Genetika va evolyutsion


Destabillashtiruvchi tanlanish



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

Destabillashtiruvchi tanlanish.
Tanlanishning bu turi yirtqich hayvonlar 
ustida olib borilgan tajribalar natijasida kashf qilingan. Ma’lumki, boshqa yirtqich 
hayvonlar singari, tulkilar ontogenezida ham stabillashtiruvchi tanlanish tufayli 
tarixan tarkib topgan belgi va funksiyalar rivojlanadi. K. D. Belyaev kumushsimon, 
qora tulkilar populyatsiyasini o`rganib, ular xatti-harakati bo`yicha polimorf, ya’ni 
30% odamga nisbatan tajovuzkor, 20% hurkovich, 40 % tajovuzkor hurkovchi, 10 % 
tinch kuzatuvchan ekanligini aniqlagan. Kuzatishlar himoyalanish xatti-harakati bilan 
jinsiy aktivlanish orasida genotipik va fenotipik munosabat borligidan dalolat berdi. 
Odatda, tulkilar yilning ma’lum faslida, ya’ni mart-aprel oyida urchiydi. Bu jarayon 
oldin tinch kuzatuvchan, oxirida o`ta tajovuzkor usulda amalga oshadi. Belyaev 
tulkilar populyatsiyasi orasidan tinch kuzatuvchan formalarni alohida tanlab 
urchitib, xonakilashtirganda naslda ularning urchish muddati o`zgara borgan 
hamda odamga ko`nikishi asta-sekin orta borgan. Tanlanish olib borilgan tulkilar 
dastlab dekabr — yanvar, ikkinchi marta mart — aprelda urchigan. Vaholanki, 
tanlanish olib borilmagan tulkilar populyatsiyasida urchish faqat aprel oyida 
boshlangan. 
Binobarin, tanlangan tulkilar orasida bir yilda ikki marta urchiydigan va 
odamdan hurkimaydigan, o`z laqabi bilan chaqirganda tez keladigan formalar hosil 
bo`lgan. Bundan tashqari, tulkilarda tullash muddati ham o`zgargan. Tanlanish 
o`tkazilgan tulkilarda tullash yanvar — fevral, tanlanmagan tulkilarda esa aprel 
oyida boshlangan. Tulkilar fe’l-atvorida yuz bergan bunday o`zgarishlar mashq 
natijasi bo`lmay, balki genotipning o`zgarishi bilan uzviy bog`liq ekanligi 
tajribalarda isbotlangan.
Ma’lumki, yuksak umurtqali hayvonlar, xususan sut emizuvchilar ontogenezini 
boshqarishda neyrogumoral sistema muhim ahamiyatga ega. Aniqlanishicha, 
destabillovchi tanlanish tufayli buyrak usti bezi, jinsiy bezlardan ajralgan 
gormonlar ham o`zgargan. Ular o`z navbatida genlarning bioximiyaviy aktivligiga 
ta’sir etgan. Aytilganlarning barchasi tulkilarda stabillashtiruvchi tanlanish 
oqibatida tarixan tarkib topgan ontogenezning o`zgarishiga sabab bo`lgan. 
Shunga ko`ra, destabillovchi tanlanish deb nomlangan. 


157 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish