Gender tenglik masalalari



Download 287,5 Kb.
bet4/13
Sana31.12.2021
Hajmi287,5 Kb.
#251542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Insho 11

Treffik. Sabablar va otsibatlar. Birlashgan Millatlar Tashkilotining OON ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 4 milliondan ziyod kishi yollanib ishlash uchun davlat chegaralaridan o‘tkazib yuboriladi, bu esa jinoiy sindikatlarga yiliga 7 milliard miqdorida noqonuniy foyda keltiradi. Odamlar bilan savdo qilishning eng rivojlanib borayotgan turi bu - seks savdosidir.

Har kuni minglab xotin-qizlar chet elda yaxshi hayot va yaxshi haq to‘lanadigan ish va’da qilinishi natijasida xalqaro seks savdosi tuzog‘iga tushib qolmoqda. Bunday yolg‘on va’dalar sobiq ittifoq hududidagi qashshoqlashib qolgan hududlar va jamiyatlardagi ishsiz yoki ish bilan to‘liq band bo‘lmagan, tirik qolish uchun kurashayotgan xotin-qizlarga nihoyatda jozibali bo‘lib tuyuladi. Ularni avtobus, poezd va samolyotlarda Evropaga, Osiyo, YAqin SHarq va SHimoliy Amerikaga olib ketishadi, ular bu erda o‘zlari kutmagan tarzda qullik ahvoliga tushib qolishadi hamda shafqatsiz jinsiy ekspluatatsiyaga duchor bo‘lishadi. Ular va’da qilingan haqni olmasdan oylab va yillab mehnat qilishga hamda og‘ir jismoniy va ruhiy azoblarni boshdan kechirishga majbur bo‘ladilar. Ayrim fojiali holatlarda ular nafaqat erkidan, balki hayotidan ham ajralib qoladi.9

Odam savdosi, xususan xotin-qizlar savdosi, uzoq vaqtdan buyon xalqaro tashkilotlarning diqqat markazida turibdi. Bunday fenomenning kelishilgan ta’rifi endigina ishlab chiqilmoqda. Odam savdosini anglatuvchi ingliz tilidagi trafficking so‘zi o‘zbek tiliga universal tarjima qilinmaydi. Bu, shuningdek fenomenning murakkabligi uning turlicha talqin qilinishiga sabab bo‘ladi. Masalan, XMT (Xalqaro Migratsiya Tashkiloti ta’rifiga ko‘ra “Odam savdosi - bu odamlarni noqonuniy egallab olish (yollash uchun, odamlarni o‘g‘irlash, ularni sotish va hokazo) va/yoki migrantlarni milliy chegaralar doirasida ko‘chirish, yoki chegaralar kesishgan joyda ko‘chirish, bularning vositasida vositachi “savdogarlar” aldash, majburlash va/yoki ekspluatatsiyaning boshqa shakllaridan foydalangan holda iqtisodiy yoki boshqa foyda olishi, migrantlarga insonning fundamental huquqlarini buzuvchi sharoitlarning yaratilishi”.


Jinsiy shilqimlik tushunchasi. Madaniyati rivojlangan mamlakatlarda jinsiy shilqimlik deganda nima anglashiladi? Bu faqat jinsiy aloqaga intilishnigina bildirmaydi. Bunga jinsiy talablarga bo‘ysunish yoki buning oqibatidan jabrlanishdan qo‘rqitishgina emas, balki uyatsiz hazillar, anekdotlar, ishoralar, behayo qo‘l tekkizishlar, ya’ni oqila ayolga to‘g‘ri kelmaydigan har qanday xatti-harakatlar kiradi. Ayol ish joyida o‘ziga nisbatan muayyan harakat andozalarini talab etishga haqli va ular jinsiy ma’nodan holi bo‘lishi kerak.10

Jinsiy shilqimliklar kuyidagicha belgilanadi:

Ishga qabul qilish, ishda saqlab qolish, xizmat lavozimida o‘sish, shuningdek, o‘quv yurtida o‘qish, baho olish va hokazolar sharti sifatida jinsiy takliflar, “jinsiy xizmatlarni” talab qilish va boshqa jinsiy tusdagi og‘zaki yoki jismoniy harakatlarning amalga oshirilishi.;

Xotin-qizlarning bunday takliflarga majburiy ko‘nishi yoki bosh tortishi uni ishga olish yoki ishda saqlab qolish yoki o‘qishda qolishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan hollarda;

Agar ayol bunday munosabatning noo‘rinligini his qilsa, va uning tajovuzkorona mohiyatini tushunsa, bunday harakatlar jinsiy shilqimlik deb hisoblanishi mumkin. Ish joyida jinsiy shilqimlikni belgilovchi yana bir muhim jihat ayolning qaram ahvoli bilan bog‘liq: u tajovuzkorga nisbatan xizmat vazifasi past bo‘lib, unga tobe bo‘ladi.

Tushunchaning o‘zida hech qanday yangilik yo‘q. Biroq, u o‘tmishda shaxsiy muammo deb hisoblangan yoki e’tiborga olinmagan, natijada jabrlanuvchi ayolning ishdan yoki o‘qishdan ketishdan boshqa iloji qolmas edi. Ishlovchi ayollar soni ko‘payishi bilan jinsiy shilqimlik shunchalik ko‘payib ketdiki, u inson huquqlari buzilishi deb tan olindi hamda ushbu hodisani o‘rab olgan sukunat devorlari vayron bo‘la boshladi.

Kichkina korxonalarda, o‘quv yurtlari talabalarida, kasaba uyushmalari yo‘q korxonalarda ishlovchi xotin-qizlarda jinsiy shilqimlikga uchrash ehtimoli yuqori bo‘ladi. Ishga qabul qilingan yangi xodimlar ham oson ilinadigan o‘lja bo‘lib, boshqalarga nisbatan ishsiz qolishdan qo‘rqadi va yangi ish joyiga o‘rganmagan bo‘ladi. Aksariyat xodimlari erkaklardan iborat bo‘lgan korxonalarda ishlaydigan xotin-qizlar kam darajada himoyalangan bo‘ladi. Bunday holatda erkaklar odatda ayollarga xizmat lavozimida o‘sish imkonini ro‘kach qilib, jinsiy shilqimlikdan foydalanadi.




Download 287,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish