149
jarayonida organizmlar yashab qolishi yoki nobud bo`lishidan
tashqari, ularning
differensial urchishi ham muhim rol o`ynaydi.
Evolyutsiya jarayonida organizmlarning yashab qolishigina emas, balki har
bir individning populyatsiya genofondiga qo`shgan hissasi ham asosiy o`rin tutadi.
Albatta, ko`p nasl qoldiradigan individ populyatsiya genofondiga katta hissa
qo`shadi. Tabiiy o`limiga qadar hech qanday nasl qoldirmagan individlarning
evolyutsiya uchun ahamiyati yo`q. Ular populyatsiya
genofondiga hissa
qo`shmaydi. Faqat ma’lum allel yoki gen komplekslarini tarqatadigan va
mustahkamlaydigan organizmlargina populyatsiyadagi dastlabki evolyutsiya
hodisasini vujudga keltira oladi. Demak, har xil individlarning urchishdagi
muvaffaqiyatlari tabiiy tanlanish uchun genetik evolyutsiyaning ob’ektiv mezoni
bo`lib xizmat qiladi. Binobarin, tabiiy tanlanish deganda, har xil genotip yoki gen
kompleksiga ega organizmlarning saylanma nasl qoldirishi tushuniladi. Har xil
genotipga ega organizmlarning saylanma nasl qoldirishi mazkur genotipning barcha
individual rivojlanish bosqichlaridagi hayotchanligi bilan uzviy bog`liq.
Yashash uchun kurashda biror individning boshqa individlardan g`olib
kelishining bosh mezoni urchishdagi muvaffaqiyat hisoblanadi. Odatda, ayrim
individlar yoki bir butun guruhlar oila, populyatsiyalar
guruhi turlar va nihoyat,
biosenoz tanlanish ob’ekti hisoblanadi. Shunga ko`ra, tanlanish individual va
gruppaviy xillarga bo`linadi.
Individual tanlanish
populyatsiyadagi organizmlar orasidagi raqobatga
asoslanadi. U yashash uchun kurashda g`olib chiqqan individlarning tabaqalanib
urchishidan iborat. Tabiiy tanlanish organizmlar o`rtasidagi juda kichik farqlarga
ham
qayta ishlov berib, ularni ma’lum yo`nalish tomon yig`a boradi. Natijada yangi
nasl ilgarigi ajdodlaridan tobora farq qila boradi. Tur yoki undan yirik sistematik
taksonlarga xos belgi-xossalar individual o`zgarishlarning tanlanishi oqibatida shakllana
boradi. Demak, individual tanlanish zaminida gruppaviy tanlanish, ya’ni o`zaro
bevosita yoki bilvosita bog`liq bo`lgan bir qancha organizmlar guruhi (populyatsiya,
tur, avlod)dan birining xillanib urchishi yotadi.
Tanlanish samarasi fenotipda namoyon bo`ladi, Demak, ma’lum belgi va
xossaning genetik axboroti fenotipda ro`yobga chiqishi tabiiy tanlanish ta’siriga
bog`liq. Organizmlardagi fenotipik o`zgarishlar genotip asosida ro`yobga chiqishi
e’tiborga olinsa, u holda fenotip bo`yicha tanlanish
orqali tegishli genotiplar
tanlanishi mumkin. Bu o`z-o`zidan, evolyutsiya jarayonida fenotipik o`zgaruv-
chanlik muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Tanlanish nazorati ostida
bo`lgan belgi-xossalar bilvosita yoki bevosita organizm naslning ko`payishiga olib
keladigan jarayonlar bilan bog`liq. Tanlanish ta’siriga baho berishda bu albatta
hisobga olinadi. Lekin evolyutsiya jarayonida organizmda shunday belgi-xossalar
bo`ladiki, ular ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo`lsa ham boshqa, ya’ni
yashovchanlik uchun zarur belgi-xossalar bilan birgalikda tanlanadi. Bu belgi-
xossalarga tabiiy tanlanish bilvosita ta’sir ko`rsatadi. Nihoyat, evolyutsiya
jarayonida ilgari tasodifiy moslanishda kam ahamiyatli bo`lib,
endilikda muhim
ahamiyatga ega bo`lgan va tabiiy tanlanish tufayli saqlanayotgan belgi-xossalarning
qiymati qayta baholanadi. Bunday belgi-xossalarning tanlanishi korrelyatsiya va
preadaptatsiya hodisasi bilan uzviy bog`liqdir.
Tabiiy tanlanishning yana bir o`ziga xos tomoni shundaki, u organizmdagi u
150
yoki bu tuzilish, belgi muayyan organizm uchun emas, balki boshqa tur uchun
foydali bo`lishini ta’minlamaydi. Bunday o`zgarishlarning
evolyutsiya jarayonida
«man etilishi» turga mansub organizmlarning urchishdagi muvaffaqiyatlarini
belgilaydigan xossalarga ta’sir etish prinsipi bilan uzviy bog`liqdir. Ayrim hollarda
tanlanish ikki turning bir-biriga o`zaro moslanishini vujudga keltirishga yo`nalgan
bo`ladi. Bu moslanishlar nihoyatda nozik va murakkab bo`ladi. O`simliklar va
hayvonot olamida uchraydigan simbioz va kommensalizm hodisalari bunga yaqqol
misoldir. Tabiiy tanlanish ayrim organizmlar uchun noqulay, biroq populyatsiya
hamda turlar uchun foydali belgi-xossalarni vujudga keltira oladi.
Bunday
moslanishga arilardagi va boshqa ayrim hasharot turlaridagi zahar nishining
tishsimon tuzilganligi misol bo`ladi. Odatda birorta organizmni chaqqan ari o`z
nishini dushman tanasida qoldirib nobud bo`ladi. Uning nobud bo`lishi esa oiladagi
boshqa individlarning saqlanishi nuqtai nazaridan foydali bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: