Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

tologiyaning 
rivojlanishi tufayli e
tologik alohida-
lanishga 
ko`proq ahamiyat berilmoqda. Ehtimol, hayvonlarda populyatsiyaga 
qadar, xilma-xil etologik mexanizmlar urg`ochi va erkak formalarning
o`zaro alohidalanishiga sababchi bo`lgandir. Ko`rish, eshitish, ximiyaviy
ta’sirlardagi ozgina farq ham urg`ochi organizmlarga nisbatan erkak 
organizmlar uchun «ko`ngil ovlashning» davom etishiga to`siq bo`lishi mumkin. 
Ko`payish organlarida vujudga kelgan morfologik-fizilogik farq ham yaqin
turlarning chatishishiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Bu ayniqsa ba’zi bir o`simlik-
larda, chunonchi, navro`zgul, grechixa, bo`tako`zda uchraydigan geterostiliya 
hodisasida yaqqol ko`rinadi. Geterostiliyada bir xil o`simliklarda ikki xil gul 
yetiladi. Bir xil o`simliklarning guli uzun ustunchali, ikkinchi xil o`simliklarniki 
kalta ustunchali bo`ladi. Changdoni birinchi xil o`simliklarda og`izchadan ancha
pastda, ikkinchi xil o`simliklarda, aksincha, og`izchadan ancha yuqorida yeti-
ladi. Natijada bitta guldagi changdonlarning joylashish holati ikkinchi guldagi 
ustunchaning joylashish holatiga mos keladi. Mabodo, gullarni chetdan 
changlatuvchi hasharotlar ustunchasi uzun gulga qo`nsa, gul changi uning bosh 
qismida qoladi va u faqat kalta ustunchali gulning og`izchasiga tushadi.
Shunga o`xshash kalta ustunchali guldan chang hasharotlarning qorin qismiga
ilashib, uzun ustunchali gulga tushadi. 
Hayvonlarning yaqin turlarining kopulyativ-qo`shilish organlaridagi farq ayniqsa 
o`pka bilan nafas oluvchi mollyuskalar, hasharotlarga, sut emizuvchilardan ba’zi bir 
kemiruvchilarga xosdir. Bu holat ham tabiiy sharoitda har xil turlarning
chatishishi uchun biologik to`siq hisoblanadi.


141 
Biologik alohidalanishning ikkinchi katta guruhi chatishtirishdan keyingi yoki 
genetik alohidalanish bilan uzviy bog`liq. Genetik alohidalanish urug`langandan so`ng 
zigota yoki embrionning nobud bo`lishi, duragaylarning to`liq yoki qisman 
pushtsizligi va hayotchanligining pasayishi bilan harakterlanadi. Odatda, turlararo 
chatishtirishda hosil bo`lgan duragaylar ba’zan hayotchan bo`ladi. Lekin ularda 
jinsiy hujayralar normal rivojlanmaydi. Mabodo, gametalar normal rivojlansa ham, 
duragaylar kam nasl qoldiradi. 
Tabiatda «chatishish orqali alohidalanish» holati ham mavjud. Bu holda ikkita 
yaqin forma tarqalgan joy chegarasida ularning chatishishidan hosil bo`lgan 
duragaylar uchraydi, lekin ularning nasli nimjon bo`lib, ota-ona turlariga kiruvchi 
kuchli individlar bilan raqobatda yashay olmaydi yoki hayotchan bo`lmaydi. 
Chatishish orqali alohidalanish Yevropada tarqalgan ba’zi bir hasharotlarda, ola va 
qora qarg`alarda uchraydi. 
Alohidalanishning o`zi mustaqil evolyutsion omil sifatida yangi genotiplar 
yoki tur ichidagi formalarni vujudga keltirmaydi. Alohidalanish ta’siri populyatsiya 
geterogen holatda bo`lganda ro`y beradi. Alohidalanishga uchragan organizmlar 
guruhida farq yanada ko`payishi uchun evolyutsiyaning boshqa omillari, birinchi 
navbatda tabiiy tanlanish zarur. Binobarin, alohidalanish evolyutsiyaning boshqa 
omillari bilan uzviy bog`liqdir. Alohidalanish qancha uzoq muddatli bo`lsa, uning 
ta’siri shuncha kuchli bo`ladi. Ko`p hollarda biologik va geografik alohidalanishni 
vujudga keltiruvchi sabablar uzoq muddat saqlanadi. Shunga qaramay, alohida-
lanishning uzoq muddat ta’siri evolyutsiyaning yo`naltiruvchi faktori bo`la olmaydi. 
Shu nuqtai nazardan olganda, alohidalanish ta’siri evolyutsiyaning boshqa omillari, 
chunonchi mutatsiya, populyatsiyalar o`zgarishiga o`xshashdir. Alohidalanishning 
muhim natijasi inbridingni vujudga keltirishidir. Inbriding tufayli geterozigota 
holatda kam uchraydigan resessiv mutatsiyalar fenotipda namoyon bo`ladi. Bunday 
hodisalarda alohidalanish evolyutsion omil sifatida dastlabki populyatsiyadagi 
panmiksiyaga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Evolyutsiya jarayonida alohidalanish 
boshlang`ich bosqichda bo`lgan genotipik differensiyalanishni mustahkamlaydi va 
kuchaytiradi. Alohidalanish tur hamda populyatsiyaning bo`linishiga sababchi omil-
dir. Bo`lingan tur, populyatsiyalarga tanlanish har xil ta’sir ko`rsatadi. Binobarin, 
alohidalanish boshlang`ich tur va populyatsiyani ikki va undan ko`p bo`laklarga, 
populyatsiya guruhini esa o`zaro farq qiluvchi formalarga ajratadi. Tabiatda har 
qanday organizmlar guruhi alohidalanish natijasida genetik jihatdan bir-biridan 
ajraladi. Bu hol o`z-o`zidan alohidalanish ta’siri har qanday evolyutsiya jarayoni 
uchun majburiy hisoblanishini ko`rsatadi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish