Genetika va evolyutsion


Hayot va uning paydo bo`lishi to`g`risidagi farazlar



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

 
2.Hayot va uning paydo bo`lishi to`g`risidagi farazlar. 
Hayotning paydo bo`lishi to`g`risida turlicha farazlar bor. Ular:
1.Hayot ilohiy kuch ishtirokida yaratilganligi haqdagi kreatsionizm. 
2.Hayotni o`lik tabiatdan birdaniga paydo bo`lganligi haqida; 
3.Hayotning abadiyligi to`g`risidagi; 
4.Yerdagi hayotning o`zga sayyoralardan kelganligi haqida; 
5.Hayotning bioximiyaviy evolyutsiya natijasi ekanligi to`g`risidagi nazariyalar;
Hayot paydo bo`lishi muammosi fan va texnikaning rivojlanishiga qarab turli 
davrlarda turlicha hal etilgan. Qadimgi zamonda va o`rta asrlarda baliqlar va 
baqalar daryo balchig`idan, qurtlar buzilgan go`shtdan, kapalak qurtlari, 
qo`ng`izlar tuproqdan paydo bo`ladi, degan fikrni quvvatladilar. XVI asrda 
yashagan biolog vrach Van Gelmont sichqonlar dondan, vrach Paratsels baliqlar va 
sichqonlar sasigan suvdan paydo bo`ladi, degan fikrni targ`ib qildilar. Paratsels hatto 
kichkina tirik odam — gomenkulisni laboratoriyada tayyorlash retseptini ham 
tuzgan. 
XVII asrda yashagan Italiya olimi Franchesko Redi hayotning o`z-o`zidan 
paydo bo`lishi to`g`risidagi bunday tasavvurlar noto`g`riligini birinchi bo`lib tajribada 
isbotladi. U o`z tajribalarida shisha idishlarga bir parchadan go`sht solib, ba’zi 
idishlarning ustini doka bilan yopib, ba’zilarini ochiq holda qoldirdi. Ochiq holdagi 
idishlardagi go`shtlarga pashsha qo`ngani uchun tez orada ularda qurt paydo bo`ldi 
va rivojlandi. Yopiq
shisha idishlardagi go`sht sasib chirisa ham, ularda hech 
qanday qurt rivojlanmadi. Redi o`z tajribalariga asoslanib, hasharotlar chiriyotgan 
go`shtdan emas, balki urg`ochi pashshalar qo`ygan tuxumdan rivojlanishini 
ta’kidladi. 
Mikroskop kashf etilishi va qo`llanilishi tufayli XVIII asrga kelib
mikroorganizmlar olami ma’lum bo`la boshladi. Natijada hayot o`z-o`zidan paydo 
bo`lishi to`g`risidagi fikrni ba’zi olimlar eksperimental yo`l bilan isbot qilmoqchi 
bo`ldilar. Jumladan, angliyalik Nidgem 1745 yili pichan ivitilgan suvda o`z-o`zidan 
mayda infuzoriyalar paydo bo`lishini tajribada isbotlashga urinib ko`rdi. 
Hayotning o`z-o`zidan paydo bo`lish g`oyasi Fransiya olimi Byuffon tomonidan ham 
quvvatlandi. 
Fransiya 
mikrobiologi 
Lui 
Paster 
tajribalar 
o`tkazib, 
yirik 
organizmlargina emas, hatto eng mayda organizmlar ham o`lik tabiatdan o`z-
o`zidan paydo bo`lmasligini isbotlab berdi. Paster tajribasining yakunlari e’lon 
qilingandan so`ng yerdagi hayot mangu deb da’vo qiluvchi farazlar maydonga keldi. 
Mazkur farazga yerda hayot paydo bo`lmagan u abadiydir. Bu faraz tarafdorlarga 


96 
paleontologik dalillarni to`lig`icha inkor qiladilar. Ular bo`r davrida yashagan 
latimeriya balig`ini hozirgi davrda ham yashayotganligi rukoch qilib tabiatda o`simlik 
va hayvon turlari yangidan paydo bo`lmaydi, ular o`zgarmas, degan g`oyani ilgari 
surib, uning asosida hayotning abadiyligini isbotlashga urinadilar.Yerdagi hayot 
boshqa sayyoralardan kelganligi to`g`risida va panspermiya farazlarini birinchi marta 
1865 yili nemis vrachi Rixter ilgari surdi. Keyinchalik mazkur farazni olimlardan 
Tomson va Gelmgolts quvvatladilar. Kosmozoylar farazga ko`ra, koinotda hayot 
mangu bo`lib, uning zarrachalari bir sayyoradan ikkinchi sayyoraga ko`chib yuradi. 
Bu zarrachalarning ko`chib yurishida meteoritlar asosiy o`rin egalaydi. Mikroskopik 
ko`rinishdagi bu hayot zarrachalari meteoritlarga yopishib, ular orqali yerga tushgan 
va hayotning rivojlanishiga sababchi bo`lgan. 
Panspermiya farazi 1907 yili shved olimi Arrenius tomonidan ilgari surildi. Bu 
farazi xuddi kosmozoylar faraz singari hayotning manguligini e’tirof etgan. Bu ikki 
faraz mazmunan bir xil bo`lib, asosiy farqi hayot zarrachalari yerga turli yo`llar 
bilan etib kelganligi haqida, xolos. Arrenius mulohazasicha hayot kurtaklari 
meteoritlar ishtirokida tarqalmaydi, chunki meteoritlar atmosferaga ishqalanishi 
natijasida juda qizib ketadi. Oqibatda hayot kurtaklari nobud bo`ladi. Shunga ko`ra, 
panspermiya faraziga muvofiq, hayot kurtaklari quyoshdan ajralgan yorug`lik 
nurlarining bosimi ta’sirida yerga tarqalgan.

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish