147
organizmlar aktivligini inkor etib, ularni passiv ob’ektlarga aylantirib qo`yadi.
Darvinning yashash uchun kurash tushunchasida organizmlar aktivligi ta’kidlanadi
va u biogeosenoz komponentlarining o`zaro murakkab munosabatlari jarayonida
amalga oshadi. Shunga qaramay, eliminatsiya termini
yashash uchun kurash
bilan bir qatorda fanda qo`llaniladi.
Organizmlar eliminatsiyasi ikki formada ro`y beradi: 1) umumiy eliminatsiya
yoki tasodifiy nobud bo`lish; 2) saylanma eliminatsiya.
Umumiy eliminatsiyada
organizmlarning nobud bo`lishi tasodifiy bir hodisa hisoblanadi. Chunki bunda
hayot va o`lim masalasi organizmlarning individual xossalari bilan izohlanmaydi.
Organizmlarga ta’sir etuvchi tasodifiy omillarga yirtqichlar, parazitlar, yuqumli
kasalliklar, temperatura, abiotik muhitning boshqa o`zgarishlari kiradi. Umumiy
eliminatsiya doimiy yoki davriy (yog`ingarchilik, qurg`oqchilik,
qattiq sovuq,
yirtqichlar sonining ortishi, yuqumli kasallik qo`zg`atuvchilar uchun sharoit qulay)
bo`lishi mumkin. Albatta, eliminatsiyaning bu formasida organizmlarning nobud
bo`lishi tabiiy tanlanish bilan bog`liq emas, deb tushuntirib bo`lmaydi. Bunga
asosiy sabab ko`p sonli organizmlar avlodida ayrim formalarning yashab qolishi
kam sonli organizmlar avlodiga qaraganda ko`p imkoniyatlarga ega bo`lishidir.
Shunga ko`ra, tabiiy tanlanish ko`p nasl beruvchi avlodlarning saqlanib qolishiga
tomon yo`nalgan. Ehtimol tabiiy tanlanishda qayd qilingan yo`nalish bo`yicha kam
himoyalangan, lekin ko`p nasl qoldiradigan organizmlar (protistlar, kolovratkalar,
mayda qisqichbaqasimonlar, ko`p hasharotlar) kelib chiqqandir.
Umumiy eliminatsiya maksimumi organizmning har xil yoshida sodir bo`lib,
tanlanish yo`nalishiga ta’sir ko`rsatadi. Chunonchi, organizmlar voyaga etgan holda
umumiy eliminatsiyaga ko`plab uchrasa, u holda rivojlanishning voyaga yetish bosqichi
qisqarib, uning o`rniga ontogenezning lichinkalik bosqichi uzayadi. Ko`proq lichinka
holida umumiy eliminatsiyaga uchraydigan organizmlarda
rivojlanishning voyaga
yetish muddati uzayadi. Bu hodisa ko`p chuvalchanglar, mollyuskalar, ignaterililar,
baliqlar, amfibiyalarda namoyon bo`ladi. O`simliklar orasida tasodifiy nobud bo`lish
hodisasi urug`i kam oziq zapasiga ega turlar (murakkabguldoshlarning ko`pchilik
turlari) da ko`zga yaqqol tashlanadi.
Saylanma eliminatsiya,
odatda, bevosita bilvosita, doimiy hamda davriy holda turli
yoshda yuz beradi va bunda tevarak-atrof muhitiga moslashganlar yashab qoladi.
Saylanma eliminatsiya organizmlar orasida individual farq mavjud bo`lguncha davom
etadi. Bevosita eliminatsiyada organizmlar muhitning abiotik va biotik omillarining
bevosita ta’siri tufayli nobud bo`ladi. Bu jarayonda bevosita ta’sirga chidaydigan
organizmlargina yashab qoladi.
Bilvosita eliminatsiyaga asosiy sabab har xil kasalliklar, intensiv raqobat,
organizmlardagi fiziologik o`zgarishlar tufayli ularning kuchsizlanishi va nasl
qoldirishining
pasayishi, ko`payishining esa bartaraf qilinishidir. Kuchsizlanib qolgan
organizmlarning yashab qolishi ko`proq moslanish natijasidir. Bu eliminatsiyada
tabiiy tanlanish kam nasl beruvchi, lekin murakkab moslanishga ega
organizmlarning saqlanib qolishiga tomon yo`nalgan bo`ladi.
Evolyutsiya jarayonida individual eliminatsiyaning oilaviy va gruppaviy
eliminatsiya bilan birga borishi katta ahamiyatga ega. Tabiatda ko`pincha bir juft
organizmning barcha nasli genetik jihatdan bir xilligi tufayli ular ko`plab nobud
bo`ladi. Bu moslanishdagi kamchiliklar yoki afzalliklar bir juft organizmning
148
barcha nasliga tarqalishidan darak beradi.
Oilaviy eliminatsiyada tanlanish himoyalanish va nasl uchun g`amxo`rlik qilish
murakkab moslanishga ega formalarni saqlab qolishga qaratilgan bo`ladi. Bu
gruppaviy eliminatsiyada ham keng ko`lamda amalga oshadi.
Bironta organizm
guruhining progressiv rivojlanishi saylanma individual eliminatsiya bilan
belgilanadn.Populyatsiyadagi genetik jihatdan farq qiluvchi organizmlar orasida
hayotiy poyga ro`y berganda saylanma eliminatsiya namoyon bo`ladi. Shundagina
yashash uchun kurashning ijobiy tomoni bilinadi, chunki bunda organizmlarning
aktivligi ortadi. Hayot poygasi gruppa ichidagi, oilalararo, gruppalararo organizmlar
o`rtasida sodir bo`lib, evolyutsiya jarayonida har xil ahamiyatga ega.
Gruppa ichidagi
yoki
individual hayotiy poyga,
odatda, populyatsiyadagi ayrim
individlar orasida ro`y beradi. U aktiv va passiv bo`ladi. Aktiv poyga keng
ma’noda oziq-ovqat uchun, jinsiy qo`shilish davrida yuz beradigan raqobatda o`z
ifodasini topadi. Natijada tanlanish ixtisoslashgan oziqlanishni,
izchil moddalar
almashinuvini belgilaydigan morfologik — fiziologik jihatdan mukammallikni,
progressiv taraqqiy etgan ikkinchi darajali jinsiy belgilar, tegishli instinktlarni
rivojlantirish tomonga yo`naladi. Passiv individual hayotiy poyga hayotni saqlash,
nasl qoldirish uchun muhitning abiotik va biotik omillariga qarshi kurashda
namoyon bo`ladi. Uning passiv deyilishiga sabab shuki umumiy dushmanlardan va
noqulay sharoit ta’siridan saqlanish uchun ba’zi bir afzalliklarga ega
organizmlarning
muvaffaqiyati
populyatsiyadagi
boshqa
organizmlar
manfaatlariga ta’sir ko`rsatmaydi. Oqibatda turli dushmanlar va zararli ta’sirlardan
himoyalanish vositalari takomillashadi, shuningdek, urchish xossalari o`zgaradi.
Abiotik va biotik omillar ta’sirida turlar qancha ko`p qirilsa, ular tarkibiga kiradigan
serpusht individlar shuncha ko`p nasl qoldiradi.
Passiv hayotiy poyga har xil jinsdagi
organizmlarning uchrashish, urug`lanish
va nisbatan ko`p nasl qoldirish vositalari, tabiiy tanlanish bilan uzviy bog`liqdir.
Shmalgauzen fikriga ko`ra, passiv hayotiy poyga abiotik va biotik ta’sirga qarshi
qaratilgan samarali vositalarni vujudga keltiradi. Bunda organizmning turg`un
baquvvatligi ortadi, sezuv, harakatlanish, aktiv va passiv maxsus himoya
organlari rivojlanadi.
Oilalararo poyga
bir juft organizm hayotini ta’minlashga qaratilgan
kurashdir. Bu poyga natijasida nasl uchun qayg`urish takomillashadi, ya’ni tuxum,
murtak va lichinkalarning saqlanishi ta’minlanadi.
Gruppalararo poyga
poyganing
eng asosiy formasi bo`lib, u divergensiya jarayonining intensivligi hamda
organizmning tuzilishi bo`yicha umumiy progressni ta’minlaydi. Faqat gruppalararo
poyga bir butun guruhlar (oila, populyatsiya, irqlar)
tarqalishi uchun maqbul
bo`lgan, biroq ayrim individlarga afzallik bermaydigan belgilar shakllana boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: