103
mitoxondriyalarda DNK borligi va ular mustaqil ravishda bo`linish yo`li bilan
ko`payishi mazkur faraz uchun asos hisoblanadi. Margulis qayd etishicha,
eukariot hujayraning kelib chiqishi bir necha bosqichdan iborat bo`lgan. Dastlab
amyobasimon prokariot ichiga mayda aerob bakteriyalar kirib, simbiotik
usulda
hayot kechirgan. Keyinchalik ular o`z mustaqilligini yo`qotib, mitoxondriyalarga
aylangan. Ikkinchi bosqichda simbiotik prokariot hujayra ichiga spiroxetasimon
bakteriya joylashib, ular ham oldin simbiotik usulda yashab, keyin o`z mustaqilligini
yo`qotib, kinetosomalar, sentrosoma va xivchinlilarga aylangan. Shundan so`ng
sitoplazmada diffuziya holatida joylashgan DNKning membrana bilan o`ralib,
alohidalanishi natijasida, dastlabki eukariot hujayralar hosil bo`lgan. Ularning
evolyutsion taraqqiyoti tufayli zamburug`lar bilan hayvonlarning
kelib chiqishiga
sabab bo`lgan.
Yuqorida qayd qilingan tuzilishga ega eukariot hujayralar rivojlanishining
uchinchi bosqichida ular ichiga sianobakteriya joylashib, oldin simbiotik usulda
yashagan, so`ngra ular ham o`z mustaqilligini yo`qotib, plastidalarga aylanishi tufayli
dastlabki eukariot o`simlik hujayralari paydo bo`lgan. Ular barcha o`simliklarning
rivoji uchun asos bo`lgan. Olimlarning qayd qilishicha, bioximiyaviy jarayonlarning
borishi bo`yicha sianobakteriyalar anaerob va aerob organizmlar
orasida joylashgan.
Dastlabki eukariot hujayralilar taxminan 25000—24000 mln yil ilgari paydo bo`lgan.
Bu davrga kelib, atmosferada kislorod ko`p bo`lganligi va eukariotlar o`z
tabiatiga
ko`ra aerob ekanligi sababli ular muhitga tez moslashgan. Eukariot hujayralarning
turli-tuman xillari 1 mlrd yil ilgari paydo bo`lib, ularning ba’zi bir xillarida jinsiy
urchish kuzatilgan.
a) dastlabki tirik hujayralar mayda yumaloq anaerob holatda bo`lgan va
abiogen yo`l bilan hosil bo`lgan organik moddalarni bijg`itish tufayli ajralgan
energiya hisobiga yashagan;
b) tayyor oziqaning kamayishi natijasida ulardan fotosintez qiluvchi
organizmlar hosil bo`lgan. Lekin ularda fotosintez anaerob usulida ro`y bergan.
Atmosferadan yerga tushgan ultrabinafsha nurlar ammiakni parchalab,
atmosferada azotning ko`p yig`ilishiga sabab bo`lgan;
v) bundan taxminan 2 mlrd yil ilgari
aerob fotosintez qiluvchi
prokariotlarning — hozirgi sianobakteriyalarning ajdodlari paydo bo`lgan. Bu
mikroorganizmlar stromatolitlarni hosil qilib, kislorod ajratgan, lekin 100 mln yil
davomida kislorod okeandagi temir bilan reaksiyaga kirishib, atmosferada
to`planmagan;
g) okeandan temir va shu singari metallar ajralganidan so`ng, atmosferada
kislorod to`planib, hozirgi darajaga etgan. Bu biologik evolyutsiyaga o`z ta’sirini
ko`rsatgan. Anaerob organizmlar kislorodsiz joylarga ko`chib,
fotosintez uchun
qulay, joylarni sianobakteriyalar egallagan. Shu usulda azotni fiksatsiya qiluvchi
organizmlar ham anaerob hayot sharoitiga ko`chgan yoki geterotsista hosil qilib
himoyalangan. Atmosfera ozoni (O
3
qavat) hayot uchun xavfli ultrabinafsha
nurlarning ko`pchiligini yerning toza qismlariga o`tkazmagan;
d) atmosferada kislorod ko`payishi tufayli va u bilan nafas oluvchi hujayralar
rivojlanishi natijasida ularda moddalar almashinuvi samaradorligi yuqori bo`lgan.
Nihoyat, 1450 mln yil ilgari dastlabki eukariot hujayrali formalar rivojlanib,
ular to`lig`icha aerob muhitda yashashga moslashgan. Mazkur organizmlarda jinsiy