Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

6.
 
Tabiiy tanlanishning ijobiy roli. 
Tabiiy tanlanish dastlab populyatsiya ichida ro`y beradi va munosib genotiplar 
tanlanishi orqali ma’lum natijalarga olib keladi. Tabiiy sharoitda tanlanish har xil 
yo`nalishda boradi. Tanlanishning biror yo`nalishi uzoq muddat saqlangan taqdirda 
kichik hajmdagi o`zgarishlar ham samarali bo`lishi mumkin. 
Evolyutsion ta’limot muxoliflari tabiiy tanlanishni mexanik g`alvir yoki 
eliminatsiya vazifasini o`taydigan «go`rkov» sifatida baholab keldilar. Bunday 
tasavvurga ko`ra, tabiiy tanlanish yangilik yaratmaydi, balki populyatsiyadagi 
mavjud o`zgarishlarni saqlashdi, xolos. Aslida esa tabiiy tanlanish evolyutsiya 
yo`nalishini belgilaydi va tasodifiy hamda ko`p sonli foydali o`zgarishlarni 
to`play boradi. Tabiiy sharoit ta’siriga va tanlanish yo`nalishiga qarab bir xil irsiy 
o`zgaruvchanlik turli oqibatlarga olib keladi.
 
Shu jihatdan tabiiy tanlanishni haykaltarosh bilan qiyoslash mumkin. Xuddi 
shaklsiz granit bo`lagidan ortiqchalarini tarashlab, ajoyib ijod qiluvchi 
haykaltarosh singari, tabiiy tanlanish ham turli xil o`zgarishlarni to`play borib 
noqulay, kam moslashgan organizmlarning nobud bo`lishi hisobiga moslashgan 
organizm turlarini vujudga keltiradi. Lekin tabiiy tanlanish ma’lum maqsadsiz 
yo`naladi. U har xil genotip, genofond, biogeosenozlarning o`zaro munosabati tufayli 
stixiyali ravishda kechadi va bu jarayon million yillar davom etadi. 
Tabiiy tanlanishning ijodiy rolini tushuntirish maqsadida yana bir o`xshatish 
keltiramiz. Alfavitdan teng miqdorda ko`plab kesib olingan harflardan biz «TOY» 
so`zini hosil qilmoqchi bo`laylik. Buning uchun ikkinchi va uchinchi harflarni 
tanlab olgudek bo`lsak, u holda hech qachon xohlagan so`zni hosil qilib bo`lmaydi. 
Mabodo, qirqilgan harflardan T, 0 va Y harflarni qutiga joylashtirsak, u holda 
«TOY» so`zining hosil bo`lish imkoniyati ortadi. Agar tanlangan uch harfdan 
ikkitasini (TO, TI, OY) juftlab, qutiga tashlasak, qolgan bitta harf alohida bo`lsa, 
unda ikkita harfdan iborat harflarning uchinchi yakka harf bilan qo`shilish 
oqibatida TYO, OYT, TIT va nihoyat «TOY» so`zi hosil bo`ladi. Binobarin, harf 
yasamagan bo`lsak ham, ularning ma’noli birikishiga erisha oldik. Xuddi shunga 
o`xshash, tabiiy tanlanish ta’sirida har xil genlar, belgilar u yoki bu organizmlarda 
mujassamlashishi mumkin. Qayd qilinganlardan, har bir gen o`z-o`zidan yakka holda 
tanlanmay, genotipda boshqa genlar bilan qo`shilgan holda tanlanadi, degan xulosa 
chiqarish mumkin. Tabiiy tanlanishda doim organizm uchun foydali belgi-
xossalarning tuzilishi orta boradi. Darvin tomonidan keltirilgan Galapagos 
arxipelagida 
uchraydigan 
vyurkalarning 
tumshug`i, 
okean 
orollaridagi 
hasharotlarning qanoti yoki qayin odimchi kapalagining rangi, ot evolyutsiyasiga doir 
va shu singari ko`p misollar tabiiy tanlanishning ijobiy rolini ko`rsatuvchi dalillardir. 
Tabiiy tanlanish barcha moslanishlarning paydo bo`lishini, yangi formalar va turli 
taksonlar sistemasining kelib chiqishini belgilab beruvchi muhim va yagona yo`nalishli 
omildir. 
Tabiiy 
tanlanish 
nazariyasi 
biologiyaning 
eng 
muhim 
nazariy 
umumlashtirishlaridan biri bo`lib qoladi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish