Ma’lumki, o’yin faoliyatida va muloqotlarda bolaning shaxsiy fazilatlari hamda xarak¬ter xislatlari uning nutqiga bog’liq holda ro’yobga chiqadi

Download 19,3 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi19,3 Kb.
#223810
Bog'liq
9-mavzu

Ma’lumki, o’yin faoliyatida va muloqotlarda bolaning shaxsiy fazilatlari hamda xarak¬ter xislatlari uning nutqiga bog’liq holda ro’yobga chiqadi. Bolaning nutq faoliyati qanchalik ravon va boy bo’lsa, u ona tilining durdonalaridan unumli foydalana olsa, uning o’zaro fikr almashishi ham shunchalik qulay va oson amalga oshadi. Kamolotning mazkur pallasida egotsentrik nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Harakatli va rolli (syujetli va mazmunli) o’yinlar (chunonchi, “Millitsioner”, “Sotuvchi”, “Shifokor”, “Qorbobo”, “Veterinar” va boshqalar) jarayonida amaliy xatti-harakat bilan uzviy bog’liq holda bola shaxsida insoniy xislatlar tarkib topa boradi. O’yin faoliyati va turli o’yinlar bolada irodaviy sifatlarni takomillashtirishda, his-tuyg’uni boshqarishda yetakchi faoliyat vazifani o’taydi.

Rolli o’yin − maktabgacha yoshdagi bolalarning yetak¬chi faoliyati. Rolli o’yin mazkur yosh davridagi bola¬larning eng muhim faoliyati bo’lib, ular bunday o’yinda go’yo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita “bajaradilar”. Shu boisdan o’yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muhit voqealari, oilaviy turmush hodisalari, shaxslararo munosabatlarni umumlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar kattalarning turmush tarzi, his-tuyg’usi, o’zaro muomala va muloqotlarining xususiyatlarini, o’ziga va o’zgalarga, atrof-muhitga munosabatini yaqqol voqelik tarzida ijro etish uchun turli o’yinchoqlardan, shuningdek, ularning vazifasini o’tovchi narsalardan ham foydalanadilar. Ammo shuni alohida ta’kidlash lozimki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabhalarini qamrab oladigan rolli o’yin ularda birdaniga emas, balki turmush tajribasining ortishi, tasavvur obrazlarining kengayishi natijasida vujudga keladi va mohiyati hamda mazmuni jihatdan oddiydan murakkabga qarab takomillashib boradi.

O’yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o’yin o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit mavjud bo’lishi kerak: a) bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to’g’risidagi xilma-xil taassurotlar tarkib topishi; b) har xil ko’rinishdagi o’yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi; v) bolaning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko’rsatish uslubi hal qiluvchi rol o’ynaydi.

Bolalar o’yinlarining mohiyati shundan iboratki, u o’yinda u yoki bu rolni bajaradilar va eng qiziq jihati, mayda, keraksiz buyumlarning haqiqiy tirik mavjudotlarga aylantirishini xohlashi mumkin.

Tajribalardan xulosa qilish mumkinki, 5-6 yoshdagi bolalar uchun eng muhim u o’ynayotgan rol. Rolni gavdalantirish davomida bolaning faoliyatga bo’lgan munosabati yuzaga chiqadi. Ko’rilgan vaziyatdan shunday gipoteza tug’iladi. Demak, bola o’ziga boshqa odamlarning rolini olayotgan ekan, shu rolga xos, tegishli faoliyat va munosabatlarni aks ettirish o’yinning birlamchi asosidir.

Maktabgacha yoshdagi bola asta-sekin kattalarning hayoti va faoliyati dunyosiga kirib boradi, oldin hamkorlikdagi faoliyatda namoyon bo’lgan ijobiy his-tuyg’ular, shijoat va dadillik sari yetaklovchi ruhiy kechinmalar ibrat−namuna darajasiga ko’tarilgan kattalarning ruhiy olamiga ko’chiriladi. Endi bolaning o’zi mustaqil ravishda kattalarning hayoti va faoliyatiga kirishish yo’llarini topa bosh¬laydi. U keyinchalik katta kishilarning hayoti va faoliyatining barcha jabhalarida va shaxslararo munosabatlarida qatnashish istagini ko’rsatadigan bo’ladi.Shunday qilib, psixologik adabiyotlar tahliliga tayanib maktabgacha yoshdagi bolalarning o’ziga xos xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) bola odamlarning faoliyati, ularning predmetlarga munosabati va o’zaro muomalasiga qiziqadi; 2) bolalar rolli o’yinda atrofdagi voqelikning eng tashqi ifodali, jo’shqin his-tuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar; 3) rolli o’yinda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o’z istagini amaliyotga tatbiq qiladi; 4) kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo’lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o’chmas iz qoldiradi
Download 19,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish