97
bo`linadi. Birinchi bosqich haqiqatan ham yerning tarixiy rivojlanishida ro`y
berganligini radioastronomiya yutuqlari asosida bilvosita isbotlash mumkin. Keyingi
yillarda olingan ma’lumotlarga ko`ra, yulduzlar olamida uglerodning xilma-xil
birikmalari va formaldegid, sian va uning mahsulotlari ko`plab uchraydi. Bu
ma’lumotlarning o`zi organik moddalar abiogen yo`l bilan vujudga kelishi
mumkinligini va bu jarayon faqat hayot paydo bo`lguncha emas, hatto yer va boshqa
sayyoralar shakllanguncha ham ro`y berganligini isbotlaydi. Shu nuqtai nazardan
olganda, Oy, kometa, ayniqsa, meteoritlarni o`rganish diqqatga sazovordir.
Ularda
uchraydigan uglerod birikmalarini tadqiq etish, qadimgi davrlarda kimyoviy
evolyutsiya qanday yo`nalishda borganligini aniqlashga yordam beradi. Kosmik
kemalar va stansiyalar yordamida yerga olib kelingan Oydagi jismlar
namunasini o`rganish, ularda oz miqdorda organik moddalar borligidan dalolat
berdi.
Organik moddalar, ayniqsa, ko`mirsimon xondritlar nomini olgan
meteoritlar xilma-xil organik birikmalarga, jumladan, aminokislotalarga va hayot
uchun
zarur
bo`lgan
boshqa
moddalarga
boy.
1968—1969
yillarda
radiospektroskopiya yordamida yulduzlar orasida organik moddalardan formaldegid
va ammiak borligi aniqlandi. Umuman olganda hozirgi vaqtda Galaktikada ammiak,
suv, formaldegid mavjudligi uzil-kesil hal etilgan. Axir Quyosh sathidagi
temperatura 6000° ekanligi va koinotda hayot
uchun xavfli ultrabinafsha, rentgen
nurlar, elektr zaryadlari ko`pligi e’tiborga olinsa, qayd qilingan organik moddalar
abiogen yo`l bilan vujudga kelganligiga shubha qilmasa ham bo`ladi (19-rasm).
Organik moddalarning abiogen usulda paydo bo`lishi faqat nazariy jihatdan
emas, balki amalda ham isbotlandi. Masalan, Amerikalik olim Miller dastlabki yer
atmosferasida ko`proq uchragan deb taxmin qilingan ammiak, metan, vodorod va
suv bug`ini shisha
kolba ichiga joylashtirib, undagi temperaturani 80˚ ga yetkazib,
apparatning kengroq qismi devorlariga kavsharlangan elektrodlar orqali elektr
zaryadlari berilsa, kolbadagi suyuqlikning rangi o`zgarib, aminokislotalar va
boshqa organik moddalar hosil bo`lganligini aniqlagan.
Olimlardan Pavlovskaya va Pasinskiylar yuqoridagi gazlar aralashmasidagi
vodorod o`rniga uglerod oksidni qo`shdilar va ularga ultrabinafsha nurlar ta’sir
ettirib, aminokislotalar olishga muvaffaq bo`ldilar. Eybelson metan, ammiak,
vodorod, suv bug`i, uglerod oksidi,
karbonat angidrid, azotdan iborat gazlar
aralashmasidan aminokislotalar hosil bo`lishini isbotladi. Doze va Raevskiy bunday
dastlabki gazlar aralashmasiga rentgen nurlari ta’sir ettirish orqali har xil
aminokislotalar olish mumkinligini ko`rsatdilar.
Yer sayyorasi tarkibida qadimgi zamonda uglerodlarning metallar bilan
birikishidan hosil bo`lgan karbidlar ko`plab uchraydi. Aftidan, yerning markaziy
o`zagi temir, nikel va kobaltning uglerod bilan qo`shilishidan hosil bo`lgan
karbidlardan iborat bo`lsa kerak. Ehtimol, bunday karbidlar yerning rivojlanishi
tarixining ma’lum davrlarida yuza joylashgandir. D. I.
Mendeleev karbidlar suv
bilan birikishi natijasida uglevodorodlar hosil bo`lishini ko`rsatib o`tgan edi.
Shunday qilib, hayot paydo bo`lishidagi birinchi bosqich turli moddalarning
kimyoviy evolyutsiyasi natijasida oddiy molekulalardan iborat organik moddalar
paydo bo`lishi bilan izohlanadi. «Mayda organik molekulalar paydo bo`lib,
rivojlangandan so`ng, keyingi har xil xossa va tuzilishga ega polimer birikmalarni
hosil etish bilan bog`liq muhim ikkinchi bosqich boshlanadi. Yaponiya olimi