129
yebony mutatsiyali geterozigota formalar hosil bo`ladi. Bu uch imkoniyatdan
geterozigota formalar har bo`g`inda ko`proq yashab qoladi. Keltirilgan misoldan
ko`rinib turibdiki, geterozigotali polimorfizm populyatsiyaga bevosita emas, balki
bilvosita, tabiiy tanlanish orqali ta’sir
etishi mumkin, chunkn tabiiy tanlanishda har
bo`g`inda geterozigota formalar saqlanib,
yebony
mutatsiyali gomozigota formalar
qirilib ketadi (22-rasm).
Tabiiy tanlanish ta’sirida polimorfizmning ikkinchi xili, ya’ni adaptatsiyali
polimorfizm ham namoyon bo`ladi. Bu holatda populyatsiya ichidagi genetik
tomondan farq qiladigan ikki xil yoki undan ortiq
formalar turli ekologik
sharoitda tabiiy tanlanish yo`li bilan saralana boradi. Adaptatsiyali polimorfizmni
ikkita holli tugmacha qo`ng`izning qizil va qora rangli formalarida ko`rish
mumkin. Populyatsiyadagi aytib o`tilgan holatni 10 yil davomida kuzatish
natijasiga ko`ra, qishki uyquga kirishdan oldin qora rangli formalar 50% dan 70%
gacha bo`lib, qishki uyqudan so`ng ularning soni kamayib, 30—45% ga tushib
qolgan. Aksincha, qizil rangli formalar kuzda 50% dan kam bo`lganligi,
bahorda
esa ularning soni populyatsiyadagi umumiy organizmlar sonining 50% dan ortig`ini
tashkil etganligi ma’lum. Chunki bu qo`ng`izning qizil rangli formalari kuz paytida
son jihatdan qora rangli formalariga nisbatan oz bo`lsada, biroq ular qish-qirovli
kunlari sovuqqa ko`proq chidaydi va kam qiriladi. Bahorga kelib ularning soni qora
rangli formalarga qaraganda populyatsiyadagi organizmlarning ko`pchiligini tashkil
etadi (23-rasm). Lekin bahor va yoz oylarida ular kam urchiydi va kuzga borib,
ularning soni qora rangli formalarga qaraganda yana ham kamayadi.
22-rasm.
Drozofila melangasterda yebony mutatsiyaga ega geterozigota forma-
larning ikkala gomozigota formalarga nisbatan birmuncha hayotchanligining ortishi.
Qora rangli formalari esa qishda sovuqqa chidamasligi sababli ko`proq
qirilsa ham, yozda jadal urchiydi. Bunday holatda tabiiy tanlanish qishda ko`proq
qizil rangli qo`ng`izlarning, yozda esa qora rangli qo`ng`izlarning saqlanishiga
yo`nalgandir.
Har qanday populyatsiya tarkibiga kiruvchi individlar irsiyat jihatidan geterogen
bo`lishiga qaramay, dinamik muvozanatda bo`lgan murakkab genetik sistemaga ega.
Odatda, individlarni soni kam bo`lgan populyatsiyalar
uzoq vaqt yashab
130
qololmaydi. Bunga asosiy sabablardan biri, kelib chiqishiga ko`ra yaqin bo`lgan
formalarning chatishishi natijasida gomozigota organizmlarning vujudga kelishi va
ular hayotchanligining pasayishidir. Organizmlar soni yetarli bo`lganda va genetik
tomondan har xil formalar chatishgan taqdirdagina populyatsiyaning geterogenligi
bir butun sistema sifatida saqlanadi.
23-rasm.
Ikki nuqtali tugmacha qo`ng`iz populyatsiyasida adaptatsiyali polimorfizm:
a— qo`ng`izlar qora va
qizil formalarining bahor (B) va kuzdagi (K) protsent
miqdori; b — qora rang hosil qiluvchi dominant genning takrorlanishi
.
Na alohida individ, na alohida oila yoki ularniig guruhi bunday xossaga ega
bo`lmaydi.
Shunday qilib, har bir populyatsiyaning genetik xarakteristikasi
deyilganda, turg`un irsiy geterogen populyatsiyaga kiruvchi ayrim genotipga ega
organizmlarning ichki genetik birligi va dinamik muvozanati tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: