Gender tenglik masalalari


Ijtimoiy-madaniy zo‘rlashning



Download 287,5 Kb.
bet9/13
Sana31.12.2021
Hajmi287,5 Kb.
#251542
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Insho 11

Ijtimoiy-madaniy zo‘rlashning ham turli shakllari bor: etnik kelib chiqishiga ko‘ra oilada kamsitish (boshqa etnik guruhga, millatga, hududga tegishligi asosida kamsitish), e’tiqodiga ko‘ra kamsitish, asosiy reproduktiv huquqlarning buzilishi (erta nikohlar, turmush o‘rtog‘ini tanlashda erksizlik, ayolga qachon qancha va qanday jinsdagi bola tug‘ishi lozimligini uqtirish va hokazo).

Iqtisodiy zo‘rlashga iqtisodiy qaramlikdan foydalanishni kiritish mumkin: ishga kirishga ruxsat bermaslik, vaqtini va harakatlarini to‘liq nazorat qilish, moliyaviy yordamdan mahrum etish yoki mahrum etish bilan qo‘rqitish.

Uydagi zo‘ravonlik muammolariga xususidagi asosiy uydirmalar va dalillar. Uydagi zo‘ravonlik muammolari to‘g‘risidagi mulohazalardagi yanglish fikrlardan biri zo‘ravonlikdan aziyat chekkanlarni bunday zo‘ravonlikni keltirib chiqarishda ayblashdan iboratdir. Afsuski, jabrlanganlarga nisbatan bunday munosabat tez-tez uchrab turadi. Turmushdagi zo‘ravonlik qurbonlarini ortiq darajada jabrdiyda qilib ko‘rsatish barchaning ongidagi uydirmalar va stereotiplarning butun bir tizimi doirasida aylanadi, bularning ko‘pi g‘oyat barqaror bo‘lib, aksariyat hollarda odamlarga bolaligidan singdiriladi, lekin ular hech qanday oqilona fikrga asoslanmagan. Stereotiplashtirilgan afsonalar zo‘ravonlikning ko‘p hollari ayollarga nisbatan amalga oshirilishi faktini aks ettiradi. Biroq bunday uydirmalarning bo‘lishi xotin-qizlar hamma vaqt ham zo‘ravonlikning so‘zsiz qurbonlari rolida bo‘lishlarining isboti emas. Oiladagi zo‘ravonlik muammosi to‘g‘risidagi mavjud stereotiplar va uydirmalar zo‘ravonlikka duch keladigan ayollar elkasiga qo‘shimcha yuk bo‘lib tushadi. Bularning hammasi - ana shu xotin- qizlarning normal hayot kechirishlari yo‘liga qo‘yilgan to‘siqlardir.

Uydagi zo‘ravonlik - zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar, hayotning tobora tezlashib borayotgan sur’ati va yangi stresslar natijasida kelib chiqayotgan yangi hodisadir.

Oiladagi zo‘ravonlik, bugungi kunda ham keng tarqalgan holat. Ko‘pgina mamlakatlardagi xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga ixtisoslashgan huquqshunoslar va advokatlarning fikricha, uydagi zo‘ravonlik ular haqidagi ma’lumotlar kamdan-kam hollarda huquq-tartibot organlariga etib boradigan jinoyatlar orasida birinchi o‘rinlardan birini egallaydi.

Zo‘ravonlikka uchraydigan xotin-qizlar odatda quyidagi umumiy xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin:

  • o‘ziga past baho beradi;

  • zo‘ravonlik to‘g‘risidagi barcha uydirmalarga ishonadi;

  • oila, ayolning oiladagi va jamiyatdagi roli haqidagi juda an’anaviy qarashlarga, “ayol taqdiriga” qattiq ishonadi;

  • zo‘ravonning xatti-harakati uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi;

  • aybdorlik tuyg‘usidan azob chekadi va zo‘ravonga nisbatan bo‘lgan g‘azab tuyg‘usini inkor etadi;

  • stresslarni og‘ir boshidan kechiradi va psixofiziologik shikoyatlari bor;

  • jinsiy munosabatlar umumiy munosabatlarni tartibga solishi mumkinligiga ishonadi;

  • biror kishi ularga oiladagi zo‘ravonlik muammosini hal etishda yordam berishiga ishonmaydi.

O‘z xotini yoki do‘stiga zo‘ravonlik qiladigan erkaklarning ham o‘ziga xos umumiy xususiyatlari bor:

  • o‘ziga past baho berish;

  • zo‘ravonlik munosabatlari to‘g‘risidagi uydirmalarga ishonish; erkakning oiladagi va jamiyatdagi etakchilik roli to‘g‘risidagi an’anaviy qarashlarga qo‘shilish;

  • o‘zlari sodir qilayotgan xatti-harakatlarda boshqalarni ayblaydi; nihoyatda rashkchi; ikki yuzlama odamlar;

  • o‘zlarining tajovuzkorona xatti-harakati og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini anglamaydi;

  • o‘z qadrini oshirish maqsadida jinsiy munosabatlarda tez-tez tajovuzkorlik sodir qiladilar.


Uydagi zo‘ravonlik - jiddiy va O‘zbekistonda keng tarqalgan. Mazkur muammo bo‘yicha rasmiy statistika ma’lumotlari bo‘lmasa-da, “Barkamollik” markazi psixolog- mutaxassislari 2001 yilda O‘zbekistonning 13 ta shahrida 3000 ayol o‘rtasida o‘tkazgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, so‘ralganlarning 100 foizi zo‘ravonlikni o‘z boshidan kechirgan. Anketa tahlili yana shuni ko‘rsatdiki, eng keng tarqalgan zo‘ravonlik psixologik zo‘ravonlik - 85%, jismoniy zo‘ravonlik - 36%, iqtisodiy zo‘ravonlik - 24% ni tashkil etadi.

Bugungi kunda oilalarda ajralish hollari, uydagi zo‘ravonlik hollari, nizolar ko‘payib ketdi. Ilgarigidek, zamonaviy oilalarda munosabatlar tengsizlik tamoyiliga, oilaning bir a’zosi boshqasidan ustunligiga asoslanmoqda. Bolalar ana shunday muhitda voyaga etib tarbiyalanmoqdalar, ular kelgusida o‘z oilalarida ota-onalari uyida ko‘rgan va o‘zlashtirgan oilaviy-turmushdagi ahloq modelini va namunasini takrorlaydilar.

Gender zo‘ravonlikning oldini olish sohasida ishlovchi asosiy xalqaro tashkilotlar va institutlar:

  • BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi;

  • BMTning qochoqlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi;

  • BMTning xotin-qizlar rivojlanish jamg‘armasi;

  • Xalqaro mehnat tashkiloti;

  • BMTning aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasi;

  • BMTning bolalar jamg‘armasi;

  • Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti;

  • Jahon banki va boshqalar;

  • BMT qo‘mitalari (CEDAW, inson huquqlari bo‘yicha) va Maxsus ma’ruzachilar (CEDAW, inson huquqlari, zo‘ravonlik bo‘yicha).



Download 287,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish