanadi. Harakatlantiruvchi tanlanish natijasida belgi-xossalar
kuchayish yo susayish tomonga qarab o`zgaradi.
Tabiiy tanlanishning bevosita yoki bilvosita ta’siriga doir Darvin keltirgan
ma’lumotlarning hammasi tanlanishning harakatlantiruvchi turiga mansub.
Chunonchi, organizmlarda biror organning funktsional jihatdan kerak bo`lmasligi,
tabiiy tanlanish natijasida uning reduksiyalanishiga sabab bo`ladi. Ba’zi bir
qushlar, hasharotlar qanotining, tuyoqlilarda yon barmoqlarning, g`orlarda
yashovchi hayvonlarda ko`zning, parazit o`simliklarda ildiz va bargning yo`qligi
harakatlantiruvchi tanlanish ta’siri natijasidir. Binobarin, muhit sharoitining asta-
sekin o`zgarishi tufayli tabiiy tanlanishning bu shakli fenotip va genotip jihatdan
yangi formalar hosil qiladi. U yangi turlarning paydo bo`lishi va organik
olamdagi evolyutsiya jarayonining asosiy sababchisi hisoblanadi.
Stabillashtiruvchi tanlanish.
Bu tanlanish populyatsiyaning o`zgaruvchanligini
qisqartiradi va turg`unligini oshiradi. Har bir populyatsiyaning hayoti muhitga
bog`liq. U yashab qolish uchun doim hayot sharoitiga moslanishi kerak.
Populyatsiya butun hayoti davomida tabiiy tanlanish ma’lum davrda hukmronlik
qilgan tashqi muhitning kompleks sharoitiga moslashgan fenotipni vujudga keltirgan
153
genotipni saqlay boradi. Agar bir necha bo`g`in mobaynida yashash sharoiti
o`zgarmasa, u holda populyatsiya — yuqori moslanish darajasiga ega bo`ladi va
tabiiy tanlanish genetik o`zgaruvchanlikni stabillashtirishga tomon yo`naladi. Bunday
sharoitda tanlanish to`xtamaydi, balki davom etib, muhitga yaxshi moslashgan,
o`rtacha normaga ega formalar saqlanadi, normadan o`zgargan organizmlar esa
nobud bo`ladi. Tanlanishning bu shaklini Shmalgauzen stabillashtiruvchi tanlanish
deb nomladi.
Fenotip tomondan keskin o`zgargan formalarning halokatga uchrashi tabiiy
populyatsiyalarda bir necha bor kuzatilgan. Masalan, G. Bempes tomonidan
chumchuqlar ustida o`tkazilgan kuzatishni olish mumkin. U qattiq qor bo`ronidan
so`ng yarim muzlagan, chalajon shahar chumchuqlarining 132 tasini daladan
laboratoriyaga olib kelgan. Ularning 72 tasi tirilgan. Bempes o`lik va tirik qolgan
chumchuqlarning qanotini o`lchab ko`rgan. Tirik qolgan chumchuqlar qanotining
uzunligi o`rtacha, nobud bo`lgan chumchuqlarniki esa uzun yoki kalta bo`lgan,
binobarin, qanotlari o`rtacha uzunlikda bo`lgan formalar bo`ron paytida tirik
qolganligi, normadan o`zgargan chumchuqlar nobud bo`lganligi aniqlangan.
Hasharotlar yordamida changlanadigan o`simliklar gulining yirik-maydaligi va
shakli shamol yordamida changlanadigan o`simliklar gulinikiga nisbatan anchagina
turg`un ekanligi ma’lum. Hasharotlar yordamida changlanadigan gullarning
tuzilishidagi turg`unlik o`simliklar bilan ularni changlatuvchilarning birgalikdagi
evolyutsiyasi va o`zgargan formalarning qirilishi bilan bog`liq. Masalan, tukli ari tor
gultojibarglar orasiga kira olmagani sababli, kapalak xartumchalari ham uzun
gultojibargga va qisqa changdonlarga tega olmaydi. Bunday o`zgargan o`simlik
formalari chetdan changlanmasdan nasl bera olmaydi.
Kern va Penrouz yangi tug`ilgan chaqaloqlarning o`limi protsent ularniig
vazniga bog`liqligini aniqladilar. 28 kunlik chaqaloqlarning vazni o`rtacha
bo`lganlariga nisbatan og`ir yoki kam bo`lganlari ko`proq nobud bo`lar ekan.
Ba’zi bir qushlarda ko`payish qo`ygan tuxumi soniga bog`liq ekanligini aniqladi.
Bunda u tabiiy tanlanish tufayli har bir qush uchun ma’lum miqdorda tuxum
qo`yish mavjud, degan xulosaga asoslandi. Tashqi tomondan qaraganda, go`yo
qush qancha ko`p tuxum qo`ysa, u shunda ko`p nasl qoldirishga moslashgandek
bo`lib ko`rinadi. Haqiqatda esa qush bolalarining soni bilan ota-ona keltirgan oziq
o`rtasida nomutanosib korrelyatsiya mavjud bo`ladi. Odatda, qush bolalari qancha
ko`p bo`lsa, ular kam oziq bilan ta’minlanadi va tez-tez nobud bo`ladi.
Chug`urchuq uyasiga eng ko`pi bilan 5 ta tuxum qo`yadi. Agar 5 tadan ortiq
qo`ysa, oziq yetishmasligi sababli uchish davrida bolalarning eng nimjonlari
nobud bo`ladi.
Yuqorida keltirilgan misollarda tabiiy tanlanish bosimi bir belgiga, masalan,
yashab qolishga ijobiy ta’sir qilsa, boshqa belgi (tuxumlar soni) bilan nomutanosib
muvozanatda bo`lishini ko`rsatadi. Bunday hodisalar moslanish, hayotchanlik nasl
qoldiruvchi organizmlar fenotipining hamma xususiyatlariga bog`liqligidan yana bir
bor dalolat beradi. Individ fenotipi va genotipi, populyatsiya va uning genofondi,
bularning hammasi yuksak darajadagi murakkab sistemalar bo`lib, ularning har
biri tabiiy tanlanish orqali ikkinchisiga moslashadi.
Tabiiy tanlanish individ komponentlarining shunday muvozanatini vujudga
keltiradiki, u populyatsiyalarning konkret sharoitga moslanishiga safarbar etiladi.
154
Shunday mutanosib moslanish tufayli ayrim belgilar maksimum darajada namoyon
bo`lmay, o`rtacha darajada rivojlanadi. Belgilari o`rtacha darajada yoki unga
yaqin darajada bo`lgan individlarning saqlanishiga qaratilgan tanlanish
stabillashtaruvchi tanlanish
deyiladi. Bu tanlanish o`rtacha normani saqlab,
mustahkamlab o`zgargan formalarning nobud bo`lishi bilan xarakterlanadi.
Stabillashtiruvchi tanlanish organizmlar rivojlanishini tashqi muhitda ro`y beradigan
tasodifiy o`zgarishlardan saqlab, uni avtomatlashtirishi katta ahamiyatga ega.
Stabillashtiruvchi tanlanish normani mutatsion jarayonning vayron qiluvchi
ta’siridan saqlaydi. Bu tanlanishsiz tirik tabiatda turg`unlik bo`lmaydi (28-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |