Genetika va evolyutsion


Qayin odimchasining tipik-och tusli forma va melanistik formalarning miqdor nisbiyligi



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

 
Qayin odimchasining tipik-och tusli forma va
melanistik formalarning miqdor nisbiyligi.
 
Sariq ilonning 

tipi oq tusli bo`lib, ko`ndalang chiziqlari bo`lmaydi, 

tipida bu chiziqlar juda yaxshi ifodalangan. 

va 

tiplari oraliq forma 
hisoblanadi. Ko`l atrofida 

tipidagn sariq ilonlar ko`p. Orolda esa 
A, B, 
va V 
gruppadagi ilonlar uchraydi. Ilonlarning urg`ochilari urug`langandan so`ng, ularning 
nasli o`rganilganda, yosh ilonlarda katta ilonlar tanasidagi hamma ranglar uchrashi 
aniqlandi. Lekin yosh va voyaga yetgan sariq ilonlarni taqqoslash ularda ko`ndalang 
chiziqlarning tarqalishidagi farqni ko`rsatib berdi. Olingan ma’lumotlarga ko`ra, 
yosh ilonlarga nisbatan voyaga yetgan ilonlarda 

va B tiplari ko`p uchrashi 
aniqlandi. Bu oroldagi ilonlar embrionining so`nggi davrda tanlanib qirilishi oroldagi 
ohak qoyalarga bog`liqligi ma’lum bo`ldi. Bu joylarda ko`ndalang targ`il chiziqlari 


145 
bo`lmagan oqish formalar ko`proq saqlanadi. Ko`ndalang targ`il rang ko`lga yaqin
botqoq joylarda himoya vazifasini o`taydi va ularni dushmanlar payqamaydi. Shunga 
ko`ra, orolda ko`ndalang targ`il formalar soni ko`ndalang — targ`ilsiz formalarga 
nisbatan 4 marta kam bo`ladi (27-rasm).
27-Rasm. Era orollaridagi ko’llarda tarqalgan suvilonlar orasidagi tabiiy 
tanlanish och rangli ohakli orollarda qoramtir chiporilonlar ilonxo’r qushlar 
tomonidan tanlanib, nobud bo’ladi (P.Erlix va R. Xolm ma’lumotlari): 
1-tuxumdan chiqqan yosh ilonlar; 
2-tanlanib nobud bo’lishi; 
3-mahalliy sharoitdagi voyaga yetgan ilonlar. 
Endi polimorfizmga ega bo’gan populyatsiyalarda yashash uchun kurash 
qanday bo’lishini taxlil qilish uchun bitta misol keltiramiz. XX asrning 50-60 
yillarida genetiklar va mediklar Afrika, Hindiston, Turkiya va boshqa mamlakatlar 
odamlarida uchraydigan anemiya kasallining tarqalishini o’rgandilar. Bu kasallikda 
eritrotsitlar o`roqsimon shaklga kirishi tufayli kislorodni tashish qobiliyati pasayadi. 


146 
Natijada resessiv gomozigota formalar 2 yoshga yetmasdan nobud bo`ladi. Yashash 
uchun kurash, tabiiy tanlanish ayovsiz ta’sir etib turgan vaqtda bu gen 
populyatsiyadan tamomila yo`qolib ketishi kerak edi, lekin Afrika mahalliy 
aholisining 20%, AQSh va Braziliya negrlarining 8—9%, Hindiston, Turkiya, Gretsiya 
va Isroilning ba’zi rayonlarida aholining 10—15% bu gen bo`yicha geterozigota 
ekanligi ma’lum bo`ldi. Bu letal gen tabiatda shuncha yuqori konsentratsiyada 
saqlanishiga sabab nima? O`roqsimon anemiya geni kishilarni bezgak kasalligi bilan 
og`rimaslikka olib kelishi aniqlanguncha bu masala noma’lum edi. Tabiiy 
tanlanishda o`roqsimon anemiya genining populyatsiyada saqlanib qolganligiga 
asosiy sabab bunday genga ega odam bezgak kasalligiga chidamliligi bilan 
izohlanadi. 
O`zgargan muhit sharoitiga moslanishda yashash uchun kurash qanday rol 
o`ynashini kalamushlarning hasharotlarning har xil zaharli moddalarga 
chidamliligida ham ko`zga yaqqol tashlanadi. Har qanday ximiyaviy zaxarlarni 
bir necha yil qo`llanish tufayli, ularning samarasi yildan-yilga kamayib ketishi 
tobora ma’lum bo`lmoqda, Masalan, 1947 yili varforin zahari juda kichik dozada 
qo`llanganda kalamushlar populyatsiyasi yoppasiga zaharlanib nobud bo`lgan 
edi. Keyin-chalik bu zaharga chidamli kalamushlar ko`paydi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish