Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

 
 
 
 
 
 


159 
 
JINSIY TANLANISH VA MOSLASHISH. 
Tayanch tushunchalar va bilimlar:
 
Jinsiy dimorfizm; ikkinchi darajali jinsiy 
belgilar, jinsiy tanlanish, uning xillari moslanish; organizmlardagi moslanishlar, 
kriptik rang, chalg`ituvchi rang, ogohlantiruvchi rang, mimikriya, uning xillari 
fiziologik, biokimyoviy, etologik moslanish, tur ichidagi moslanishlar kongruensiya, 
mitabillik polimorfizm, kooperatsiya uning xillari. 
 
1.
 
Jinsiy tanlanish va uning xillari.
O`simliklar va hayvonot olamidagi xilma-xil va ajoyib moslanishlar tabiiy 
tanlanish natijasida kelib chiqqan. Lekin hayvonot dunyosidagi bir qancha 
belgilarning, xususan, ikkinchi darajali jinsiy belgilarning paydo bo`lishini mazkur 
omil ta’siri bilan tushuntirish juda qiyin. Chunonchi, ba’zi bir qushlar erkagining 
patlari rang-barang tovlanadigan, dum patlari uzun, mayin ovoz beruvchi organlari 
mavjudligi yashash uchun kurashda qanday ahamiyatga ega ekanligini tabiiy tanlanish 
bilan tushuntira olish mumkinmi? Hayvonot dunyosidagi bu ajoyib hodisalarni Darvin 
ham talqin etgan va ularni o`zining jinsiy tanlanish nazariyasi bilan tushuntirib bergan. 
«Turlarning kelib chiqishi» degan asarda jinsiy tanlanishga bir necha satr ajratgan 
bo`lsada, keyinchalik bu masalani u atroflicha yoritdi va nihoyat 1871 yili «Odam 
paydo bo`lishi va jinsiy tanlanish» degan asarini nashr ettirdi. Mazkur asar 
biologiyaning juda yirik muvaffaqiyati bo`lib, bu masalani ilmiy asosda hal etishda 
Darvinning xizmatlari benihoya kattadir. U hayvonlardagi ikkinchi darajali jinsiy 
belgilar tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo`lishini jinsiy tanlanish yordamida qayd 
qildi. 
Darvin jinsiy tanlanish iborasi bilan erkak hayvonlar o`rtasida urg`ochilar bilan 
qo`shilish uchun aktiv kurash borishi yoki urg`ochi hayvonlar juftlashish oldidan 
erkak individni tanlab olishini tushunadi. Jinsiy tanlanish, xuddi tabiiy tanlanish kabi 
tabiatda, ya’ni tabiiy sharoitda amalga oshadi. Shu sababli ular evolyutsiyaniig bir-
birini istisno qiluvchi omillari sifatida o`zaro qarama-qarshi bo`lishi aslo mumkin 
emas. Aksincha, jinsiy tanlanish tabiiy tanlanishning ayrim formasi tarzida namoyon 
bo`ladi. Shunga ko`ra, ularni ba’zan bir-biridan ajratish qiyin. Masalan, erkak 
organizmlarda uchraydigan himoya va urishish quroli tabiiy tanlanish ta’sirida 
vujudga kelgan, keyinchalik esa jinsiy tanlanish ta’sirida yanada takomillashgan.(30-
rasm). Darvin mulohazasiga ko`ra, jinsiy tanlanishning 2 xili mavjud. Uning bir xilida 
erkak hayvonlar urg`ochilarni talashib, o`zaro qattiq jang qiladi. Bu kurash ba’zi erkak 
hayvonlarning mag`lubiyati, hatto halokati bilan tugallanadi. Bu kurashda erkaklar-
ning kuchi, ularda urush uchun zarur turli vositalarning rivojlanish darajasi 
(xo`rozlarda pix, tuyoqlilarda shox) ahamiyatli bo`ladi va shularga ega erkak jinslar 
g`olib keladi va nasl qoldirishga muvaffaq bo`ladi. Erkak organizmlar o`rtasidagi 
urg`ochiga ega bo`lish uchun kurash ba’zi arilar, asalarilar, «shoxli» qo`ng`izlarda, 
tovlanadigan ayrim kapalaklarda uchrasada, asosan, baliqlardan kolyushkalar, 
reptiliyalardan —alligatorlar, poligam qushlar va sut emizuvchi hayvonlar orasida 
keng tarqalgan. Million yillar davom etgan jinsiy tanlanish erkak va urg`ochi 
organizmlar orasida bir qancha keskin farq hosil bo`lishiga olib kelgan. Hindiston 
filida dandon tish erkaklarida rivojlanadi. Urg`ochilarda ko`pincha u bo`lmaydi. 
Afrika filining erkagida esa dandon tish urg`ochiga nisbatan anchagina taraqqiy etadi. 


160 
Aksariyat hayvonlar erkagining yirik gavdali, baquvvat bo`lishi shunday farqlar 
jumlasiga kiradi.
Jinsiy tanlanishning ikkinchi shaklida urg`ochilar jinsiy yaqinlik qilish uchun 
erkaklari orasidan eng chiroyli, xushovoz, yoqimli hid taratuvchi formalarni tanlab 
oladi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish