Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

 
 
 
 
 
30- rasm.
O`zaro urishayotgan asl erkaklari. 
Jannat qushlari, argus qirg`ovuli va tovuslarning erkaklari chiroyli patlarini yoyib 
tovlanadi va turli tana harakatlari—«o`yin» qilib, urg`ochilariga o`zini ko`z-ko`z 
qiladi. Bu xatti-harakat to ularning birortasini urg`ochi tanlaguncha davom etadi. 
Hayvonot bog`larida qushlar ustida o`tkazilgan kuzatishlar shuni ko`rsatdiki, agar 
qafasda erkak hayvon bo`lmasa, urg`ochilari tuxumdonidagi ovogenez jarayoni 
to`xtab qoladi. Tabiatda haqiqatan ham hayvonlarning urg`ochilari erkaklarini 
chiroyliligiga qarab tanlaydimi? degan muammoni aniqlash maqsadida Sinat-Tomson 
Avstraliyadan kelib chiqqan xoldor to`tilar ustida qiziqarli tajriba o`tkazdi. Bu turga 
mansub erkak to`tilar boshining tepa qismida va ayniqsa «yoqachasi»da 
urg`ochilarinikiga nisbatan patlar ko`proq rivojlanib, 1—3 ta yoki 2—5 ta sariq rangli 
dog`i bo`ladi. Dog` qancha ko`p bo`lsa, «yoqacha» ham shu qadar xurpayib tovlanib 
turadi. Sinat-Tomson tajribasining birida erkak to`tilarni bo`yab urg`ochi tusiga, 
ikkinchi xilida esa aksincha, urg`ochilarini erkak tusiga kiritildi. Shunday qayta 
bo`yalgan «urg`ochi» to`tilar qafasga kiritilganda undagi erkak to`tilar «urg`ochi» 
tusiga bo`yab qo`yilgan erkak to`tilar atrofida parvona bo`lib, haqiqiy urg`ochilarga 
e’tibor bermagan. «Erkak» tusiga bo`yalgan urg`ochi to`tilar urg`ochilar yoniga 
qo`yib yuborilganda esa urg`ochi to`tilar soxta «erkak» to`tilarga e’tibor berib, 
haqiqiy erkak to`tilarga yaqinlashmagan. 
Ayrim qushlar turining erkaklarida hech qunday bezanish patlari bo`lmaydi. 
Bular juftlashish oldidan inlarini har xil yaltiroq narsalar bilan bezaydi. Avstraliyaning 
kapachi qushlarining erkaklari juftlashish davrida inlarini har xil chig`anoqlar, rangli 
tosh, patlar va mevalar bilan bezaydi shu yo`l bilan urg`ochi qushlarii o`ziga jalb 
qiladi. Ba’zi qushlarning erkaklari (masalan, bulbul, kanareyka, bedanalar) o`zining 
xilma-xil tovushi bilan urg`ochilarini jalb qiladi. 


161 
Jinsiy tanlanish haqidagi nazariya e’lon qilingandan so`ng olimlardan Uolles va 
Menzbir uni tanqid qilib, urg`ochi qushlarning erkak qushlardagi chiroylilikni farq 
qilish qobiliyatiga ishonish qiyin, chunki ularda odamga o`xshash ong yo`q va jinsiy 
tanlanish antropormizmdan iborat deganlar. Uolles erkak hayvonlardagi chiroylilik 
fiziologik sabablarga bog`liq, urg`ochilarida esa chiroylilik tabiiy tanlanish ta’siri 
bilan to`xtatib qo`yilgan, chunki himoya rangi naslni saqlashda katta ahamiyatga ega, 
degan edi. Hozirgi vaqtda biologiya fanining rivojlanishi, ayniqsa, endokrinologiya 
yutuqlari ikkinchi darajali jinsiy belgilar jinsiy bezlar ishlab chiqaradigan 
gormonlarga, shuningdek, markaziy nerv faoliyatiga bog`liq ekanligini ko`rsatmoqda. 
Biroq bundan ikkinchi darajali jinsiy belgilar tabiiy tanlanish va uning alohida formasi 
bo`lgan jinsiy tanlanish orqali nazorat qilinmaydi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Fan 
sohasida to`plangan juda ko`p tajribalar jinsiy tanlanish g`oyasining to`g`ri ekanligini 
ko`rsatmoqda. Olimlardan A. D. Nekrasov, A. A. Zaxvatkin aniqlashicha, bahor 
kelishi bilan uy chumchug`i, botqoq, dehqon chumchug`ining shaqshaqlarning pati 
anchagina tovlanadigan bo`ladi. Bu hodisa tashqi tomondan go`yo A. Uolles va M.A. 
Menzbir mulohazalarini quvvatlaydi, ya’ni jinsiy bezlar gormoniga bog`liqligini 
ko`rsatadi. Haqiqatda esa bahorda jinsiy qo`shilish uchun zarur bo`lgan chiroyli 
patlarning zamini kuzda, jinsiy qo`shilishga tayyorgarlikdan ancha oldin rivojlanadi 
ya’ni juftlashish paytidagi jinsiy bezlar ishiga hech qanday aloqador emas. Shunga 
o`xshash juda ko`p dalillar Darvinning jinsiy tanlanish tabiiy tanlanishning bir 
shaklidir, deb tushuntiruvchi nazariyasi to`g`riligidan dalolat beradi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish