Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

5.
 
Ko`p hujayrali organizmlarning kelib chiqishi. 
Paleontologiya dastlabki ko`p hujayrali organizmlar qanday paydo 
bo`lganligini isbotlovchi birorta dalilga ega emas. Shuni e’tiborga olib, olimlar 
biogenetik qonunni diqqat markazda tutgan holda dastlabki ko`p hujayrali 
organizmlarning qanday paydo bo`lganligi muammosini hal etishga urindilar. 
Dastlabki ko`p hujayrali organizmlarning paydo bo`lishiga oid bir qancha 
farazlar mavjud. I. Haji, G. Gekkel, R. Mankester, O. Byuchli, V. Zalenskiy, I. 
Mechnikov va boshqa olimlarning farazlari shular jumlasidandir. Ular orasida 
Mechnikovning fagotsitella farazi ko`proq dikqatga sazovordir. 
Ma’lumki, har qanday ko`p hujayrali hayvon individual rivojlanishini 
urug`langan tuxum, ya’ni zigotadan boshlaydi. Zigota uzunasiga ikki marta 
bo`linishi natijasida to`rtta blastomer hosil bo`ladi. Keyin blastomerlar 
ko`ndalangiga bo`linadi va 8 ta blastomer hosil bo`ladi. Shunday ketma-ket bo`linish 
natijasida murtakning oldin morula, so`ng bir qavatli blastula va ikki qavatli gastrula 
rivojlanadi. Ikki qavatli embrion bosqichning vujudga kelishi invagenatsiya, 
immigratsiya hamda delyaminatsiya usulida amalga oshagan deb faraz qilinadi. 
Aksariyat ko`p hujayrali hayvonlarda gastrula bosqichi 
invagenatsiya 
usulida 
ro`yobga chiqadi. Bunda blastula bosqichidagi murtakning bir qutbidagi hujayralar 
ichkariga botib kirib, e
ntoderma 
qavat hosil qiladi. Botib kirmagan tashqi tomoni esa 
e
ktoderma 
qavatga aylanadi. 
Delyaminatsiya 
usulida esa morula bosqichidagi 
embrion hujayrasining har biri uzunasiga ikkiga bo`linadi. Tashqi hujayralar 
ektoderma, ichki hujayralar entoderma qavat hosil qiladi. 
Birmuncha sodda tuzilgan ko`p hujayralilarda, masalan, kovakichlilar va 
bulutlarda 
immigratsiya 
amalga oshagan deb faraz qilinadi, bunda embrionning 
blastula qavat hujayralarining bir qismi ichkariga botib kiradi, so`ngra ularning 
migratsiyasi tufayli ikkinchi qavat — entoderma hosil bo`ladi. Ichkariga kirgan bu 
hujayralar o`z faoliyatining xarakteriga ko`ra, fagotsitlarga o`xshab ketadi. Ular 
amyobasimon harakat qila oladi. Oziqlanishi ham sodda bo`lib, hujayra ichida 
ro`y beradi. Ikki qavatli gastrulaning ana shu yo`l bilan hosil bo`lishi Mechnikov 
mulohazasiga ko`ra, oddiy usul hisoblanadi. 
Ko`p hujayrali hayvonlar ontogenezining ilk bosqichlarini o`rganish bir 
hujayrali organizmlardan qanday qilib dastlabki ko`p hujayrali organizmlar 
rivojlanishining umumiy yo`lini tasavvur etishga imkon beradi. Taxminlarga ko`ra, 
dastlabki ko`p hujayrali organizmlarning ajdodi xivchinli bir hujayrali organizmlar 
bo`lgan. Buning bir qancha asoslari bor. Avvalo, xivchinlar bir hujayrali 
organizmlarning eng soddalari hisoblanadi. Ular orasida hayvonlarga xos geterotrof 
oziqlanadigan va o`simliklarga o`xshash avtotrof oziqlanadigan formalar bor. Har 
qanday ko`p hujayrali organizm ontogenezini boshlab beradigan hujayraning 
uzunasiga bo`linishi ham faqat xivchinlilarda ro`y beradi. 
Koloniya bo`lib yashaydigan formalarining paydo bo`lishi ko`p hujayralilarning 
tarixiy rivojlanishida dastlabki qadam bo`lib xizmat qilgan bo`lishi mumkin. 
Bo`linish natijasida hosil bo`lgan ayrim hujayralar tarqalib ketmasdan, koloniya 
hosil qilishi ham xivchinlilarga xos xususiyatdir. Xivchinlilar orasida uchraydigan 16 


105 
ta (pandorina) yoki 32 ta (eudorina) hujayradan tashkil topgan koloniya bo`lib 
yashaydigan formalar yuqoridagi fikrning dalilidir. Koloniya bo`lib yashaydigan 
formalarda har bir hujayra mustaqil oziqlanadi va hazm jarayoni hujayra ichida ro`y 
beradi. Lekin volvoksning koloniyasi yuqoridagilarga qaraganda ancha murakkab 
tuzilgan. U bir nechtadan to 60—75 mingtagacha hujayradan tashkil topgan. 
Volvokslarda ko`p hujayrali organizmlarning ba’zi bir xossalari namoyon bo`ladi. 
Koloniyadagi hujayralarning protoplazma iplari bilan bir-biriga bog`lanishi, 
hujayralar 
harakatining 
o`zaro 
moslashganligi, 
hujayralarda 
bir 
qator 
differensiyalanish ro`y berishi, ya’ni somatik va jinsiy hujayralarga ajralish shular 
jumlasidandir. Binobarin, hozirgi vaqtda ham tabiatda tarqalgan sodda 
organizmlarning shunday vakillari borki, ularning tuzilishi ko`p hujayrali 
organizmlar ontogenezining muayyan ilk bosqichlariga to`g`ri keladi. Biogenetik 
qonunga ko`ra, ontogenezda filogenez qisqacha takrorlanadi. Modomiki shunday 
ekan, u holda ko`p hujayrali organizmlarning filogenezida ro`y bergan o`zgarishlar 
ontogenetik rivojlanishida o`z ifodasini topishi kerak (20-rasm). 
Mechnikov mulohazasiga ko`ra, kovakichlilarning ikki qavatli embrioniga 
mos keladigan forma, ya’ni blastula devoridagi hujayralar ayrimlarining ichkariga 
migratsiya qilishi hisobiga endoderma qavat vujudga keltiriladigan forma qadim 
zamonlarda bir hujayralilardan dastlabki ko`p hujayralilarning kelib chiqishini 
isbotlovchi forma bo`lishi mumkin. 
20-rasm
.
 Ko`p hujayrali hayvonlarning kelib chiqishi. Yuqorida — ko`p hujayrali 
hayvon embrioni rivojlanishining bosqichlari: 1- ikkita blastomer hosil bo`lishi: 2 — 
morula; 3-blastula: 4-parenximula; v-gastrula. Pastda-tuzilishi individual rivojlanish-
ning ma’lum bosqichiga to`g`ri keladigan hayvonlar bo`linayotgan evglena; 2- eudo-
rina koloniyasi; 3-volvoks koloniyasi; 4-fagotsitella (ko`p hujayralihayvonlarning gipo-
tetik ajdodi; 5- gidra (F. N.Pravdin bo`yicha). 
Mana shunday gipotetik ajdodni u fagotsitella deb nomlagan. Uning taxminiga 


106 
ko`ra, fagotsitella tashqi hujayralar qatlami xivchinlarga ega, ichki hujayralar 
qatlami, o`sha xivchinlarni yo`qotib, amyobasimon shaklga kirgan dastlabki ko`p 
hujayrali organizm ko`rinishida bo`lgan. 
 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish