Genetika va evolyutsion


Genetiko – avtomatik jarayonlar va ularning evolyutsiyadagi ahamiyati



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

Genetiko – avtomatik jarayonlar va ularning evolyutsiyadagi ahamiyati.
 
N.P. Dubinin va S. Rayt tajribalarga asoslanib, populyatsiyalarda hamma vaqt 
Xardi- Vaynberg qonuni tasdiqlanavermasligini, kichik populyatsiyalarda u yoki bu 
allelning konsentratsiyasi bir qancha bo`g`in mobaynida o`zgarishi mumkinligini 
isbotlab berdilar. Populyatsiya qancha kichik bo`lsa, u holda geterozigota 
formalarning o`zaro uchrashishi va gomozigota formalar hosil bo`lishi ham shuncha 
tezlashadi. Populyatsiyada organizmlar soni ko`p bo`lsa, aksincha geterozigota 
formalarning o`zaro uchrashishi va gomozigota formalar paydo bo`lishi kamayadi. 
Odatda, populyatsiyalardagi o`zgarishlarga ta’sir etuvchi faktorlar ichida tabiiy 
tanlanish eng muhimi hisoblanadi. Organizmlar soni kam bo`lgan populyatsiyalarda, 
odatda, tabiiy tanlanish zararli o`zgarishlarga ega formalarni bartaraf etib, 
foydali o`zgarishlarga ega formalarning ko`payishiga tezroq imkon tug`diradi. Shu 
bilan bir qatorda, kichik populyatsiyalarda genotiplarning tasodifiy saqlanish 
imkoniyati ham tug`iladi. Populyatsiyalarda organizmlar soni kam bo`lganda, 
qandaydir tasodifiy hodisa tufayli bir xil mutatsiyalarga ega formalar saqlanishi
ikkinchi xil mutatsiyali formalar qirilib ketishi mumkin. Populyatsiyalarning keyingi 
bo`g`inlarida saqlangan formalar son jihatdan ortadi va oqibatda populyatsiya 
genofondidagi genlar konsentratsiyasi o`zgaradi. Tasodifiy hodisalar natijasida 
populyatsiyada genlar konsentratsiyasining o`zgarishi 
genetik-avtomatik jarayon 
yoki 
genlar dreyfi 
deb ataladi. Bu jarayon turg`un yoki tasodifiy bo`ladi. 
Genetik-avtomatik jarayonlar tabiiy tanlanish bilan bir vaqtda populyatsiyaga 
ta’sir ko`rsatsa ham, undan farq qilib, hamma vaqt kichik populyatsiyalarda va 
izolyatsiya tufayli ajralgan populyatsiyalarda genlar takrorlanishidagi hukmron 
tartibning buzilishiga olib keladi. Katta populyatsiyalarda esa bu jarayon tartibsiz 
ravishda samara beradi, chunki har bir bo`g`inda allellarning takrorlanish soni 
ortgan yo kamaygan yoki o`zgarmagan holatda bo`ladi. Kichik populyatsiyalarda, 
shuningdek, izolyatsiya oqibatida ajralgan populyatsiyalarda allellarning turg`unligi 
yoki qirilib ketishi hisobiga genlarning turg`un kombinatsiyalari, buning oqibatida esa 
yangi sistematik birliklar vujudga keladi. Masalan, model uchun olingan dastlabki 
ikki populyatsiyada bir xil 

(05) va 

(05) allellar konsentratsiyasi bor. Biroq bu 
populyatsiyalarning biri 500000 ta, ikkinchisi 50 ta individga ega, deb faraz 
qilaylik. U holda birinchi populyatsiya 1000000 ta gametadan (500000 ta tuxum 
hujayra, 500000 ta urug` hujayradan), ikkinchisi 100 ta gametadan (50 ta tuxum 
hujayra, 50 ta urug` hujayradan) hosil bo`ladi. yangi nasl olish uchun shuncha 
miqdordagi gametalarni xillab olishda, albatta, 50% 

va 50% a nisbati aniq 
bo`lmasligi tabiiy bir holdir. Biroq yirik polulyatsiyalarda bunday farq uncha 
katta bo`lmaydi va umumiy gametalarning 0,1 % ga teng bo`ladi. Kichik (50 
individli) polulyatsiyalarda esa standart farq-xatolik umumiy gametalarning 10% 
ni tashkil etishi va 50±5ga teng bo`lishi mumkin. Keltirilgan ma’lumotlar genetik-
avtomatik jarayonlar 50 ta individdan iborat populyatsiyalarda 500000 ta individdan 


134 
tashkil topgan populyatsiyalardagiga nisbatan 100 marta jadal bo`lishini ko`rsatadi. 
Binobarin, kichik populyatsiyalarda allellar konsentratsiyasidagi tasodifiy siljishlar 
juda yuqori bo`lib, dastlabki har bir allel konsentratsiyasini populyatsiya 
genofondidan siqib chiqara oladi. Demak, tasodifiy genetik-avtomatik jarayonlar 
kichik populyatsiyalarning gen tarkibini chuqur differensiyaga uchratishi, ular 
sistemasida jiddiy genetik farqlar hosil qilishi mumkin. 
Genetik-avtomatik jarayonlar katta populyatsiyalardan tasodifiy ajralib 
chiqqan individlarning yangi sharoitda o`rnashib qolishida ko`zga yaqqol 
tashlanadi. Bunday misollar inson populyatsiyasi genetikasida ayniqsa ko`p 
kuzatilgan. Chunonchi, AQSh ning Pensilvaniya shtatiga qarashli Lankestera degan 
joyda mennonitlar degan mazhab yashaydi va ularda nikoh mazkur mazhab ichida 
bo`ladi. Ma’lum bo`lishicha, alohida-alohida yashaydigan 80000 ga yaqin bu 
odamlar 1770 yilgacha Amerikaga ko`chib kelgan 3 juft erkak va ayolning 
avlodidan tarqalgan. Muayyan odamlar guruhiga harakterli bo`lgan hodisa 
gomozigota holatda polidaktiliyaga ega bo`lgan pakana odamlarni vujudga 
keltiruvchi genlar konsentratsiyasining yuqoriligidir. 
Homo Sapiens 
turiga mansub ko`p populyatsiyalar 
A, B, 0 
qon gruppalari bo`yicha 
polimorf hisoblanadi va o`z genotipida G
B
, G
A
, G
O

 
allellarni saqlaydi. Mak Artur va 
Penrouz dunyo aholisida 
A, B, O 
genlar qanday qonuniyat asosida takrorlanishini 
aniqladilar. Olingan ma’lumotlarga ko`ra dunyo aholisida G
A
— 21,5%, G
B
—16,2%, 
G° 
— 62,3% ni tashkil etada. O 
 
qon gruppasi Amerika indetslarida, G
A
va G
B
qon 
gruppasi esa eskimoslarda ko`p tarqalgan. G
B
 
qon gruppasiga ega odamlar Hindiston va 
Markaziy Osiyoning shimolidan G`arbiy Yevropaga tomon kamaya boradi 
Avstraliyaning yerli aholisida (Torresov bo`g`ozining shimolida yashaydigan aholi hisobga 
olinmaganda) G
B
qonlilar deyarli uchramaydi. Shimoliy Amerika indetslari orasida G
A
 
qonlilar siyrak tarqalgan. Kanadaning g`arbida yashovchi «qoraoyoq» qabilasida u 
30% ga etadi. Shu singari dalillar genetik-avtomatik jarayon turli
sondagi odamlar 
populyatsiyasida har xil nisbatda uchrashidan dalolat beradi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish