Genetika va evolyutsion


EVOLYUTSIYANI HARAKATLANTIRUVCHI OMILLAR



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

. EVOLYUTSIYANI HARAKATLANTIRUVCHI OMILLAR 
Tayanch tushunchalar va bilimlar: 
Yashash uchun kurash ta’rifi, tabiiy tanlanish 
– evolyutsiyaning asosiy omili, tabiiy tanlanishni samaradorligi va ta’sir kuchi,yashash 
uchun kurash va tabiiy tanlanishni tajribada o`rganish. Yashash uchun kurash 
formalari.Tabiiy tanlanishning mohiyati. Uning samaradorligi matematik usulda 
aniqlash tabiiy tanlanish formalari tabiiy tanlanishning ijobiy roli. 
 
1.
 
Yashash uchun kurash va tabiiy tanlanishni tajribada o`rganish. 
 
Evolyutsion ta’limot g`alaba qilgandan keyin 40 yil mobaynida evolyutsiyani 
harakatlantiruvchi omillar olimlar tomonidan Darvin singari chuqur va atroflicha 
o`rganilmadi. Oqibatda fanda yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish haqiqatan 
ham tabiatda ro`y berishini isbotlovchi aniq va yetarli dalillarga ega bo`linmadi va bu 
sohada faqat bilvosita mulohazalarga asoslanildi, xolos.
Evolyutsion ta’limotning kelgusi rivoji avval evolyutsiya jarayonining asosiy 
qonunlarini, uni harakatlantiruvchi kuchlarni o`rganish darajasi bilan belgilandi. 
Shu sababli XIX asrning oxiri XX asrning birinchi yarmida tirik tabiatdagi 
yashash uchun kurashni va tabiiy tanlanishni o`rganishga bag`ishlangan ko`pgina 
kuzatish va tajribalar olib borildi. 
Yevropa mamlakatlarining sanoat markazlarida tarqalgan ko`p kapalaklarning 
qoramtir rangga kirganligi ma’lum bo`ldi. Yevropada tangachaqanotlilarning 70 
dan ortiq turi shu yo`nalishda o`zgardi. Bu hodisaning sababi qayin odimchisi — 
Biston bitularida
ayniqsa yaxshi o`rganildi. 1848 yili dastlab Angliyadagi Manchester 
shahri atrofida mazkur kapalakning qoramtir nusxasi topildi. Sanoat markazlarida 
fabrika va zavodlar ko`payishi bilan daraxtlar va tuproq juda ko`p qurum 
zarralari qoplana bordi. Natijada daraxtlarning shox-shabbasi qoramtir rangga 
kira boshlaydi. Bu hodisa daraxtlar po`stlog`ida yashaydigan lishayniklarning 
ko`plab nobud bo`lishiga olib keldi. Bunday sharoitda mutatsiyaga uchragan 
qoramtir kapalaklarning yashab qolishi, oqish rangli kapalaklarning qushlar 
tomonidan nobud qilinishi tabiiy. Shunday qilib ilgari siyrak bo`lgan qoramtir 
kapalaklar, keyinchalik sanoat markazlarida ko`payib, oq formasini siqib chiqara 
boshladi. 
Olib borilgan kuzatishlardan hasharotxo`r qushlar sanoat markazlarida oq 
kapalaklarni, u yerlardan uzoqroq joylarda daraxtlarni qurum bosmagan joylarida 
qoramtir kapalaklarni tutib yeyishi ma’lum bo`ldi. Shunga ko`ra Angliyada qayin 
odimchisi kapalagining 2 xil formasi mavjud. Tipik formadagi kapalak 
populyatsiyalari mamlakatning sharqidagi qishloq xo`jalik rayonlarida, qoramtir 
formasi esa g`arbdagi sanoat markazlarida keng tarqalgan. Genetik tadqiqotlar 
kapalaklarda qoramtir rang dominant geniga bog`liqligini ko`rsatdi. Bu tipik oq forma 
bilan qoramtir-melanistik forma chatishtirilganda, qoramtir formaning dominantlik 
qilishida aniqlandi (26-rasm). 
Kettluell sanoat markazlarida qayin odimchisi kapalagining qoramtir 
formalari ko`plab uchrashiga sababchi omilni aniqlashni o`z oldiga maqsad qilib 
qo`ydi. U olib borgan kuzatishlarga ko`ra, ba’zi qushlar (uzunquyruq, fotma-
chumchuq, dehqonchumchuq, qorayaloq, qizilquyruqlar) qurum bosgan joylardagi 
qayin odimchi kapalagining oq formalarini qoramtir formalarga nisbatan 2 


144 
martadan ortiq, aksincha, qurum bosmagan joylarda qora formalarni oq formalarga 
nisbatan 2,9 marta ko`p qirishi ma’lum bo`ldi. 
Kapalaklardagi industrial melanizm hodisasi Angliyadan tashqari, Belgiya, 
Polsha, Chexoslovakiya, Kanada va Amerika Qo`shma Shtatlarining sanoat 
markazlarida ham o`rganilmoqda. Sistematiklar, genetiklar, evolyutsionistlar ishti-
rokida 100 yil mobaynida olib borilgan analiz tufayli yangi belgining vujudga 
kelishida yashash uchun kurashning ijodiy roli isbotlab berildi. Shunga o`xshash, 
Shimoliy Amerikaning Eri ko`lidagi orollarlarda uchraydigan sariq ilon 
populyatsiyasidagi mikroevolyutsion o`zgarishlar ham o`rganildi. Bu orollardagi 
sariq ilonlar tanasidagi ko`ndalang chiziqlarning ko`rinishiga qarab 
A, B, V, G 
tiplarga bo`linadi. 
26-rasm.

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish