№ 5-amaliy mashg’ulot
Ta’minlovchi manbalarga hizmat kо‘rsatishni о‘rganish
Payvandlash ta’minlovchi manbalarni uzoq muddat ishlashini hamda nosozliklarni
о‘z vaqtida bartaraf etish uchun ularga о‘z muddatida va doimiy ravishda hizmat
kо‘rsatish kerak.Doimiy hizmat kо‘rsatishda:ish boshlashdan
avval payvandlash
ta’minlovchi manbasini tashqi qismlari kо‘zdan kechiriladi;
payvand kabellarini ta’minlovchi manba qismiga (zajimga) va payvandlanayotgan
buyumga puxta ulanganligini tekshirish; ta’minlovchi manbani zaminlanish holatini
tekshirish;ta’minlovchi manbani ishga tushirganda ventilyatorni aylanish
yо‘nalishini tekshirish ya’ni sovutish havo oqimini tо‘g‘riligini; Muddatida hizmat
kо‘rsatishdaBir oyda bir marotaba:ta’minlovchi manba siqilgan havo yordamida
chang va iflosliklardan tozalanishi, qо‘l yetadigan joylarni yumshoq latta yordamida
tozalash;elektr kabel va kontakt qismlarini holatini tekshirish va zarurat tug‘ilsa
mustaxkam
elektr kontakt xosil qilinishi;barcha elektr biriktiruchi qismlarni
tekshirish zarurat tug‘ilsa maxkamlash va kontaktor qismini chang va ifloslikdan
tozalash;Uch oyda bir marotaba: radio tо‘lqinlardan himoyalovchi filtr
kondesatorlari holatini tekshirish, yaroqsiz holatga kelgan bо‘lsa almashtirish;
tok
о‘tuvchi
qismlar
izolyatsiyasi
qarshiligini
tekshirish;payvandlash
о‘zgartirgichlarida
kollektor holatini tekshirish; generator nuqsonsiz ishlashida
kollektorda qurum bо‘lmasligi kerak. Kollektordan benzinli yumshoq latta
yordamida chang ketkazilishi kerakOlti oyda bir marotaba:toklar almashlab ulagichi
izolyatsion qismlari va kontaktlarni misli chang va dog‘laridan tozalash;
barcha ishqalanadigan qismlarni (о‘q vinti, almashib ulagich val yuzasining qismi)
quyuq moy bilan surkash;payvandlash о‘zgartirgichlarida
shyotkali mexanizm
xolatini tekshirish. Shetkalardagi uchqunlash darajasi kichik bо‘lishi kerak.
Shetkalarda qurum izi qolmaydigan mayda biserli uchqunlanish havfsiz hisoblanadi;
payvandlash о‘zgartirgichlarida podshipniklar kamerasi moyini holatini va borligini
tekshirish.Bir yilda bir marotaba:
ventilyator elektryuritkichini ajratib olib yaxshilab tozalash. Moyini almashtirishdan
oldin podshipniklarni benzin bilan yuvib olish kerak;
Yoyli payvandlashda havfni oldini olishga qarshi choralarni kо‘rish zarur:
elektr tokini urishdan;elektr yoyi nuridan kо‘z va qо‘l, yuz terisining kuyushi;
qо‘l va yuz terisining erigan metalni sachrashidan zararlanishi.Tarmoq kuchlanishi
220 yoki 380V havflidir, shuning uchun:ta’minlovchi manba korpusi mustaxkam
zaminlanishi kerak. Buning uchun ta’minlovchi manba korpusida «Zemlya» yozuvli
zaminlash bolt bor; ta’minlovchi manbaning tashqi g‘ilofi yoki yon devor qismlarsiz
ishlashi taqiqlanadi;payvandchi birlamchi tarmoqdagi tok о‘tish
qismlarga
tegmaydi. Ta’minlovchi manbani tarmoqga ulash va zaminlashni faqat
kvalifikatsiyali elektrik bajaradi; ta’minlovchi manbani tarmoqdan uzmasdan joyini
о‘zgartirish taqiqlanadi.
Payvand yoyining yorug‘ligi inson organizmiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi, ayniqsa
kо‘zlarga, og‘riq keltirib chiqaradi va vaqtinchalik xiralashishga olib keladi.
Payvandchi kо‘zini ihtiyot qilish maqsadida masxsus yorug‘lik filtrli maska yoki
shitokdan foydalanadi. Payvand yoyini kо‘rinmas
nurlanishi, erigan metalni
sachrashidan payvandchini qо‘l qismi rukavitsa, egnida esa maxsus kiyim (brezentli
kurtka va shim) bilan himoyalanish kerak. Kо‘zni chokni shlak bо‘lakchalaridan
himoyalash uchun oddiy shishali kо‘zoynaklardan foydalaniladi.
Payvandlash zanjirining tok turiga qarab ta’minlash manbalari quyidagicha
farqlanadi:1.о‘zgaruvchan tok manbalari:bir va uch fazali payvandlash
transformatorlari; alyumin qotishmalarini payvandlash uchun maxsus qurilmalar;
2. о‘zgarmas tok manbalari:tо‘g‘rilagichlar; turli yuritmali generatorlar.
Postlar soni bо‘yicha ta’minlash manbalari bо‘ladi:
- bir postli;
- kо‘p postli.
Qо‘llanish bо‘yicha ta’minlash manbalari bо‘ladi:
- umumsanoat ta’minlash manbalari;
- maxsus ta’minlash manbalari.
Umumsanoat manbalariga yoy vositasida qoplangan
elektrodlar bilan dastaki
payvandlash uchun ta’minlash manbalari, shuningdek mexanizatsiyalashgan flyus
ostida payvandlash uchun manbalar kirad
Ta’minlash manbalarining belgilarida birinchi harf ularni turini kо‘rsatadi: T –
transformator, V – tо‘g‘rilagich, G – generator, P - о‘zgartirgich, U – qurilma.
Ikkinchi harflar – payvandlash turi: D – yoy bilan, P – plazma bilan. Uchinchi harflar
- payvandlash usuli F – flyus ostida, G –
himoyalovchi gazlarda, U – universal
manba, yoki qо‘shimcha ma’lumotlar belgisi:
M – kо‘p postli
, I – impulsli
payvandlash. Uchinchi harf bо‘lmasa – dastaki payvandlash bо‘ladi.
Harflardan
keyingi birinchi son - nominal payvandlash toki yuzlab amperlarda, undan keyingi
ikki sonlar – buyumning rо‘yxatga olingan nomeri. Undan keyingi harf va sonlar –
iqlim kо‘rsatkichlari – U – mо‘tadil, T – tropik, M – dengiz iqlimiga.
Nazorat savollari:
1. Ta’minlovchi manbalarga doimiy hizmat kо‘rsatish qanday amalga oshiriladi.
2. Ta’minlovchi manbalarga muddatida hizmat kо‘rsatilganda nima ishlar bajariladi.
3. Yoyli payvandlashda payvandchining himoyalanish vositasini sanab о‘ting.