Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

3.
 
Tabiiy tanlanish — evolyutsiyaning bosh omili sifatida. 
Tabiiy tanlanish haqidagi tushuncha evolyutsion ta’limot uchun muhim 
ahamiyatga ega. Darvin tabiiy tanlanish deganda, foydali individual o`zgarishlarga 
ega organizmlarning yashab qolishini, zararli individual o`zgarishlarga ega 
organizmlarning qirilib ketishini, ya’ni moslashgan formalarning yashab qolishini, 
moslashmagan formalarning nobud bo`lishini nazarda tutgan. Biroq bu ta’rifda 
tanlash ta’sirining ba’zi bir genetik oqibatlari hisobga olinmaydi. Tabiiy tanlanish 


149 
jarayonida organizmlar yashab qolishi yoki nobud bo`lishidan tashqari, ularning 
differensial urchishi ham muhim rol o`ynaydi. 
Evolyutsiya jarayonida organizmlarning yashab qolishigina emas, balki har 
bir individning populyatsiya genofondiga qo`shgan hissasi ham asosiy o`rin tutadi. 
Albatta, ko`p nasl qoldiradigan individ populyatsiya genofondiga katta hissa 
qo`shadi. Tabiiy o`limiga qadar hech qanday nasl qoldirmagan individlarning 
evolyutsiya uchun ahamiyati yo`q. Ular populyatsiya genofondiga hissa 
qo`shmaydi. Faqat ma’lum allel yoki gen komplekslarini tarqatadigan va 
mustahkamlaydigan organizmlargina populyatsiyadagi dastlabki evolyutsiya 
hodisasini vujudga keltira oladi. Demak, har xil individlarning urchishdagi 
muvaffaqiyatlari tabiiy tanlanish uchun genetik evolyutsiyaning ob’ektiv mezoni 
bo`lib xizmat qiladi. Binobarin, tabiiy tanlanish deganda, har xil genotip yoki gen 
kompleksiga ega organizmlarning saylanma nasl qoldirishi tushuniladi. Har xil 
genotipga ega organizmlarning saylanma nasl qoldirishi mazkur genotipning barcha 
individual rivojlanish bosqichlaridagi hayotchanligi bilan uzviy bog`liq. 
Yashash uchun kurashda biror individning boshqa individlardan g`olib 
kelishining bosh mezoni urchishdagi muvaffaqiyat hisoblanadi. Odatda, ayrim 
individlar yoki bir butun guruhlar oila, populyatsiyalar guruhi turlar va nihoyat, 
biosenoz tanlanish ob’ekti hisoblanadi. Shunga ko`ra, tanlanish individual va 
gruppaviy xillarga bo`linadi. 
Individual tanlanish 
populyatsiyadagi organizmlar orasidagi raqobatga 
asoslanadi. U yashash uchun kurashda g`olib chiqqan individlarning tabaqalanib 
urchishidan iborat. Tabiiy tanlanish organizmlar o`rtasidagi juda kichik farqlarga 
ham qayta ishlov berib, ularni ma’lum yo`nalish tomon yig`a boradi. Natijada yangi
nasl ilgarigi ajdodlaridan tobora farq qila boradi. Tur yoki undan yirik sistematik 
taksonlarga xos belgi-xossalar individual o`zgarishlarning tanlanishi oqibatida shakllana 
boradi. Demak, individual tanlanish zaminida gruppaviy tanlanish, ya’ni o`zaro 
bevosita yoki bilvosita bog`liq bo`lgan bir qancha organizmlar guruhi (populyatsiya, 
tur, avlod)dan birining xillanib urchishi yotadi. 
Tanlanish samarasi fenotipda namoyon bo`ladi, Demak, ma’lum belgi va 
xossaning genetik axboroti fenotipda ro`yobga chiqishi tabiiy tanlanish ta’siriga 
bog`liq. Organizmlardagi fenotipik o`zgarishlar genotip asosida ro`yobga chiqishi 
e’tiborga olinsa, u holda fenotip bo`yicha tanlanish orqali tegishli genotiplar 
tanlanishi mumkin. Bu o`z-o`zidan, evolyutsiya jarayonida fenotipik o`zgaruv-
chanlik muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Tanlanish nazorati ostida 
bo`lgan belgi-xossalar bilvosita yoki bevosita organizm naslning ko`payishiga olib 
keladigan jarayonlar bilan bog`liq. Tanlanish ta’siriga baho berishda bu albatta 
hisobga olinadi. Lekin evolyutsiya jarayonida organizmda shunday belgi-xossalar 
bo`ladiki, ular ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo`lsa ham boshqa, ya’ni 
yashovchanlik uchun zarur belgi-xossalar bilan birgalikda tanlanadi. Bu belgi-
xossalarga tabiiy tanlanish bilvosita ta’sir ko`rsatadi. Nihoyat, evolyutsiya 
jarayonida ilgari tasodifiy moslanishda kam ahamiyatli bo`lib, endilikda muhim 
ahamiyatga ega bo`lgan va tabiiy tanlanish tufayli saqlanayotgan belgi-xossalarning 
qiymati qayta baholanadi. Bunday belgi-xossalarning tanlanishi korrelyatsiya va 
preadaptatsiya hodisasi bilan uzviy bog`liqdir. 
Tabiiy tanlanishning yana bir o`ziga xos tomoni shundaki, u organizmdagi u 


150 
yoki bu tuzilish, belgi muayyan organizm uchun emas, balki boshqa tur uchun 
foydali bo`lishini ta’minlamaydi. Bunday o`zgarishlarning evolyutsiya jarayonida 
«man etilishi» turga mansub organizmlarning urchishdagi muvaffaqiyatlarini 
belgilaydigan xossalarga ta’sir etish prinsipi bilan uzviy bog`liqdir. Ayrim hollarda 
tanlanish ikki turning bir-biriga o`zaro moslanishini vujudga keltirishga yo`nalgan 
bo`ladi. Bu moslanishlar nihoyatda nozik va murakkab bo`ladi. O`simliklar va 
hayvonot olamida uchraydigan simbioz va kommensalizm hodisalari bunga yaqqol 
misoldir. Tabiiy tanlanish ayrim organizmlar uchun noqulay, biroq populyatsiya 
hamda turlar uchun foydali belgi-xossalarni vujudga keltira oladi. Bunday 
moslanishga arilardagi va boshqa ayrim hasharot turlaridagi zahar nishining 
tishsimon tuzilganligi misol bo`ladi. Odatda birorta organizmni chaqqan ari o`z 
nishini dushman tanasida qoldirib nobud bo`ladi. Uning nobud bo`lishi esa oiladagi 
boshqa individlarning saqlanishi nuqtai nazaridan foydali bo`ladi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish