Gender tenglik masalalari


Zo‘ravonlikning turlari va shakllari



Download 287,5 Kb.
bet2/13
Sana31.12.2021
Hajmi287,5 Kb.
#251542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Insho 11

Zo‘ravonlikning turlari va shakllari.

Gender zo‘ravonlik.
Zo‘ravonlik degani nima? Bu turlicha izohlanishi mumkin bo‘lgan keng sig‘imli tushuncha hisoblanadi. Qonun chiqaruvchilar tomonidan qo‘llaniladigan atamalar va tushunchalar ko‘pincha aniq, konkret va bir ma’noli bo‘lmaydi. SHu tufayli zo‘ravonlikning huquqiy qo‘llanilish sohasi istalgancha keng ma’noda, ya’ni ixtiyoriy ravishda sharhlanishi mumkin. Asosiy so‘zlarga ahamiyat beraylik. “Zo‘ravonlik” atamasi odamlarning bir-biriga nisbatan cheksiz ta’sirlari, xususan, jismoniy ta’sirdan (tarsaki urishdan to qotillikkacha) ruhiy ta’sirga (buyruqdan to gipnozgacha) nisbatan qo‘llaniladi. Zo‘ravonlik va shafqatsizlik to‘g‘risidagi tasavvur tarixiy nuqtai nazardan ham nihoyatda o‘zgaruvchandir. Masalan, 60- yillarda “zo‘ravonlik shaxsni urish, kaltaklash va unga jismoniy kuch ishlatish orqali boshqa ta’sirlar ko‘rsatish bilan bog‘liq jinoyat”7 deb talqin qilingan. Sovet ensiklopedik lug‘atda zo‘ravonlik sinflar o‘zaro munosabatlari nuqtai nazaridar ta’riflanadi. Hozirgi kunda bu atamaning ma’no ko‘lami kengroq. Katta yuridik ensiklopediya lug‘atida zo‘ravonlik quyidagicha ta’riflanadi: “Zo‘ravonlik - bir odamning fuqarolarning Konstitutsiya tomonidan jismoniy va ma’naviy ma’noda shaxsiy daxlsizligini kafolatlovchi huquqining boshqa odam tomonidan buzuvchi jismoniy yoki ruhiy ta’sirdir”.

Jismoniy zo‘ravonlik inson organizmiga nisbatan bevosita ta’sir ko‘rsatishda namoyon bo‘ladi: kaltaklash, tan jarohatlarini etkazish, turli vositalar bilan azoblash (shu jumladan, biron-bir turdagi predmetlar va moddalar vositasida) va hokazo. Jismoniy ta’sir natijasida jabrlanuvchiga azob etkazilishi, sog‘lig‘iga ziyon etkazilishi mumkin.

Ruhiy ta’sir deganda, inson ruhiyatiga qo‘rqitish, shantaj, tahdid qilish orqali ta’sir o‘tkazish (xususan, jismoniy zo‘ravonlik bilan qo‘rqitish) bu orqali jabrlanuvchining qarshilik qilishga, o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishga bo‘lgan irodasini sindirish tushuniladi.

BMT Bosh Assambleyasi 1993 yilda qabul qilgan Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish to‘g‘risida deklaratsiyasida ko‘rib chiqilayotgan atamaga quyidagicha ta’riflar beriladi:

Ushbu Deklaratsiyaga muvofiq “xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik” atamasi ayollarga nisbatan jismoniy, jinsiy yoki psixologik ziyon etkazishi, unga azob berishi mumkin bo‘lgan gender xususiyatiga ko‘ra sodir qilingan har qanday zo‘ravonlik tushuniladi. Bunga: shunday harakatlarni sodir qilish tahdidi, shilqimlik yoki ixtiyoriy ravishda ijtimoiy yoki shaxsiy hayotda uni erkidan mahrum qilish kiradi.

“Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik» - quyidagilarni qamrab oluvchi lekin ular bilan cheklanmaydigan atama:



a) oilada kaltaklash, ayol jinsiga mansub bolalarni yo‘ldan urish, sep bilan bog‘liq zo‘ravonlik, er-xotinga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik, ayollar jinsiy organlariga shikast etkazish va ayollarga zarar etkazuvchi boshqa an’anaviy harakatlar, shuningdek, ekspluatatsiya bilan bog‘liq er-xotinlikka oid bo‘lmagan jismoniy zo‘rlash yoki ruhiy zo‘ravonlik;

b) jamiyatning doimiy yacheykalarida sodir bo‘ladigan jismoniy, jinsiy yoki psixologik zo‘ravonlik: ish joyida, ta’lim muassasalarida yoki boshqa joylarda zo‘rlash, yo‘ldan urish, jinsiy ta’qib, hamda xotin-qizlar savdosi va fohishalikka majbur qilish.

Ayrim hollarda zo‘ravonlik jamiyat tomonidan oqlanadi va hatto qo‘llab- quvvatlanadi. Xususan, bu fuqarolar urushlari va qurolli to‘qnashuvlar paytidagi zo‘ravonlik. Bunday vaqtlarda boshqa odamlar, millatlar, etnik guruhlarga nisbatan zo‘ravonlik o‘z Vatanini, milliy manfaatlarni himoya qilish va vatanparvarlik deb tushuniladi.

Zo‘ravonlikning har qanday shakli shaxsga nisbatan jismoniy, jinsiy, psixologik, iqtisodiy zarar etkazishi mumkin. Eng keng ma’noda zo‘ravonlik bu bir inson yoki odamlar guruhi huquqlarining boshqa odam (odamlar, davlatlar) tomonidan o‘zlari uchun qulay bo‘lgan hokimiyat tarkibini saqlab qolish maqsadida kamsitilishini anglatadi. Zo‘ravonlikning har qanday turidan ko‘zlangan maqsad odamlar va resurslar ustidan hukmronlik va nazorat qilishdir.


Download 287,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish