Gender tenglik masalalari


Xotin-qizlar, bolalar, oila va jamiyat uchun gender zo‘ravonlik oqibatlari



Download 287,5 Kb.
bet6/13
Sana31.12.2021
Hajmi287,5 Kb.
#251542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Insho 11

Xotin-qizlar, bolalar, oila va jamiyat uchun gender zo‘ravonlik oqibatlari. Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik global muammo bo‘lib, insoniyat uning haqiqiy ko‘lamlari haqida qator sabablar tufayli aniq ma’lumotlarga ega emas. Eng avvalo, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bu muammo yoki umuman ko‘tarib chiqilmagan yoxud endigina gapira boshlanmoqda va oshkora muhokama qilinmoqda, biroq uning ko‘lamlari to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Ko‘pchilik quyidagi dahshatli faktlardan xabardor bo‘lmasa kerak: dunyo bo‘yicha xotin-qizlarning 20 dan 50%izigachasi o‘zining jufti - eri yoki partneri tomonidan zo‘rlangan. Dunyoda har besh ayolning bittasi o‘z hayoti davomida zo‘ravonlikka uchrashi mumkin. Ma’lumki, insoniyatning butun tarixi davomida ayollar urushlar va qurolli to‘qnashuvlar paytida shafqatsiz zo‘ravonliklar ob’ektiga aylangan, bu hol urush o‘ljalarining “ajralmas” qismi va harbiy g‘alabalarning belgisi hisoblangan. Biroq, hamma ham bilavermasa kerak, tinchlik davrida ham eng barqaror demokratik jamiyatlarda ayollarning 15%i o‘z partnerlari tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchraydi. Uyda sodir etiladigan qotilliklarning 30%izdan 60%izigachasi uydagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq. So‘nggi yillarda matbuotda bolalarga nisbatan, xususan, qizlarga jinsiy nisbatan zo‘ravonlik (nomusga tegish) to‘g‘risidagi dahshatli voqealar chop etilgan. Malayziya, Meksika, Papua-YAngi Gvineya, CHili va AQSH kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, nomusga tegishlarning 36%dan 62%gachasi 15 yoshga to‘lmagan qizlarga nisbatan, 32%i 18 ga to‘lmagan, hatto 10 yoshdan kichik qizlarga nisbatan amalga oshirilgan. Masalan, Lima, Peruda tug‘ruqxonalardagi 12 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan yosh onalarning 90%i o‘z otalari, o‘gay otalari va boshqa qarindoshlari tomonidan zo‘rlangan. Kosta-Rikadan olingan hisobot esa shuni ko‘rsatmoqdaki, 15 yoshdan kichik bo‘lgan homilador qizlarning 95%i insest qurbonlaridir.14

SHveysariyaning O‘zbeksitondagi Elchixonasi Gender Dasturining loyihalaridan birini amalga oshirish davomida olingan ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonda 2001 yilda rashk, janjal va boshqa maishiy sabablar tufayli sodir qilingan qotilliklar ro‘yxatga olingan qotilliklarning 26,5%ini tashkil etadi. Rashk, janjal va boshqa maishiy sabablar tufayli etkazilgan tan jarohatlari 22,6%ni tashkil etadi. Afsuski, O‘zbekistondagi jinsiy zo‘ravonlik to‘g‘risida ma’lumotlarga ega emasmiz.

Mazkur muammoning bunday ulkan ko‘lami sabablaridan biri ko‘rsatilgan jinoyatlarning jazosiz qolishidir. CHunki, xotin-qizlarning ko‘pchiligi zo‘ravonlikka indamasdan chidab keladi. Buning sababi - o‘z huquqlarini bilmaslik, sharmanda bo‘lishdan va jamiyat tomonidan qoralanishdan ko‘rqish. YAnada ko‘proq zo‘ravonlikka uchrashdan ko‘rquv, adolatga ishonmaslik, jamiyat tomonidan singdirilgan gender stereotiplar natijasida bunday jinoyatlar jazosiz qolmoqda. Zo‘ravonlikning jazolanmay qolishi esa yangi zo‘ravonliklarni keltirib chiqarmoqda.

CHet ellik psixolog-tadqiqotchilar favqulodda hayotiy hodisalar oqibatlarini o‘rganish doirasida yaqin paytlargacha ommaviy halokatlardan - urushlar, zilzilalar, millatlararo to‘qnashuvlardan aziyat chekkanlarga asosiy e’tibor qaratar edi. Biroq, individual, alohida hayotiy jarohatlanish tajribasi oqibatlari bundan kam bo‘lmagan

ijtimoiy va psixologik masalalarni keltirib chiqarmoqda. CHet ellik olimlarning

tadqiqotlariga ko‘ra, eng shafqatsiz zo‘ravonliklardan biri - jinsiy zo‘ravonlikdir (JZ). Jinsiy zo‘ravonlik va uning oqibatlari muammosi bir necha asrlar davomida mavjud bo‘lsa- da, fan tomonidan yaqindan boshlab, XX asrning 70-yillarida - AQSHda, so‘ngra Evropada, 90-yillardan MDHning ayrim mamlakatlarida o‘rganilmoqda. Bugungi kunda zo‘ravonlikning ayollar va bolalar salomatligiga ko‘rsatadigan ta’siri va oqibatlari to‘g‘risida jiddiy tadqiqotlar olib borilmoqda va dissertatsiyalar yozilmoqda. Jumladan, bizni O.A.Kravsova15 tomonidan jinsiy zo‘ravonlikning oqibatlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari qiziqtirib qoldi. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, jinsiy zo‘ravonlik ko‘p hollarda intensiv ruhiy muammolarni keltirib chiqaruvchi jarohatlovchi hayotiy voqeadir. Jinsiy zo‘ravonlik - kuchli stress uyg‘otuvchi bo‘lib, jabrlanganlarning aksariyatida og‘ir asoratlarni keltirib chiqaradi: turli qo‘rquvlar, g‘azab, depressiya, o‘ziga past baho berish, turli psixosomatik cheklanishlar. YOlg‘izlik, begonalik va ruhiy tushkunlik, kelajakka va hayotga ishonmaslik, nazoratning yo‘qolishi, o‘ziga ishonchning yo‘qolishi va atrofdagilar bilan munosabatlarning qiyinlashishi muammolari kelib chiqadi. Ruhiy tusdagi jinsiy buzilishlar yuzaga kelib, uzoq davom etishi mumkin. Hatto zo‘rlashga urinish ham turli psixologik muammolarni keltirib chiqaradi. Favqulodda stress uyg‘otuvchi jinsiy zo‘ravonlikning o‘ziga xosligi shundaki, uning qurbonlari huquqiy, tibbiy, ijtimoiy va madaniy muammolarning murakkab chigalliklari vaziyatiga to‘qnash keladi. Omillarning o‘zaro ta’siri va zo‘rlash sabablarining turlichaligi vaziyatga va qurbonlarning harakatlariga nisbatan ko‘p sonli uydirmalarni keltirib chiqaradi va ko‘pincha jabrlanuvchi tomonidan o‘z vaqtida va to‘g‘ri yordam olishni qiyinlashtirib, unga to‘sqinlik qiladi. SHunisi ahamiyatliki, salbiy qarashlarga ko‘pincha oila a’zolari ham qo‘shiladi, vaholanki, bunday vaziyatga uchragan ayollar yaqinlarining yordamiga ayniqsa muhtoj bo‘ladilar. Ma’lumki, jinsiy zo‘ravonlikning ko‘p hollari shu sababli yashirin qoladiki, jabralanuvchilar sodir bo‘lgan voqea haqida oila a’zolariga ham, huquq-tartibot organlariga ham gapirishni xohlamaydilar, CHunki bunday qurbonlar tegishli yordam o‘rniga faqat qoralanish va tushunmaslikka uchrashdan, zo‘ravon esa jazosiz qolishidan cho‘chiydilar.

Bugungi kunda ko‘p sonli xalqaro tashkilotlar tadqiqotlari natijasida gender zo‘ravonlik bilan voyaga etmagan qizlar o‘rtasida homiladorlik hollarining ko‘payishi, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarning (JYYUK) ko‘payishi, jumladan, OITS - OIV, chaqaloqlar va o‘smirlar o‘limi, ayollar jinsiy a’zolarining jarohatlanishi Afrikadagi ayrim mamlakatlarda), onalar va bolalar o‘limining yuqoriligi muammolari o‘rtasida bog‘lanish borligi ayon bo‘ldi.

Barcha hollarda gender zo‘ravonlik tushkunliklarga, iztiroblarga, oilalarning buzilishiga, uzoq muddatli ruhiy tanazzulga va pirovard natijada - butun jamiyat uchun ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Uydagi zo‘ravonlik qurbonlari salomatligi uchun salbiy oqibatlarni kamaytirish bo‘yicha jamiyatning iqtisodiy sarflari, masalan, sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlari (kasallik varaqalari, tibbiy xizmatlar qiymati) nihoyatda katta. Zo‘ravonlik oqibatlari jismoniy va ma’naviy bo‘lib, ayni paytda qurbonlarning iqtisodiy va psixologik- sotsiologik imkoniyatlarini pasaytiradi.



BMT Xotin-qizlar taraqqiyoti fondining( YUNIFEM) mintaqadagi resurs materiallaridan:

«MDHda oilada ayolga qarshi zo‘ravonlik - bu jiddiy muammo bo‘lib, u inson huquqlarining buzilishi va jinoyat deb ko‘rib chiqilmaydi. Mintaqadagi statistika masalaning faqat bir qismidan dalolat beradi. Masalan, Rossiyada yiliga qariyb 14000 ayol uydagi zo‘ravonlik oqibatida halok bo‘ladi. Qiyoslash uchun: Afgonistondagi o‘n yillik urush davomida 13000 nafar rossiyalik askar halok bo‘lgan. Tojikistonda ayollarning yarmidan ko‘pi uydagi zo‘ravonlikka uchraydi, taxminan 47 foizi o‘z erlari tomonidan zo‘rlangan».16

Ma’lumki, zo‘ravonlik holatlarining aksariyati erkaklar tomonidan sodir qilinadi. Gender zo‘ravonlik bu ma’noda istisno emas. 1993 yilda reproduktiv salomatlik bo‘yicha Ebert Fondi tomonidan o‘tkazilgan konferensiyada erkaklarning o‘z tabiatiga ko‘ra tajovuzkorligi to‘g‘risida e’tirof etilgan qarashga nisbatan norozilik bildirilgan. AQSHda yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatdiki, “ayollar erkaklarga qaraganda ko‘pincha o‘z juftlari tomonidan shafqatsizlikka uchraydi, buning sababi erkaklarning ko‘proq urushida emas, balki qattiqroq urushidadir”. SHunday qilib, zo‘ravonlik sof biologik ham bo‘lmagan, madaniy ham bo‘lmagan hodisadir. Erkaklarning ko‘proq darajada tajovuzkorligi uchun biron-bir asos mavjud bo‘lsa-da, ushbu salohiyat ijtimoiylashish jarayonida tubdan kamaytirilishi mumkin.




Download 287,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish