155
qiladi. Masalan, Afrika «yelkani» —
Papilo dardanus
deb nom olgan kapalak-
larning ko`pgina geografik irqlari bor. Har bir irq tashqi tomondan konkret sharoitda
tarqalgan, boshqalarga yem bo`lmaydigan kapalaklarga o`xshashligi
bilan xarak-
terlanadi. Bu misolda oddiy mimikriya hodisasi namoyon bo`ladi. Juda ko`p
ma’lumotlar mimikriyaning bunday turi taqlid qiluvchi organizmlar soni yeb
bo`lmaydigan kapalaklarga nisbatan oz bo`lganda foyda berishini ko`rsatmoqda.
Chunki bu kapalaklar bilan oziqlanuvchi qushlar ularni haqiqatdan ham yyeb
bo`lmasligini bir necha marta amalda sinaganlaridan
keyingina ularni holi
qo`yadi. Mabodo, yeb bo`lmaydigan kapalaklar kam, ularga taqlid qiluvchi formalar
ko`p bo`lsa, bu holda keyingi formalar uzoq vaqt saqlana olmaydi, chunki qushlarda
yyeb bo`lmaydigan kapalaklarga nisbatan salbiy munosabat yaxshi ifodalangan
bo`lmaydi: Shu tufayligina
R. Dardanus
kapalagi yeb bo`lmaydigan bir kapalak turi-
ga emas, balki bir necha kapalak turiga taqlid qiladi. Demak, bu kapalak turida vu-
judga kelgan polimorfizm dizruptiv tanlanish oqibatidan boshqa narsa emas(29-rasm).
29-rasm. Afrika «yelkani» — kapalagi
Papilo dardanusning urg’ochi
formalaridagi dizruptiv tanlanish:1-
Papilo dardanus 2-Danals chgusippus 3-
Amaurls
nlavens
4-A.
echerea
5-P.dardanus
♀var.neusta 6-P.dardanus
♀var.nippocoon 7-P.dardanus ♀.var.cenea.
156
Dizruptiv tanlanishni
tok shilliqqurti-
Cepaea nemoralis
da chig`anoqlarning
rangi bo`yicha vujudga kelgan polimorfizmda ham ko`rsa bo`ladi. Bu tur
individlarining chig`anog`i pushti, sariq, jigar-rang va usti qora yo`lli bo`ladi. Bu
yo`llarning soni va tusining to`qligi o`zgaruvchandir. Ba’zi hollarda bu yo`llar aniq
bo`lib, soni 5 taga yetadi. Boshqa hollarda esa yo`llar tamoman bo`lmaydi.
Chig`anoqning rangi va yo`llarining soni muhitga bog`liq.
Och jigar-rang tuproqli
o`rmonlarda tok shilliqqurtining jigar-rang yoki pushti rang chig`anoqqa ega. Dag`al
va sariq rangli o`tlar o`sgan joyda esa chig`anog`i sariq rangli xillari uchraydi.
Sheppard va Keyn ma’lumotlariga ko`ra, chig`anoqning turli rangdagi moslanish
belgisi bo`lib, qushlar ularni (shilliqqurtlarni) ko`plab qirishidan saqlaydi. Sayroqi
qorayaloq, nobud qilgan chig`anoq qoldiqlarini o`rganish jigar-rang va pushti
rang chig`anoqli shilliqqurtlar jigar-rang tuproqli o`rmonlarda, chig`anog`i
sariq
shilliqqurtlar esa sariq rangli joylarda himoya rangi ekanligi ma’lum bo`ldi. Bu
misolda ham tanlanishning dizruptiv turi bir populyatsiyada bir qancha sharoitga
moslashgan organizmlar guruhini vujudga keltirganligini ko`rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: