99
Akaborining taxminiga ko`ra, dastlabki oqsillar sintezi uchun tayyor
aminokislotalar bo`lishi shart emas. U laboratoriya sharoitida formaldegid, ammiak
va vodorod sianid aralashmasidan oldoqsil moddalar vujudga kelishi mumkinligini
aniqladi.
Nuklein kislotalarning abiogen yo`l bilan paydo bo`lishi mumkinligini
isbotlashda nemis bioximigi Shramm o`tkazgan tajribalar diqqatga sazovordir.
U 2 ta elektrodli kavsharlangan kolba ichiga shakar, azotli asoslar hamda fosfat
kislota
tuzlari eritmasini solib, uni 80° gacha isitgan va undan elektr zaryad
o`tkazgan. Bu eritmalar aralashmasi bir necha kundan keyin tekshirilganda, ularda
DNK va RNK tipidagi moddalar, ya’ni nukleotidlar borligi ma’lum bo`lgan. Old
biologik sintez uchun zarur energiya elektr uchqunlari, ultrabinafsha nurlar va
radioaktiv moddalarning parchalanishidan olingan.
Dj. Bernal oldbiologik birikmalarning konsentratsiyalanishi
suvda emas, balki
keng tarqalgan minerallarning yuza qismida ro`y bergan, degan edi. Bu fikrni
Isroil institutida ishlayotgan Aron Kachalskiy ham tajriba asosida isbotlab bergan.
Oldbiologik moddalarning konsentratsiyalanishi va polimerlanishi muzlash va isitilib
kurishi tufayli amalga oshgan bo`lishi mumkin, chunki Miller va Orgeli
eritmalarning konsentratsiyasi ulardagi suv muzlatganda ortishi mumkin, deydilar.
Foks esa quritilgan aminokislotalar aralashmasini 130°
isitganda, ularda
polimerlanish ro`y berganligini va proteinoidlar hosil bo`lganligini tajribada
isbotlagan. Shunga asoslanib, u dastlabki okeanda sintezlangan aminokislotalar
vulqon kukunlari bilan aralashib turishi
va polimerlanishi mumkin, so`ng
polimerlanish mahsuloti bo`lgan proteinoidlar yana suvda yuvilib, okeandagi boshqa
oldbiologik moddalar bilan reaksiyaga kirishgan bo`lishi kerak, deb taxmin qilgan.
Oldbiologik sistemalar, ehtimol, nisbatan bir butun agregat bo`lib, dastlabki
oziq bulyonidan farq qilgan bir xil organik moddalar eritmasidan ajralib chiqqan
bo`lishi mumkin. Chamasi koatservat tomchilar ham shu usul bilan paydo bo`lgandir.
Koatservat tomchilarning rivojlanishi dastlabki okeanda oqsilga o`xshash va yuqori
molekulali boshqa organik molekulalarning hosil bo`lishi natijasidir.
Qayd qilingan
jarayon alohida sharoitni talab qilmaydi va u yuqori molekulali organik
birikmalarning eng qulay usuli hisoblanadi.
Oparin koatservat tomchilar o`z navbatida 4 bosqichda hosil bo`lgan deydi.
1-bosqichda eritma o`z konsentratsiyasi bilan atrofdagi eritmada farqlanib ajralgan.
______________________________________________________________________
Okeandagi temir va shunga o`xshashi chiqindilar (g) olingandan keyin sof kislorod
hozirgi darajagacha ko`paygan. Muhit sharoitida ro`y bergan bunday o`zgarish biologik
evolyutsiyaga ta’sir etmay qolmagai. Kislorodli muhitda anaerob organizmlar o`z o`rnini
fotosintezlovchi sianobakteriyalarga bo`shatib bergan. Shunga o`xshash azotfiksatsiya-
lovchi organizmlar ham aerob hayot sharoitiga moslashdi yoki himoya geterotsistalari
hosil qilgan. Atmosferada to`plangan kislorod azon (O
3
) qavatni hosil qilib, o`z
navbatida hayot uchun o`ta xavfli bo`lgan ultrabinafsha nurlarning ko`p qismini yerga
o`tkazmagan. Atmosferada kislorod ko`payishi tufayli faqat kislorodli muhitda
yashaydigan emas, balki u bilan nafas oladigan rivojlangan. Oqibatda metabolizm
samaradorligi oshgan. Nihoyat, 1450 mln yil ilgari eukariot (E) hujayralar rivojlanib,
ular to`liq aerob muhit sharoitga moslashgan. Eukariotlarda jinsiy ko`payishning
rivojlanishi ular xilma-xilligining ortishiga olib kelgan.
100
2-bosqichda koatservat tomchilar hajm jihatdan ortib, «o`sa» boshlagan. 3-
bosqichda koatservat tomchilar ham turg`un, ham dinamik holatga o`tgan, ya’ni
tevarak-atrofdagi eritmadan turli moddalarni yutib olib, kattalashgan va reaksiya
mahsulotlarini atrofdagi muhitga chiqargan va nihoyat, 4-bosqichda ular o`rtasida
«tabiiy tanlanish»ga o`xshash jarayon borgan.
Ular orasida sintezlanish va parchalanish reaksiyalari mutanosib hamda davriy
ravishda bo`lgan. Bu jarayonlarda ma’lum moddalarni
regeneratsiya qilib turgan
koatservat tomchilar yashab qolgan. Koatservat tomchilarining diametri 1—500
mkm gacha bo`lgan. Ularning ko`pchiligi tashqi muhitdan qalin qavat, go`yo
membrana bilan alohidalashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: