93
III BO`LIM
HOZIRGI ZAMON EVOLYUTSION NAZARIYANING MUAMMOLARI
VIII
bob
. HAYOTNING MOHIYATI HAQIDAGI TASAVVURLARNING
RIVOJLANISHI.
Tayanch tushunchalar va bilimlar
:
Hayot ta’rifi. Hayotning paydo bo`lishi
to`g`risidagi farazlar. Yerda hayotning paydo bo`lishi haqidagi biokimyoviy
nazariya. Uni tasdiqlovchi tajribalar. Bir hujayrali organizmlar kelib chiqishi.
1.
Hayot tushunchasining ta’rifi va uning tahlili.
Hayot va uning paydo bo`lishi eng dolzarb, shu bilan birga eng qiyin
muammolardan biridir. Bu muammolarni ijobiy hal qilish uchun, avvalo, hayot
o`zi nima? degan masalani hal etishi zarur.
F.Engels birinchi marta hayot muammosiga ilmiy tomondan yondashgan. U
XIX asrning ikkinchi yarmida tabiiyot fanlarida to`plangan yutuqlarni
e’tiborga olib, o`zining «Tabiat dialektikasi» hamda «Anti-Dyuring» degan
asarlarida hayotning mohiyati va paydo bo`lishi haqida o`z
fikrlarini bayon
etgan. Engelsning qayd qilishicha, hayot tirik materiya harakatining alohida
formasidir. Tirik materiyaning sifat jihatdan o`ziga xosligi shundan iboratki, u
oqsillardan tuzilgan bo`lib, atrofni o`rab olgan tabiat bilan moddalar
almashinuvi orqali doim munosabatda bo`lib turadi. Qayd qilinganlarni e’tiborga
olib, «Tabiat dialektikasi» asarida Engels hayotga quyidagicha ta’rif bergan:
«Hayot-oqsil jismlarning yashash usulidir, ularni qurshagan tashqi tabiat bilan
bo`ladigan to`xtovsiz moddalar almashinuvi bu usulning muhim momentidir, zero
mazkur almashinuv to`xtashi bilan hayot ham to`xtaydi, bu esa oqsilning
buzilishiga olib keladi». Hayotga berilgan ikkinchi ta’rifda tirik tabiatning
o`zini-o`zi yangilash jarayoniga e’tibor berilgan. «Hayot — oqsil jismlarning
yashash usulidir. Bu yashash usuli esa o`z mohiyati bilan mazkur jismlarning
ximiyaviy tarkibiy qismlarining doimo o`zini-o`zi yangi lab turishidan iborat».
Engels hayotga bergan ta’rifning uch tomonini ta’kidlab o`tish kerak. Bular,
birinchidan, o`lik
tabiatdan farq qilib, hayot oqsil jismlar bilan uzviy bog`liq;
ikkinchidan, hayot doimiy sodir bo`ladigan moddalar almashinuvi jarayoni,
o`zini-o`zi yangi lash jarayoni va nihoyat, uchinchidan, hayot oqsil jismlar tashqi
muhit bilan doimo aloqada ekanligidadir. Aks holda moddalar almashinuvi
to`xtab, oqsillar parchalanishi yuz beradi. Bu ta’rif XIX asrning ikkinchi
yarmida berilgan edi. O’tgan davr moboynida biologiya fani yanada rivojlandi.
Oqibatda hayot muammosi turli sohada ishlayotgan olimlar diqqat-e’tiborini o`ziga
torta boshladi. Hayot va uning paydo bo`lishi to`g`risida fizik Dj. Bernal, bioximik
G. Steynman, ximik M. Kalvin, geolog M. Rutten hamda organik ximiya sohasida
ishlayotgan M. Foks va K. Dozelarning asarlari bosilib chiqqanligi va bu masalaga
bag`ishlab 1957 yili Moskvada, 1963 yili Uakulla — Springs (Florida shtati) da va
1973 yili Ponta-Musson (Fransiya) da xalqaro kongresslar chaqirilganligi yuqoridagi
fikrni yana bir bor tasdiqlaydi. Fan sohasida olingan keyingi ma’lumotlarga ko`ra,
hujayrada oqsil o`z-o`zidan paydo bo`lmasligi,
aksincha, uning sintezlanishi DNK
molekulasiga bog`liq ekanligi ma’lum bo`ldi.
Organizmlarni anabioz holatda o`rganish, shuningdek, noqulay sharoitda
94
(quritilgan organizmlarni —80°, —190°, —253°, —269˚ da saqlash va qulay sharoit-
da xatti-harakatini kuzatish) organizm, organ, hujayralarda hayotiy jarayonlar
vaqtincha to`xtaganda ham tirik organizmlar o`zining spetsifik xususiyatlarini
saqlab qolishi va namoyon etishi mumkinligini ko`rsatdi. Fan sohasida olingan
bunday ma’lumotlar zaminida Engelsning hayotga bergan ta’rifi munozaraga
sababchi bo`ldi. Bir qator biologlar Engelsning hayotga bergan ta’rifi yangi fan
dalillari zaminida ham o`z
kuchini saqlab qoladi, ammo bunda «oqsil jismlar»
degan iborani hozirgi zamon mazmunida tushunish lozim, deb uqtiradilar. Ikkinchi
guruh olimlar, xususan, matematiklar, bioximiklar, genetiklar Engelsning hayot
haqidagi fikrlari hozirgi fan yutuqlariga mos kelmaydi, shunga ko`ra, hayotga
tamomila yangicha ta’rif berish kerak, degan fikrni ilgari surdilar. Masalan, A.K.
Kolmogorov mulohazasiga ko`ra, hayotga ta’rif berganda barcha individlar uchun
xos bo`lgan axborotni to`plash va qayta ishlash mexanizmi asos qilib olinishi kerak.
Amerika olimi M. Kalvinning hayotning spetsifik xossasi to`g`risidagi
fikri ham
mazmun jihatdan shunga yaqin keladi. Uning mulohazasiga ko`ra, tirik organizm:
1) energiya tashish va o`zgartirish; 2) axborotni yig’ish
va tashish xossasiga ega
molekulyar agregatdan iborat.
Genetik olim N.P. Dubinin «yerdagi hayot ko`rinishini tarix axboroti va
o`zini-o`zi vujudga keltirishga ega ochiq sistemadagi DNK, RNK va oqsilning
o`zaro ta’siri deb xarakterlasa bo`ladi», degan edi. Yana bir guruh faylasuflar
Engelsning hayotga bergan ta’rifi umuman to`g`ri, lekin unga zamon taqozosi bilan
ba’zi bir o`zgartirishlar kiritish kerak, deb uqtiradilar. Masalan, Kedrov fikricha,
hayot ta’rifida materiya yashashi usulining spetsifik xossalarigina emas, balki
shu
bilan birgalikda, harakat formasining spetsifik xossalari ham e’tiborga olinishi
kerak.
A. S. Mamzin tomonidan hayotga berilgan ta’rif Kedrov fikrlariga mazmunan
yaqin . Uning qayd qilishicha, «...dastlabki formadagi hayot tarkibida doimiy
elementlar sifatida oqsil tipidagi birikmalar, nuklein kislotalar va fosfor-organik
birikmalar saqlaydigan, atrof-muhit bilan o`zaro ta’sir jarayonida moddalar,
energiya va axborotning to`planishi hamda o`zgarishi asosida, o`z-o`zidan
boshqarilish va rivojlanish xossalariga ega bo`lgan ochiq kolloid sistemalarning
yashash formasidan iborat» deb ta’riflash mumkin. Hayotga berilgan ta’riflarning
hammasida uning ochiq sistema ekanligi eslatib o`tiladi.
Ochiq sistema tushunchasi
biologiyaga fizikadan o`tgan. Tirik organizmlarga nisbatan ochiq sistema deganda,
har bir tirik mavjudot tashqaridan oziq shaklida energiya va materiya turini
o`zlashtirishi hamda hayot faoliyati tufayli vujudga kelgan tashlandiqlarni atrofdagi
muhitga chiqarib turishi, shundagina u normal hayot kechira olishi tushuniladi.
Shuning uchun ham ochiq sistema tushunchasi ba’zi bir olimlar tomonidan berilgan
hayot ta’rifiga kiritilgan. Masalan, V.V. Volkenshteyn hayotga shunday ta’rif
bergan: «yerda mavjud bo`lgan tirik jismlar biopolimerlardan, ya’ni oqsillar bilan
nuklein kislotalardan tuzilgan, o`zini-o`zi boshqaradigan va o`zini-o`zi ishlab
chiqaradigan ochiq sistemalardir».
Nemis olimi F. Vyoler laboratoriya sharoitida kaliy sianid bilan ammoniy
sulfatni
qizdirib, organik modda — mochevina olishga muvaffaq bo`ldi. Bu bilan
organizmdan tashqari holatda anorganik moddalardan organik moddalar hosil qilish
mumkinligini amalda isbotladi. Vyoler tajribasidan keyin 180 yil mobaynida turli
95
mamlakat olimlari organik moddalarning yanada murakkab tuzilishga ega
bo`lgan uglevodlar, aminokislotalar va oddiy oqsil birikmalarini sintez qildilar.
Chunonchi, 1954 yilda Kembrij universitetining xodimi F. Zinger o`z shogirdlari
bilan birgalikda insulin oqsilidagi aminokislotalarning joylashish tartibini
aniqladi hamda uni sintez qildi. Olimlardan Muru va Steynu ribonukleaza
oqsili strukturasini aniqlab, so`ng uni sintez qilishga erishdi.
Keyinchalik hind
olimi Korana va boshqalar ham oqsil molekulasining laboratoriyada sintez
qilish mumkinligini aniqladilar. Hozirgi vaqtda laboratoriyalarda sintez qilib
olinadigan organik moddalarning umumiy soni yuz mingdan oshib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: