139
vaqtda inson faoliyati bilan bog`liq holda ayrim populyatsiyalarning territorial
alohidalanishi amalga oshmoqda. Masalan, XX asrning boshlarida Yevrosiyoda
suvsarlar tarqalgan areal qismlarga ajralib ketgan. Territorial
alohidalanish kam
harakatchan hayvon va o`simlik turlari ichida, ular ko`zga ko`rinarli tabiiy-geografik
to`siqqa ega bo`lsa ham ro`y beradi. Chunonchi, Yevropa qismining markaziy
rayonlarida
tarqalgan oddiy bulbulni olsak, u hozirgi vaqtda odam yashamaydigan
joylarda, yo`l chetlarda, parklarda, hatto katta shaharlarning hiyobonlarida in qo`yib
bola ochmoqda. Oqibatda ularda ayrim belgilar soni o`zgarib bormoqda. Bunday
o`zgaruvchanlikning
vujudga kelishiga asosiy sabab, bulbul faslga qarab ko`chsada,
yosh organizmlar voyaga yetgan joylariga in qo`yish uchun qaytishidir.
25-rasm.
Ba’zi turlar arealining alohidalanishi:1-ko`k zag`izg`on (Cyanopica cyana) ;
2 — Vyun — eshvoy baliq(Misgurnus fosslis);
Territorial alohidalanish har xil ko`rinishda namoyon bo`ladi (25-rasm). Suv
muhiti quruqda yashaydigan turlarni, quruqlik muhiti esa gidrobiontlarni, tog`liq muhiti
tekislikda, aksincha, tekislik muhiti tog`lik rayonlarda tarqalgan populyatsiyalarning
alohida-alohida yashashiga sababchi bo`ladi. Ba’zan kelib chiqishiga ko`ra eng yaqin
bo`lgan organizmlar o`zaro juftlashishi tufayli shu turga mansub boshqa organizmlardan
ma’lum masofada uzoqlashib hayot kechiradi.
Territorial alohidalanish organizmlarning individual aktivligiga uzviy bog`liq.
Quruqlikda tarqalgan mollyuskalar individual aktivligining radiusi bir necha o`n
metrga teng bo`lgani holda, churraklar individual aktivligining radiusi ming
140
kilometrga yetadi.
Biologik alohidalanish tur ichidagi individlarning jinsiy tomondan o`zaro farq
qilishi bilan belgilanadi. Biologik alohidalanish ikki xil: chatishishni bartaraf etish bilan
bog`liq hamda chatishishdan so`ng hosil bo`ladigan alohidalanishga bo`linadi.
Biologik alohidalanishning birinchi xili, odatda, organizmlarning
har xil vaqtdagi
jinsiy aktivligi va jinsiy yetilishi bilan bog`liq. Bu hol yaqin formalarning qo`shilishiga
to`sqinlik qiladi. Masalan, minogalarda va ba’zi losos baliqlarida «bahorgi va kuzgi»
formalar jinsiy yetilish vaqti bilan farq qiladi, shunga o`xshash, o`simliklarda ham
gullash muddatining farq qilishi yaqin formalarning chatishishi uchun biologik
to`siq hisoblanadi.
Biotipik
alohidalanishda urg`ochi va erkak organizmlar har xil joyda
yashaganligi uchun o`zaro qo`shila olmaydi. Tayga o`rmonlarida tarqalgan
qizilto`shlar bilan uncha baland bo`lmagan siyrak
daraxtlarda yashaydigan
qizilto`shning o`zaro qo`shilishi birmuncha cheklangan. Oddiy kakkuning tur
ichidagi formalari ham biotipik alohidalanishga misol bo`ladi. Yevropada kakkuning
bir nechta biologik irqi bo`lib, ular tuxumining rangi bilan bir-biridan farq qiladi,
ba’zi kakkular oddiy qizilquyruqlar uyasiga havo rang,
boshqalari mayda
chumchuqsimon qushlar uyasiga (ularning tuxumiga o`xshash) oqish rangli tuxum
qo`yadi. Bu ikki xil biologik irqqa mansub qushlar yaxshi himoyalanmagan
tuxumini yo`qotishi hisobiga saqlanadi.
Yaqin formalardagi biologik alohidalanishning vujudga kelishi va saqlanishi
xatti-harakat bilan bog`liq bo`lgan juftlashishga oid etologik alohidalanish orqali
belgilanadi. Hozirgi vaqtda hayvonlarning xatti-harakatini o`rganuvchi biolo-
giyaning yangi shoxobchasi — e
Do'stlaringiz bilan baham: