Gender tenglik masalalari



Download 287,5 Kb.
bet1/13
Sana31.12.2021
Hajmi287,5 Kb.
#251542
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Insho 11



Э.Файзуллаева. Гендер зўравонлик


O‘zbekiston milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish yo’nalishi 4-bosqich talabasi Imomnazarov Hasanboy Ixtiyor o`g`li

O‘zbekistonda gender tenglik”
Reja:
I.Kirish. Insoniyat rivojlanishida GENDER TENGLIK MASALALARI

II. Asosiy qism.


  1. Gender Zo‘ravonlik turkumi. Zo‘ravonlikning ayollar, bolalar, oila, jamiyat uchun oqibatlari.

  2. Gender tenglikni ta’minlashda xorij tajribasi

III.Xulosa. Genderdagi tenglik – Jamiyat barqarorligi kafolati

Insonning rivojlanish jarayoni uzluksiz bo‘lib, jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, madaniy hayotida ishtiroki nuqtai nazaridan kishilar imkoniyatini muntazam ravishda kengaytirilishidan iborat. Inson uchun erkin tanlash imkoniyati uning rivojlanishi sharti bo‘lib, ayni paytda inson jamiyatining eng oliy maqsadlaridan birini ifodalaydi. Qolgan imkoniyatlardan foydalanishga yordam beruvchi eng asosiy imkoniyatlar orasida uchtasi ajralib turadi: uzoq va sog‘lom umr kechirish imkoniyati, bilim olish va turmushning munosib darajasini ta’minlay oladigan moddiy farovonlikka erishish imkoniyati. Insonning rivojlanishi insoniylik jamiyatining asosiy mazmuni va mavjudlik shaklidir. Inson faoliyatining barcha turlarida taraqqiyotning zamonaviy bosqichi nafaqat insonni ijtimoiy rivojlanish marakaziga qo‘yadi, balki taraqqiyot natijalarini inson taraqiyot yo‘lida xizmat qilishini taqozo etadi.



BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyaga ko‘ra inson rivojlanishining asosiy tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqishda samarali mehnat;

  • jamiyat hayotiga tegishli masalalar bo‘yicha qaror qabul qilishda kishilarning vakolatlarini va ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish;

  • rivojlanish barqarorligi;

  • barcha odamlar uchun imkoniyatlar va tanlovning tengligi.

BMTning XXI asrda rivojlanish borasidagi maqsadlari:

  1. Haddan ziyod qashshoqlik va ochlikni bartaraf etish.

  • Kuniga 1 dollardan kam daromadga ega aholi ulushini ikki baravar kamaytirish.

  • Ochlikdan azob chekayotgan aholi mikdorini ikki baravar kamaytirish.

  1. Umumiy boshlangich ta’limni ta’minlash.

  • Barcha o‘g‘il bolalar va kiz bolalar uchun boshlangich maktab ta’limini to‘lik olish imkoniyatini ta’minlash.

  1. Erkaklar va xotin-qizlar tengligini ragbatlantirish va xotin-qizlar xuquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish.

  • Boshlangich va o‘rta ta’lim sohasida (imkon kadar 2005 yilgacha), kechi balan 2015 yilgacha - barcha ta’lim boskichlarida tengsizlikni bartaraf etish.

  1. Bolalar o‘limini kamaytirish.

  • 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida o‘lim hollarini uchdan ikki kismga kiskartirishga erishish.

  1. Onalik muxofazasini yaxshilash.

  • Onalar o‘limi koeffitsientini to‘rtdan uch kismga kamaytirish.

  1. OIV/OITS, bezgak va boshqa kasalliklar bilan kurashish.

  • OIV/OITS tarkalishini to‘xtatish va ular bilan kasallanish hollarining kamayishiga yo‘l ochib berish.

  • Bezgak va boshka asosiy kasalliklar tarkalishini to‘xtatish va ular bilan kasallanish hollarining kamayishiga yo‘l ochib berish.

  1. Ekologik barqarorlikni ta’minlash.

  • Barkaror rivojlanish tamoyillarini Milliy strategiyalar va rivojlanish dasturlariga kiritish va tabiiy resurslar emirilishiga barham berish.

  • Toza ichimlik suvidan muntazam ravishda foydalana olmaydigan odamlar sonini ikki baravar kiskartirish.

  • 2020 yilgacha xarobalarda istikomat kiladigan kamida 100 million kishining turmush sharoitini ta’minlash.

  1. Rivojlanish maqsadlarida global xamkorlikni shakllantirish.

  • Oshkora, tartibga solinadigan, rejali va taxkirlashdan xoli bo‘lgan savdo va moliya tizimlarini yaratishni davom ettirish. Bunda milliy va xalkaro mikyosda rivojlanishiga, kashshoklik bilan kurashga yo‘naltirilgan boshkaruv tizimini yaratish nazarda tutiladi.

  • Rivojlanayotgan davlatlar bilan hamkorlikda yoshlarga daromad keltiradigan munosib va samarali ish topishga yordam beradigan strategiyalarni ishlab chikish va amalga oshirish.

  • Dori-darmonlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish.

  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash.1

Tenglik, inson rivojlanishi konsepsiyasi bilan bog‘liq holda barcha odamlarga moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirishda teng imkoniyatlar yaratilishini ko‘zda tutadi, va, avvalambor, bu hol ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik va jamiyatning siyosiy hayotida ishtirok etish imkoniyatlariga taalluqlidir. Imkoniyatlar tengligi, avvalo, moddiy farovonlik darajasi, ijtimoiy mavqe, e’tiqodi, jinsi va qaysi millatga mansubligidan qat’i nazar inson huquqlari va asosiy erkinliklari tengligiga asoslanadi, Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasida (1948) qayd etilganidek, inson qadr-qimmati “ozodlik, adolatlilik va umumiy tinchlik asosidir”2. Asosiy huquq va erkinliklarning yo‘qligi inson va jamiyat tanazzuliga olib kelishi, ijtimoiy va siyosiy tartibsizliklar, zo‘ravonlikning yoyilishi va ixtiloflar tug‘ilishi uchun shart-sharoit yaratishi mumkin.

Tenglik, inson rivojlanishi konsepsiyasining tarkibiy qismi sifatida barcha odamlarga moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirishda teng imkoniyatlar yaratilishini ko‘zda tutadi. Biroq, afsuski, tabiatda bo‘lgani kabi, kishilik jamiyatida mutlaq tenglik mavjud emas. Ijtimoiy rivojlanish ko‘plab omillar ta’siri ostida bo‘lib, ular ob’ektiv tarzda tengsizlikni vujudga keltiradi, bu esa o‘z navbatida insoniyatning jamiyatda tenglikni ta’minlashga bo‘lgan intilishi bilan mutlaq tenglikka erishish imkoniyatning yo‘qligi o‘rtasida ziddiyatning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.

«Insoniyatning jamiyatda tenglikni ta’minlashga bo‘lgan intilishi bilan mutlaq tenglikka erishish imkoniyatning yo‘qligi o‘rtasida ziddiyatni odamlar uchun quyidagilardan foydalanishda teng huquqlilikni ta’minlash orqali tekislab yuborish mumkin:



  • resurslarning asosiy turlaridan - tabiiy, ishlab chiqarish, moddiy resurslardan;

  • turmushning normal ekologik, ijtimoiy shart-sharoitidan;

  • uyg‘un rivojlanishdan - ta’lim, ilm-fan, jismoniy tarbiya va sport, ma’naviy

8

madaniyatdan» .

Kishilik jamiyati rivojlanishining butun tarixi bunday qoidani tasdiqlaydi, biroq, insoniyat o‘z mavjudligi tarixi davomida tenglikka intilib kelgan, va, har bir insonga uning shaxsini uyg‘un rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilgan, har bir individ uchun tenglik va tanlash imkoniyati ta’minlanadigan umumfarovonlik jamiyatini yaratishga doir ko‘plab g‘oyalar vujudga kelgan.

SHunga karamay, ideal jamiyat yaratish yo‘lidagi ko‘plab urinishlar vokelikka joriy etilmay koldi. Jamiyatning mukarrar ravishda tabakalanishi jarayoni barcha fukarolarning tengligiga doir g‘oyalarning va urinishlarning barbod bo‘lishiga olib kelgan. Barcha zamonaviy demokratik davlatlarning konstitutsiyalarida “barcha odamlarningg tengligi” hakida modda mavjud bo‘lgani holda amalda tenglikka erishish yo‘li murakkab va davomlidir. Odamlarning har kanday zamonaviy faoliyati ierarxiya, rasmiy va norasmiy guruhlar, mavkelar, etakchilarning tabiiy ravishda paydo bo‘lishi bilan birga davom etadi, okibat natijada tengsizlik vujudga kelishi uchun kulay shart-sharoitlar paydo bo‘ladi.

Tengsizlik tizimini ta’riflash uchun zamonaviy sotsiologiyada “ijtimoiy stratifikatsiya” atamasidan foydalaniladi. Ijtimoiy stratifikatsiya (lotincha stratum - katlam va facio - kilaman) - “bu jamiyatdagi ijtimoiy tabakalanish, tengsizlik belgilari va mezonlari tizimi bo‘lib, ular jamiyatning ijtimoiy tarkibi asosini tashkil etadi, bunda odamlar hukumat, mulkchilik va mavkega nisbatan alokasiga ko‘ra tabakalarga bo‘linadi”. Stratifikatsiya jarayoni jamiyatning ijtimoiy tuzilishi shakli hamda fukarolarining tegishli kadriyatlari yo‘nalishiga bevosita bog‘lik bo‘ladi”3.

Tegishli ravishda erkaklar va xotin-qizlar, boylar va kambag‘allar, mamlakat ichida shahar va qishloq aholisi o‘rtasida, dunyo mamlakatlari va hududlari o‘rtasida tengsizlik shakllanishi va o‘sishi uchun shart-sharoitlar vujudga keladi.



Erkaklar va xotin-sizlar o‘rtasidagi tengsizlik. Radikal feministik yondashuvga ko‘ra har qanday jamiyatga xos bo‘lgan ijtimoiy stratifikatsiyaning universal modellaridan biri - bu jinsiga ko‘ra, ya’ni erkaklar va xotin-qizlarga bo‘linishdir4. Mazkur munozarali fikrga qo‘shilish yoki qo‘shilmaslik mumkin. Biroq real hayot shuni ko‘rsatmoqdaki, jins odamlar o‘rtasida sezilarli ijtimoiy tafovutlarni vujudga keltirmoqda, buning natijasida erkaklar ijtimoiy stratifikatsiyaning yuqori pog‘onalariga chiqib qolmoqda, xotin-qizlar esa ikkinchi o‘ringa surilib qolmoqda. SHu tariqa, qanday ijtimoiy qatlamga nazar tashlamaylik, jins jamiyatning har bir qatlami ichidagi tafovutlar va tengsizlikni belgilovchi omil bo‘lib qoladi.

Bugungi kunda bu yondoshuv xalqaro darajada ham tan olingan. BMTning inson rivojlanishi muammolariga oid hujjatlarda ta’kidlanganidek, “hech bir jamiyatda xotin- qizlar erkaklarnikidek imkoniyatlarga ega emas. Bundan tengsiz maqom xotin-qizlarning inson salohiyatini rivojlantirishga qo‘shayotgan salmoqli ulushi bilan ushbu jarayon

beradigan imtiyozlardagi ulushining kichikligi o‘rtasidagi nomutanosiblikning saqlanib

12

qolishiga olib kelmoqda” . SHu munosabat bilan inson rivojlanishi va demokratlashtirishga doir ustuvor muammolar muqarrar ravishda erkaklar bilan xotin- qizlar o‘rtasidagi tenglikka erishish bilan bog‘liq masalalarga borib taqaladi, va, natijada, xotin-qizlar maqomini oshirish va ularning haq-huquqlarini kengaytirish zarurati vujudga keladi.



O‘zbekiston, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida birinchilardan bo‘lib xotin-qizlarga erkaklar bilan teng huquqlar berilishi borasida qator tadbirlarni amalga oshirdi. 1996 yilda O‘zbekiston Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida konvensiyani (CEDAW) ratifikatsiya qildi. Uning qator moddalari milliy qonunchilikka kiritildi5.

SHunday bo‘lsa-da, tegishli qonunchilikning qabul qilinishi uning hayotga joriy etilishiga har doim ham mos kelavermaydi. Dunyoning barcha mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham ushbu sohada jamiyatda xotin-qizlar maqomining pastligi va ularning haq-huquqlariga rioya qilmaslik bilan bog‘liq jiddiy muammolar mavjud.

Xususan, O‘zbekiston aholisining deyarli yarmini (51%) tashkil etgani holda ma’muriy xodimlar va menejerlar o‘rtasida xotin-qizlar 18%ni, parlament deputatlarining 10% dan kamini tashkil etadi; xotin-qizlar mamlakat bo‘yicha mehnatga haq to‘lash o‘rtacha ko‘rsatkichdan past bo‘lgan sohalarda jamlangan, xotin-qizlar mehnatiga erkaklarnikiga qaraganda kam haq to‘lanadi (masalan, 1998 yilda xotin-qizlarning o‘rtacha maoshi erkaklar ish haqining 80% dan kamini tashkil etgan)6, ishlovchi xotin-qizlar ish haqi shaklidagi oilaviy daromadlarni tasarruf etish huquqiga har doim ham ega emas, shuningdek, oilaviy daromadlarni qanday sarflashni belgilash huquqiga ega emas; xotin-qizlar ta’lim olish borasida ham erkaklar bilan teng huquqli emas.

SHu munosabat bilan, jinslar tengligiga erishish bo‘yicha tegishli dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish eng dolzarb muammoga aylanmoqda. Bu uzoq muddatli maqsad bo‘lib, u madaniy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy me’yorlarda jiddiy prinsipial o‘zgarishlarni va mutlaqo yangi tafakkurning shakllanishini taqozo etadi. Bunday holda xotin-qizlar va erkaklarga oid odatdagi tasavvurlar ularning tanlash imkoniyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, rivojlanishning o‘zi esa har ikki jins vakillari uchun tanlash imkoniyatini kengaytirish jarayoni sifatida ko‘rib chiqiladi.

SHuni qayd etish lozimki, xotin-qizlar va erkaklar roli xususidagi qotib qolgan qarashlarni engib o‘tish, jinslar tengligiga erishish, ayollar va qizlarga, erkaklar va o‘g‘il bollarga teng imkoniyatlarning yaratilishi inson salohiyati rivojlanishining muhim jihatini tashkil etadi.

Boylik va kambagallik. Mavjud cheklangan resurslardan - tabiiy, ishlab chiqarish va moddiy resurslardan foydalanishdagi tengsizlik daromaddagi tengsizlikni, va tegishli ravishda moddiy va ma’naviy ne’matlardan bahramand bo‘lishdagi tengsizlikni keltirib chiqaradi.

Eng umumiy ma’noda kambag‘allik inson yoki oilaning asosiy ehtiyojlari ularni qondirishga doir mavjud vositalardan ortiq bo‘lgan holatni ifodalaydi. Kambag‘al aholi ulushini aniqlash asosida kambag‘allikni bartaraf etish va aholining alohida guruhlari va umuman jamiyat farovonligini oshirish bo‘yicha davlat strategiyalari ishlab chiqiladi.

Biroq, kambag‘allikni belgilash paytida uslubiy jihatdan murakkab bo‘lgan va hatto munozarali muammolar vujudga keladi. Aholining kambag‘allar ulushini aniqlashda daromadi rasmiy ko‘rsatkichidan kam bo‘lgan, ya’ni kambag‘allik darajasidagi aholi qismi ko‘rsatkichidan (odatda, bu ko‘rsatkich eng past turmush darajasiga teng bo‘ladi) foydalaniladi. Kambag‘allik darajasi kundalik zarur mahsulotlar xarid qilinishini ta’minlaydigan inson va oilaning me’yoriy pul daromadi asosida aniqlanadi. Kundalik zarur tovarlar birligi sirasiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar-joy, shuningdek, eng muhim ijtimoiy-madaniy ehtiyojlar - ta’lim olish, salomatlikni normal me’yorda saqlab turish ehtiyojini qondirish kiradi, bu esa odamga jamiyat hayotida faol ishtirok etish imkoniyatini beradi

Aholining turli guruhlarining o‘zlarining ijtimoiy rollari va o‘ziga xos talablariga mos ravishda rivojlanish bo‘yicha faoliyatda ishtirok etishiga nisbatan gender yondashuvning qo‘llanilishi rivojlanishning gender strategiyasini ishlab chiqish imkonini berdi va unga quyidagi tarkibiy qismlar kirdi:



  • xotin-qizlar ehtiyojlarini ustun tartibda ko‘rib chiqish va hisobini yuritish (ayniqsa, madaniy me’yorlar va qadriyatlar ularning faoliyatda teng ishtirokini cheklab ko‘ygan taqdirda);

  • jamiyatda xotin-qizlar ahvolini erkaklarning ahvoliga nisbatan aniqlash va yaxshilash;

  • xotin-qizlar tomonidan o‘z ahvolini, talab va ehtiyojlarini anglash;

  • xotin-qizlar ahvolini yaxshilashga halal beruvchi to‘siqlarni aniqlash;

  • xotin-qizlar faoliyat sohalarini kengaytirish, ular tomonidan an’anaviy erkaklar rollari va kasb-korlarining o‘zlashtirilishi;

  • o‘tmishdagi kamsitishning bevosita yoki vositali oqibatlarini bartaraf etish;

7

  • xotin-qizlarning nochor guruhlarini ustun ravishda rivojlantirish.




Download 287,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish