Genetika va evolyutsion


 Moslanish — tabiiy tanlanish natijasi ekanligi



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

 
2. Moslanish — tabiiy tanlanish natijasi ekanligi 
Moslanish deyilganda, tirik organizmlarnnng ma’lum muhitda yashab, nasl 
qoldirishi tushuniladi. Moslanish organizmlarning 
yashovchanligi, raqobatchanligi
normal nasl qoldirishi
bilan uzviy bog`liq.
Yashovchanlik-organizmlarning o`zi tarqalgan muhitda genotipini keskin 
o`zgartirmay normal yashashidir. Odatda, ontogenezning turli bosqichlarida ro`y 
beradigan 
mutatsion 
o`zgaruvchanlik 
ko`pgina 
hollarda 
organizmlarning 
yashovchanligini pasaytirib yuboradi, ba’zan esa o`limga sabab bo`ladi. 
Raqobatchanlik-bu organizmlarning o`lik va tirik tabiat, shu jumladan, oziq 
topish, boshqa jins bilan qo`shilish, yashash joyini egallashdagi qarshiliklarni 
yengishidir. Ayrim hollarda organizm yashovchan bo`lsada, uning raqobatchanligi 
sust rivojlanadi. 
Nasl qoldirish-organizmlar urchishining normal borishi bilan uzviy bog`liq. 
Organizmning jinsiy organlari yoki hujayralarida biror kamchilik bo`lsa, albatta, 
urug`lanish jarayoni normal bormaydi va u nasl bermaydi. Moslanishning yuqorida 
qayd etilgan uch komponenti tabiiy tanlanish orqali tarixan tarkib topgan, ya’ni ular 
evolyutsiya natijasi hisoblanadi.
3.
 
Organizmlarning moslanishlari 
Organik olamdagi moslanish organizm va tur doirasida bo`lishi mumkin. 
Organizmlarning moslanishi, avvalo, morfologik belgilarda yorqin namoyon bo`ladi. 
Hayvonlarning himoya rangi, ogohlantiruvchi rangi, chalg`itadigan rang, mimikriya 
bunga misol bo`ladi. 
Hayvonlarning himoya rangi xilma-xil va ajoyib. Ko`pgina hayvonlar tanasining 


162 
rangi atrofdagi muhitga moslashgan bo`ladi. Uzoq shimol faunasi — ayiq, tovushqon, 
kaklik oq rangda, cho`l hayvonlari — ilon, toshbaqa, echkemar bo`z tuproq rangida 
bo`ladi. Doim yashil o`tlar orasida yashaydigan beshiktervatar, ko`p shiralar yashil 
rangda, daraxtlarda hayot kechiradigan qushlar — boyo`g`li, kakku patining rangi 
bilan daraxt po`stlog`ini eslatadi. Himoya rangi dushmandan saqlanishda muhim 
ahamiyatga ega. U hayvonlarga o`z hayotini saqlab qolishga yordam beradi. Himoya 
rangining 4 xili mavjud. Bular niqoblanish, namoyish qilish, ma’lum narsalarga taqlid 
qilish va mimikriyadir. Odatda, himoya rangi niqoblanishning bir turidir, kriptik rang, 
bilintirmay qo`yadigan aks soya va chalg`itadigan rang niqoblanishning aniq 
turlaridir. Agar hayvon kriptik rangga ega bo`lsa, uning rangi muhitdagi narsalar rangi 
bilan qo`shilib ketib, ko`zga tashlanmaydigan bo`lib qoladi. Muayyan ekologik 
sharoitda ma’lum kriptik rang ustunlik qiladi. Cho`l hayvonlarida qum rang, Shimoliy 
qutbda yashovchi hayvonlarda esa oq rang ustunlik qiladi. Ko`p hollarda 
hayvonlarning rangi faslga qarab ham o`zgaradi. Qishda ko`p qor yog`adigan 
joylardagi hayvonlarning muayyan rangi yozda boshqa, qishda boshqa bo`ladi. 
Muhitning o`zgarishiga qarab tez-tez o`zgarib turadigan kriptik rang eng 
murakkab hisoblanadi. U hayvonlar to`qimasidagi maxsus hujayralarda joylashgan 
xromatoforlar pigment donachalarining ko`chish layoqati bilan uzviy bog`liq. 
Boshoyoqli mollyuska bo`lgan kalmarlar suvning rangini darhol o`zgartiradi. Bunday 
rang hosil qiluvchi organlar pigmentli hujayralardan tashkil topgan bo`lib, ularga nerv 
bilan ta’minlangan bir qancha muskul tolalari birikkan. Tolalar qisqarganda, pigmentli 
hujayralar cho`zilib-yoyiladi va pigment oldingiga nisbatan kattaroq sathni egallaydi. 
Tolalar bo`shashganda esa pigmentli hujayralar egallagan sath kichrayadi. Binobarin, 
tana rangining o`zgarishi nerv sistemasi ishtirokida boshqariladi. Bunday o`zgarish 
boshoyoqli mollyuskalardan tashqari, baliqlar (kambala), amfibiyalar (baqalar), 
reptiliyalarda (ba’zi kaltakesaklar, xameleonda) ham uchraydi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish