Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

Paleozoy erasi. 
350 million yil davom etgan. Bu eraga o`tish arafasida kuchli 
tog` hosil bo`lish jarayonlari ro’y bergan. Buning natijasida ko`pgina hayvonlar, 
o`simliklar turi nobud bo`lgan, shuningdek, quruqlik va dengiz maydoni qayta 
taqsimlana boshlagan. Paleozoy erasi kembriy, ordovik, silur, devon, toshko`mir va 
perm davrlariga bo`linadi. 
Kembriy
 
davrida iqlim mo`’tadil, quruqlik esa faqat past-tekisliklardan iborat 
bo`lgan. Oldingi eradagi singari hayot suvda juda xilma-xil bo`lgan. Bu davrda 
o`simliklar suv muhitidan quruqlikka chiqishga muvaffaq bo`ladi. Moxlar, 
qirqbo`g`imlar va plaunlar kabi o`simliklarning qazilma holdagi qoldiqlari shved 
paleobotaniklari tomonidan kembriy qatlamlaridan topilganligi buning yaqqol 
dalilidir. Shunga qaramay, suvdagi hayot anchagina boy bo`lgan. Okean va dengiz 
suvida yashil, qo`ng`ir, diatom suvo`tlar va evglena ko`plab uchragan. 
Hayvonlar orasida umurtqasizlarning barcha tiplari keng tarqalgan. Bulutlar 
nihoyatda xilma-xil bo`lgan. O`sha davrda yashagan ko`p hujayrali hayvonlar 
arxeotsiatlarning qadah, qayrilgan shox yoki likopchaga o`xshash shakldagi g`ovak 


110 
ohak skeleti bo`lib, ayrimlarining uzunligi 1,5 metrgacha etgan. Ular qirilib ketishi 
tufayli hozirgi zamon marjon (korall) riflariga o`xshash qalin qatlam hosil qilgan. 
O`troq hayot kechiruvchi hayvonlar orasida ignatanlilarning qadimgi ajdodlari
dengiz nilufarlari ham uchragan. Aktiv hayot kechiruvchi hayvonlarga plastinka 
jabrali, 
qorinoyoqli, 
boshoyoqli 
mollyuskalar, 
halqali 
chuvalchanglar, 
bo`g`imoyoqlilar va boshqa hayvonlar vakillari misol bo`ladi. Bo`g`imoyoqlilarning 
ajdodi bo`lgan trilobitlarning tanasi xitin qalqon bilan qoplangan. Tanasi 40-50 ta 
segmentdan iborat bo`lgan. Xordalilarning lansetnikka o`xshash vakillari ham 
kembriy davrida yashagan deb taxmin qilinadi. 
Ordovik
 
davriga kelib, eukariotlar orasida sifonli yashil qo`ng`ir va qizil 
suvo`tlar rivoj topgan. Chuchuk suv havzalari qirg`oqlarida yashovchi sporali 
o`simliklar — psilofitlar xilma-xil bo`la boshlaydi. Dengizlarda korallar ishtirokida 
riflar hosil bo`lishi kuchaygan. Elkaoyoqli hayvonlar, boshoyoqli va qorinoyoqli 
mollyuskalar xilma-xil bo`lgan. Bu davrda birinchi marta mshankalar rivojlangan. 
Trilobitlarning xilma-xilligi ortgan. Foraminiferalar, bulutlar va ikki pallali 
mollyuskalar nisbatan kamaygan. 
Silur
 
davrida qisqichbaqachayonlar, boshoyoqli mollyuskalar rivoj topgan. 
Yashash uchun kurashda umurtqasiz hayvonlardan bo`lgan korallalar (kovakichlilar) 
asta-sekin arxeotsiatlarni siqib chiqargan. Bu davrda umurtqali hayvonlarning 
dastlabki vakillari qalqonli baliqlar paydo bo`lgan. Ularning ichki skeleti tog`aydan 
iborat, ustki tomoni suyak qalqon bilan qoplangan. Qalqonli baliqlar faqat shakl 
jihatdan haqiqiy baliqlarga o`xshagan, xolos. Aslida, ular jag`sizlar yoki to`garak 
og`izlilarning vakillari hisoblanardi. Silur davrining oxiriga kelib, quruqlikda 
o`simliklar dunyosi anchagina rivojlangan va paporotniklar, moxlar, qirqbo`g`imlar, 
plaunlar paydo bo`lgan. Bu o`simliklarning urchishi suv muhiti bilan uzviy bog`liq. 
Aniqroq qilib aytganda, ularning xivchinli gametalari harakatlanishi uchun suv 
muhiti zarur. Tuproqda organik qoldiqlarning birmuncha to`planishi hayot faoliyatida 
ulardan foydalanuvchi organizmlar kelib chiqishiga imkon yaratgan. Natijada 
xlorofillsiz geterotrof zamburug`lar hosil bo`lgan. 
Quruqlikda o`simliklar biomassasining anchagina to`planishi, ko`payishi 
hayvonlarning ham quruqlikda yashashiga sharoit tug`dirgan. Bo`g`imoyoqlilarning 
vakili bo`lgan o`rgimchaklar quruqlikka dastlab chiqishga muvaffaq bo`lgan. Bu 
davrning oxiriga kelib, kuchli tog` hosil bo`lish jarayonlari tufayli Skandinaviya 
tog`lari, Finlyandiya va Shotlandiya tog`lari, Sayan-Baykal tog` tizmalari paydo 
bo`lgan. 
Devon
 
davrida quruqlikning ko`tarilishi va dengizlarning qisqarishi hisobiga 
iqlim keskin ravishda mo`’tadillashgan. Yer sharining issiq rayonlarida esa 
iqlimning quruq bo`lishi dasht va chala dashtlarni vujudga keltirgan. Suv muhitida 
ham qator o`zgarishlar sodir bo`lgan. Chunonchi, baliqlarning rivojlanishida ham 
birmuncha progressiv o`zgarishlar ro`y bergan. Qalqonli baliqlar ichida jag`li 
formalar rivoj topgan. Jag`li qalqonli baliqlarning ichki tog`ay skeleti hamda 
harakatchan suyakli jag`lari bo`lgan. Jag`li baliqlarning kelib chiqishi umurtqali 
hayvonlarning tuzilish faoliyati ortishida muhim bosqich hisoblanadi. Chunki 
suyakli jag`ga ega hayvonlar, odatda, aktiv ov qilishi, o`z g`animini tezda yengishi 
mumkin. Natijada yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish tufayli nerv sistemasi, 
sezuv organlari, instinktlar va hayvonlarning xatti-harakati takomillasha borgan. Bu 


111 
esa tog`ayli baliqlar, suyakli baliqlar, ikki tomonlama nafas oluvchi va cho`tka 
qanotli baliqlar rivojlanishi uchun asos bo`lgan. Keyingi ikki xil baliqlar guruhi 
jabralari bilan nafas olishdan tashqari, o`pkasi bilan ham nafas olgan. Cho`tka 
qanotli baliqlar keyinchalik umurtqali hayvonlarning quruqlikka tarqalishiga 
zamin yaratgan. Ularnnng ba’zi vakillari latimeriyalar hozirgi davrda ham Hind 
okeanining g`arbiy qismida uchraydi. 
Panja qanotli baliqlar suzgich qanotining skeleti besh barmoqli oyoq skeletiga 
juda o`xshab ketadi. Suzgich qanotining asosini yelka suyagining gomologi 
hisoblangan bitta suyak tutib turadi. Undan so`ng bilak va tirsak suyaklariga mos 
ikkita suyak, keyin esa shu’la tarzida joylashgan birqancha suyaklar joylashgan. 
Bunday skeletga ega suzgich qanotdan faqat suzish vaqtida emas, balki qattiq 
substratga ham tayanib harakat qilish uchun foydalansa bo`ladi. Cho`tka qanotli 
baliqlar chuchuk suv havzalarida kislorod tanqisligi ro`y berishi bilanoq suzgich 
qanotlariga tayanib harakatlanib, boshqa suv havzalariga o`tishi mumkin bo`lgan. 
Bunday sharoitda yashash bora-bora umurtqali hayvonlarning quruqlikdagi 
dastlabki ajdodlari qalqon boshli amfibiyalar, ya’ni stegotsefallarning rivojlanishiga 
olib kelgan. Stegotsefallar o`z qiyofasi bilan triton, salamandralarga o`xshaydi, biroq 
ularning bosh qismi tashqi tomondan suyakli qalqon bilan qoplangan. Ko`payishi 
boshqa amfibiyalarga o`xshash, suv muhiti bilan bog`liq. Lichinkalari suvda hayot 
kechirib, jabra bilan nafas olgan. Binobarin, stegotsefallarning suv muhitidan 
ajralishi xuddi paporotniksimonlarga o`xshash to`liq amalga oshmagan. Shu sababli 
quruqlikda yashovchi dastlabki yuksak o`simliklar va hayvonlar suv havzalaridan 
uzoqlashib, quruqlik ichkarisiga tarqalish imkoniyatiga ega bo`lmagan. 
Toshko`mir, ya’ni karbon,
 
davriga kelib, iqlim issiq va nam pasttekisliklarning 
ko`pgina qismi botqoqliklardan iborat bo`lgan. Tropik o`rmonlarda uzunligi 30—40 
metrga, eni 1—2 metrga yetadigan daraxtsimon plaunlar—lepidodendronlar, 
sigillyariyalar avj olib rivojlangan. Qirqbo`g`imlar daraxtlar ko`rinishida bo`lgan. 
Daraxtlar tanasinipg uchi dixotomik tarmoqlanib, qalin shox-shabba hosil qilgan. 
Daraxtsimon qirqbo`g`imlar kalamitlarning bo`yi bir necha metr bo`lib, ular 
botqoqlikda yashagan. 
O`rmonlarda daraxtlar hamda lianalar shaklidagi paporotniklar ko`plab o`sgan. 
Bu davrda ochiq urug`li o`simliklarning dastlabki vakillari paydo bo`lgan. Urug`li 
paporotniklar hamda kordaitlar ularning vakilidir. Urug`li paporotniklar tashqi 
ko`rinishidan boshqa daraxtsimon paporotniklarga o`xshasa ham, lekin urug`dan 
ko`payishi bilan ulardan farq qilgan. Kordaitlarning tanasi juda baland bo`lib, uchi 
nashtarsimon uzun barglar bilan qoplangan. 
Toshko`mir davrining oxiriga kelib, ba’zi hududlarda iqlim ancha kontinental va 
quruq bo`la boshlagan. Bu hodisa shu davrda yuz bergan tog` hosil bo`lish 
jarayonlarining natijasidir. Bunday sharoitda yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish 
sporadan ko`payuvchi daraxtlarga nisbatan urug`dan ko`payuvchi daraxtlarning 
ko`proq yashab qolishiga imkon yaratgan. 
Umurtqali hayvonlar evolyutsiyasida ham bir qancha o`zgarishlar sodir bo`lgan. 
Quruq sharoitda umurtqali hayvonlarning yangi sinfi — reptiliyalar, dastlabki 
katilozavrlar rivojlangan. Hasharotlarning uchar formalari —suvaraklar, ninachilar, 
chigirtkalar, qandalalar paydo bo`lgan. Dengizlarda baliqlar, ayniqsa, akulalar 
ko`plab uchragan. Shuningdek, yelkaoyoqlilar, mollyuskalar, ignatanlilar suv 


112 
tubida keng tarqalgan. Trilobitlar ancha kamaygan. 
Perm
 
davrida quruqlik ko`tarilgan, iqlim quruq va sovuq bo`la boshlagan. 
Natijada nam tuproqda gurkirab o`sgan o`rmonlar faqat ekvatorga yaqin
joylardagina saqlanib qolgan. Paporotniksimonlar asta-sekin qirilib, ochiq urug`lilar 
keng tarqala boshlagan. Iqlimning quruq bo`lishi dastlabki amfibiyalarning ajdodi 
bo`lgan stegotsefallarning ham qirilib ketishiga, aksincha, qadimgi sudralib 
yuruvchilarning xilma-xillashuviga sabab bo`lgan. 
Perm davrining o`rtalariga kelib katilozavrlar anchagina rivoj topgan. 
Ularning eng yirigi pareyazavrning bo`yi 3 metrga yetgan. Dastlabki kalta-
kesaklar ichida darranda tishlilar birmuncha yuksak darajada tuzilgan formalarni 
hosil etgan. Shimoliy Dvinaning Perm qatlamlaridan topilgan inostranseviyaning 
bo`yi 4 metrga yetib, jag`larida kurak, oziq va jag` tishlar rivojlangan va ular sut 
emizuvchilarnikiga anchagina o`xshash bo`lgan. 
Yuqorida bayon etilganlarga yakun yasab, paleozoy erasidagi o`simliklar va 
hayvonlarning tarixiy rivojlanishi davomida aromorfoz tipidagi quyidagi 
o`zgarishlar ro`y bergan, deb aytish mumkin. 
1.O`simliklar quruklikka chiqqan. Ko`p hujayrali o`simliklarning quruqlikka 
chiqishi uchun sharoit hisoblangan tuproq, ehtimol, bakteriyalar, ko`k-yashil 
suvo`tlar, lishayniklar tomonidan hosil qilingan. O`simliklarning quruqlikda
yashashga o`tishi tufayli ularning tana tuzilishi va funksiyasi differensiyalanib, 
mexanik, o`tkazuvchi, assimilyatsion, qoplag`ich to`qimalar hosil bo`lgan va ildiz, 
poya barg kabi organlar rivojlangan. 
2.Organik olamning tarixiy rivojlanishida urug`dan ko`payadigan 
o`simliklarning paydo bo`lishi navbatdagi yirik aromorfoz hisoblanadi. Urug` 
rivojlanishi bilan o`simliklarning urug`lanishi uchun suv muhitining zarurligi 
qolmadi. Bundan tashqari, urug` kurtagining rivojlanishi bo`yicha ham bir qancha 
qulayliklar paydo bo`lgan. Urug` hosil bo`lishi bilan o`simliklar bir qadar quruq 
joylarga tarqalishini ta’minlaydigan senogenetik o`zgarishlar ham yuzaga kelgan. 
3. Quruqlikda o`simliklar dunyosining paydo bo`lishi va taraqqiyoti organik 
olamning kelgusi rivojlanishi uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega bo`lgan 
aromorfoz tipidagi o`zgarishlar qatoriga kiradi. 
O`simliklarning quruqlikka o`tishi tufayli atmosferaning ximiyaviy tarkibi 
o`zgargan hamda quruqlikda biomassa to`plana borgan. Oqibatda hayvonot 
dunyosining suvdan quruqlikka o`tib yashash imkoniyati paydo bo`lgan. 
Hayvonlarning suv muhitidan quruqlikda yashashga o`tishi organik olamning 
tarixiy rivojlanishida ro`y bergan yana bir aromorfoz o`zgarishdir. 
4. Toshko`mir davrida hayvonlar evolyutsiyasida vujudga kelgan yana bir 
aromorfoz o`zgarish havo muhitini egallab olgan dastlabki uchar hasharotlar 
formalarining paydo bo`lishidir. Muhit sharoitining o`zgarishi tufayli ular havo 
bilan nafas olishga o`tgan. Tanasidagi segmentlar kamayib, tanasi ko`tara 
oladigan kuchli muskullarga ega juft oyoqlar rivojlangan. 
5. Bu erada aromorfoz tipidagi o`zgarishlar bilan bir qatorda senogenetik 
tipdagi o`zgarishlar ham yuz bergan. Qisqichbaqasimonlar, baliqlar va
amfibiyalarning qurib qolishdan himoyalanmagan tuxumi sudralib yuruvchilarda 
qobiqqa o`ralgan tuxum rivojlanishi bunga yaqqol misoldir. Shunga qaramay,
hayotning dastlabki paydo bo`lishi va rivojlanishi okeanda ro`y berganligini 


113 
ta’kidlab o`tish kerak. Akademik Zenkevich ma’lumotlariga ko`ra, suv muhitida 
hayvonlarning 60 dan ortiq sinfi vujudga kelgan. Hayvonlarning quruqlikka 
chiqishi va tarqalishi tufayli qisqa geologik davr ichida 17 ta sinf vujudga 
kelgan. Bo`g`imoyoqlilarning 4 ta sinfi va umurtqali hayvonlarning 4 ta sinfi 
shular jumlasidandir. 
Paleozoy erasining oxiriga kelib, tog` hosil bo`lish jarayonlari quruqlikning 
yanada kengayishiga, Ural, Tyan-shan, Oltoy tog`lari paydo bo`lishiga, iqlimni esa
yanada quruqlashishiga sabab bo`lgan. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish