Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

IX 
bob
. ORGANIK OLAMNING TARIXIY RIVOJLANISHI. 
Tayanch tushunchalar va bilimlar: 
Eralar, davrlar. Ularning davomiyligini 
aniqlash usullari. Eralar va davrlarda o`simlik va hayvonlardagi evolyutsion 
jarayonlar. Hayotning tuzulish darajalari. Biogeotsenoz – evolyutsion jarayon 
maydoni. 
1.
 
Yerning geoxronologiyasi.
Yerning va undagi turli qatlamlarning yoshini aniqlashda, odatda, radioaktiv 
elementlarning parchalanishi asosiy mezon qilib olinadi. Olib borilgan hisoblarga 
ko`ra, 1 kg uran har 100 million yil ichida parchalanib, undan 985 g uran qolib, 13 g 
qo`rg`oshin va 2 g geliy hosil bo`ladi. Yerning turli qatlamlarida uchraydigan 
qo`rg`oshin va geliyning bir-biriga nisbatiga qarab, uning geologik yoshi aniqlanadi. 
Radioaktiv usul natijalariga ko`ra, yer taxminan bundan 4,7 mlrd yil ilgari paydo 
bo`lgan deb taxmin qilinadi. 
Yerning turli qatlamlariga qarab, yer paydo bo`lgandan to hozirgacha bo`lgan 
tarixiy rivojlanishi 5 ta eraga bo`linadi, Ular arxey, proterozoy, paleozoy, mezozoy 
va kaynozoy eralaridir. Arxey, proterozoy eralaridagi hayot namunalari ko`z ilg`amas 
darajada mayda bo`lgani sababli bu ikki era kriptozoyga, paleozoy, mezozoy, 
kaynozoy eralarida tirik mavjudotlar yirik bo`lgani e’tiborga olinib mazkur eralar 
fonerozoyga birlashtiriladi. Qayd qilingan eralarning keyingi uchtasi o`z navbatida 
davrlarga bo`linadi. Chunonchi, paleozoy erasi 6, mezozoy erasi 3, kaynazoy erasi 
2 davrga bo`linadi 
2. O`simliklar va hayvonlar evolyutsiyasi.
Arxey erasi.
Arxey erasi birinchi geologik era bo`lib, 800—900 million yil 
davom etgan. Mazkur era qatlamlarida organik hayot qoldiqlari deyarli juda kam 
topilgan. Bu hodisa, bir tomondan, o`sha erada yashagan organizmlar tuzilish 
jihatdan nihoyatda tuban ekanligi, ikkinchi tomondan esa arxey erasidagi qatlamlar 
yuqori temperatura va bosim ta’sirida o`zgarganligi bilan izohlanadi. Bular tufayli 
organizm qoldiqlari saqlanmagan. Arxey erasi qatlamlarida ohak, marmar uchrashi 
o`sha davrda prokariotlar — bakteriyalar, ko`k-yashil suvo`tlar yashaganligining 
nishonasidir. Arxey erasining so`nggi qatlamlaridan ko`p hujayrali hayvonlar
masalan, gidroid poliplar, kovakichlilar, ipsimon yashil suvo`tlarning qoldiqlari 
ham topilgan. Bakteriyalar faqat suvda emas, balki quruqlikda ham tarqalgan
natijada quruqlik va atmosferadagi anorganik moddalar organik moddalarga 
aylanishi, ular esa quruqlikda boshqa organizmlar tomonidan parchalanishi 
oqibatida faqat suvda emas, quruqlikda ham geterotrof organizmlar vujudga kelgan 
bo`lishi mumkin. Arxey erasida quruqlikda tarqalgan organizmlarning ta’siri, 
shuningdek, tog` jinslarining yemirilishi bilan tuproq hosil bo`lish jarayoni 
boshlangan. Bu eradagi hayot uglerod birikmalari sekin-asta moddalarning 
planeta bo`ylab biogen yo`l bilan aylanishiga sababchi bo`lgan. Suvo`tlar ko`p 
miqdorda kislorod ajratib, suv va atmosferani kislorodga boyitgan. 
Binobarin, arxey erasida hujayrasiz formalardan, yadro oldi hujayrali formalar
ya’ni prokariotlar — bakteriyalar, ko`k-yashil suvo`tlar, ulardan esa eukariotlar 
paydo bo`lgan. Ba’zi bakteriyalarda uchraydigan xemosintez suvo`tlar paydo 
bo`lishi bilan o`z o`rnini fotosintezga bo`shatib bergan. Avtotrof organizmlarning 
hayot faoliyati natijasida bo`lgan organik birikmalar geterotrof organizmlar paydo 
bo`lishi uchun qulay sharoit tug`dirgan. Hulosa qilib aytganda, arxey erasidagi 


109 
organik olamning rivojlanishida aromorfoz tipidagi 3 ta katta o`zgarish ro`y 
bergan, bular: 1) jinsiy jarayoni; 2) fotosintez jarayoni; 3) ko`p hujayrali 
organizmlarning vujudga kelishi.

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish