Genetika va evolyutsion


Harakatlantiruvchi tanlanish



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

Harakatlantiruvchi tanlanish.
Tabiiy tanlanishning bu shakli populyatsiya-
dagi irsiy o`zgaruvchanlik chegarasini kengaytiradi, belgi-xossalarning o`rtacha 
mohiyatining siljishiga imkon yaratadi. Harakatlantiruvchi tanlanish o`zgargan 
sharoitda moslanish ahamiyatini yo`qotgan eski reaksiya normasi o`rniga yangi
reaksiya normasini vujudga keltiradi hamda uni mustahkamlaydi. Buning oqibatida 
kelgusi bo`g`inlarda oldingi bo`g`inlarning normadagi fenotipidan keskin farq qilgan 
fenotipga ega organizmlar saqlana boradi. Binobarin, optimum moslanish o`rtacha 
darajadagi fenotip formalarning emas, balki keskin o`zgargan chetki formalarning 
tanlanishi orqali ro`yobga chiqadi. Tanlanishning bu formasi belgi-xossalar eski 
individlar o`rniga muhit sharoitiga moslashgan yangi individlar vujudga keltirishi 
bilan xarakterlanadi. Harakatlantiruvchi tanlanish natijasida belgi-xossalar 
kuchayish yo susayish tomonga qarab o`zgaradi. 
Tabiiy tanlanishning bevosita yoki bilvosita ta’siriga doir Darvin keltirgan 
ma’lumotlarning hammasi tanlanishning harakatlantiruvchi turiga mansub. 
Chunonchi, organizmlarda biror organning funktsional jihatdan kerak bo`lmasligi, 
tabiiy tanlanish natijasida uning reduksiyalanishiga sabab bo`ladi. Ba’zi bir 
qushlar, hasharotlar qanotining, tuyoqlilarda yon barmoqlarning, g`orlarda 
yashovchi hayvonlarda ko`zning, parazit o`simliklarda ildiz va bargning yo`qligi 
harakatlantiruvchi tanlanish ta’siri natijasidir. Binobarin, muhit sharoitining asta-
sekin o`zgarishi tufayli tabiiy tanlanishning bu shakli fenotip va genotip jihatdan 
yangi formalar hosil qiladi. U yangi turlarning paydo bo`lishi va organik 
olamdagi evolyutsiya jarayonining asosiy sababchisi hisoblanadi. 
Stabillashtiruvchi tanlanish.
Bu tanlanish populyatsiyaning o`zgaruvchanligini 
qisqartiradi va turg`unligini oshiradi. Har bir populyatsiyaning hayoti muhitga 
bog`liq. U yashab qolish uchun doim hayot sharoitiga moslanishi kerak. 
Populyatsiya butun hayoti davomida tabiiy tanlanish ma’lum davrda hukmronlik 
qilgan tashqi muhitning kompleks sharoitiga moslashgan fenotipni vujudga keltirgan 


153 
genotipni saqlay boradi. Agar bir necha bo`g`in mobaynida yashash sharoiti 
o`zgarmasa, u holda populyatsiya — yuqori moslanish darajasiga ega bo`ladi va 
tabiiy tanlanish genetik o`zgaruvchanlikni stabillashtirishga tomon yo`naladi. Bunday 
sharoitda tanlanish to`xtamaydi, balki davom etib, muhitga yaxshi moslashgan
o`rtacha normaga ega formalar saqlanadi, normadan o`zgargan organizmlar esa 
nobud bo`ladi. Tanlanishning bu shaklini Shmalgauzen stabillashtiruvchi tanlanish 
deb nomladi. 
Fenotip tomondan keskin o`zgargan formalarning halokatga uchrashi tabiiy 
populyatsiyalarda bir necha bor kuzatilgan. Masalan, G. Bempes tomonidan 
chumchuqlar ustida o`tkazilgan kuzatishni olish mumkin. U qattiq qor bo`ronidan 
so`ng yarim muzlagan, chalajon shahar chumchuqlarining 132 tasini daladan 
laboratoriyaga olib kelgan. Ularning 72 tasi tirilgan. Bempes o`lik va tirik qolgan 
chumchuqlarning qanotini o`lchab ko`rgan. Tirik qolgan chumchuqlar qanotining 
uzunligi o`rtacha, nobud bo`lgan chumchuqlarniki esa uzun yoki kalta bo`lgan, 
binobarin, qanotlari o`rtacha uzunlikda bo`lgan formalar bo`ron paytida tirik 
qolganligi, normadan o`zgargan chumchuqlar nobud bo`lganligi aniqlangan. 
Hasharotlar yordamida changlanadigan o`simliklar gulining yirik-maydaligi va 
shakli shamol yordamida changlanadigan o`simliklar gulinikiga nisbatan anchagina 
turg`un ekanligi ma’lum. Hasharotlar yordamida changlanadigan gullarning 
tuzilishidagi turg`unlik o`simliklar bilan ularni changlatuvchilarning birgalikdagi 
evolyutsiyasi va o`zgargan formalarning qirilishi bilan bog`liq. Masalan, tukli ari tor 
gultojibarglar orasiga kira olmagani sababli, kapalak xartumchalari ham uzun 
gultojibargga va qisqa changdonlarga tega olmaydi. Bunday o`zgargan o`simlik 
formalari chetdan changlanmasdan nasl bera olmaydi. 
Kern va Penrouz yangi tug`ilgan chaqaloqlarning o`limi protsent ularniig 
vazniga bog`liqligini aniqladilar. 28 kunlik chaqaloqlarning vazni o`rtacha 
bo`lganlariga nisbatan og`ir yoki kam bo`lganlari ko`proq nobud bo`lar ekan. 
Ba’zi bir qushlarda ko`payish qo`ygan tuxumi soniga bog`liq ekanligini aniqladi. 
Bunda u tabiiy tanlanish tufayli har bir qush uchun ma’lum miqdorda tuxum 
qo`yish mavjud, degan xulosaga asoslandi. Tashqi tomondan qaraganda, go`yo 
qush qancha ko`p tuxum qo`ysa, u shunda ko`p nasl qoldirishga moslashgandek 
bo`lib ko`rinadi. Haqiqatda esa qush bolalarining soni bilan ota-ona keltirgan oziq 
o`rtasida nomutanosib korrelyatsiya mavjud bo`ladi. Odatda, qush bolalari qancha 
ko`p bo`lsa, ular kam oziq bilan ta’minlanadi va tez-tez nobud bo`ladi. 
Chug`urchuq uyasiga eng ko`pi bilan 5 ta tuxum qo`yadi. Agar 5 tadan ortiq 
qo`ysa, oziq yetishmasligi sababli uchish davrida bolalarning eng nimjonlari 
nobud bo`ladi. 
Yuqorida keltirilgan misollarda tabiiy tanlanish bosimi bir belgiga, masalan, 
yashab qolishga ijobiy ta’sir qilsa, boshqa belgi (tuxumlar soni) bilan nomutanosib 
muvozanatda bo`lishini ko`rsatadi. Bunday hodisalar moslanish, hayotchanlik nasl 
qoldiruvchi organizmlar fenotipining hamma xususiyatlariga bog`liqligidan yana bir 
bor dalolat beradi. Individ fenotipi va genotipi, populyatsiya va uning genofondi, 
bularning hammasi yuksak darajadagi murakkab sistemalar bo`lib, ularning har 
biri tabiiy tanlanish orqali ikkinchisiga moslashadi. 
Tabiiy tanlanish individ komponentlarining shunday muvozanatini vujudga 
keltiradiki, u populyatsiyalarning konkret sharoitga moslanishiga safarbar etiladi. 


154 
Shunday mutanosib moslanish tufayli ayrim belgilar maksimum darajada namoyon 
bo`lmay, o`rtacha darajada rivojlanadi. Belgilari o`rtacha darajada yoki unga 
yaqin darajada bo`lgan individlarning saqlanishiga qaratilgan tanlanish 
stabillashtaruvchi tanlanish 
deyiladi. Bu tanlanish o`rtacha normani saqlab, 
mustahkamlab o`zgargan formalarning nobud bo`lishi bilan xarakterlanadi. 
Stabillashtiruvchi tanlanish organizmlar rivojlanishini tashqi muhitda ro`y beradigan 
tasodifiy o`zgarishlardan saqlab, uni avtomatlashtirishi katta ahamiyatga ega. 
Stabillashtiruvchi tanlanish normani mutatsion jarayonning vayron qiluvchi 
ta’siridan saqlaydi. Bu tanlanishsiz tirik tabiatda turg`unlik bo`lmaydi (28-rasm). 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish