Gender tenglik masalalari


Gender tenglikni ta’minlash: Kanada va AQSH tajribasi



Download 287,5 Kb.
bet11/13
Sana31.12.2021
Hajmi287,5 Kb.
#251542
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Insho 11

Gender tenglikni ta’minlash: Kanada va AQSH tajribasi. Kanadada 1986 yildan boshlab ishga qabul qilishda va xizmat yuzasidan ko‘tarilishda xotin-qizlarni teng imkoniyatlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rildi. Irlandiyada qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat moliya vazirligining maxsus bo‘limi va davlat xizmatchilari kasaba uyushmasi tashkilotlarining vakillaridan iborat Qo‘mita zimmasiga yuklatilgan. Kanada shunday mamlakatlardan biriki, unda xotin-qizlar xususidagi siyosat uchun javobgar bo‘lgan maxsus davlat organi - Xotin-qizlar ishlari vazirligi faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, Kanada turli vazirliklari va idoralari doirasida xotin-qizlarning manfaatlariga daxldor bo‘lgan muammolarni hal etish bilan shug‘illanadigan maxsus bo‘linmalar (masalan, Odam resurslarini rivojlantirish vazirligining xotin-qizlar byurosi, Kanada Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli xotin-qizlar sog‘liqni saqlash byurosi, Xalqaro rivojlanish Kanada agentligida gender tenglik bo‘limi va boshqalar) Mana shu muassasalarning hammasi gender tenglik siyosatini amalga oshirish Kanada milliy mexanizmining tarkibiy qismidir. Mazkur muassasalar ishlab chiqadigan milliy maqsadli dasturlar ushbu mexanizmning boshqa eng muhim tarkibiy qismlaridir, bular orasida “Xotin-qizlar dasturi”deb atalgan dastur (1973 yilda ishlab chiqilgan) eng muhim o‘rinni egallaydi. Uning asosiy maqsadi - xotin-qizlar tashkilotlariga va o‘z faoliyatini Kanada xotin-qizlarining ahvolini yaxshilashga yo‘naltirgan tashkilotlarga moliyaviy, axborot, maslahat yordamini ko‘rsatishdan iborat. Mana, masalan, XX asrning so‘ngi o‘n yilligi davomida “Xotin-qizlar dasturi” madadida 40 mln Kanada dollaridan ortiq summaga 2000dan ziyod loyiha amalga oshirildi19.

AQSHda XX asrning butun ikkinchi yarmi davomida iqtisodiyot sohasida erkaklar bilan ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratib berishni birinchi galdagi maqsad qilib qo‘ygan izchil qonuniy siyosat mavjud bo‘lgan. O‘tgan asrning oxirlarida ishchi xotin-qizlar kuchining ulushi ancha oshgan bo‘lishiga (hali ham oshmoqda), ayollar esa yuqori haq to‘lanadigan “erkaklarga xos” deb ataluvchi kasblarni (tibbiyot, huquqshunoslik) asta-sekin o‘zlashtirib olayotganlariga qaramay, AQSHda gender tengligiga erishish yo‘lida ko‘pdan-ko‘p muammolar hali ham saqlanib qolmoqda. Birinchidan, ta’lim sohasida olib borilayotgan siyosat bilan bog‘liq bo‘lgan yuqori haq to‘lanadigan kasblarni egallash huquqining teng emasligi davom etmoqda. Ikkinchidan, amerikalik ayollar uchun mehnatga teng haq to‘lash jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda (masalan, 1998 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, amerikalik ayollarning o‘rtacha yillik ish haqi erkaklar o‘rtacha yillik ish haqining 73%ni tashkil etgan).

AQSHda bu muammolarni qonun yo‘li bilan hal qilishga urindilar. Masalan, 1963 yilda teng haq to‘lash to‘g‘risidagi qonun qabul qilingandi, bu qonun mehnatga haq to‘lashda jinsiy belgilariga qarab kamsitish man etilgandi. Keyingi, 1964 yilda ishga yollashdagi tengsizlikni tugatishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan fuqarolik huquqlari to‘g‘risida Qonun qabul qilindi. Maorif sohasida ham katta qonuniy o‘zgarishlar amalga oshirildi. 1972 yilda maorifda jinsiy belgisiga qarab kamsitish maxsus qonun bilan taqiqlab qo‘yildi. 1974 yilda qabul qilingan xotin-qizlarning tengligi to‘g‘risidagi Qonun ta’limning barcha darajalarida genderga erishish yuzasidan davlat faoliyatini tasdiqladi. Bundan tashqari, 1976 yilda 1963 yilda professional ta’lim to‘g‘risidagi Qonunga bir qator tuzatishlar qabul qilindi. Tuzatishlarning 11-Moddasi “erkaklar” va “ayollar” kasblarining mavjudligi to‘g‘risidagi qotib qolgan gender stereotiplarni buzishga qaratilgan edi. Mazkur moddaga muvofiq, AQSH hukumati xotin-qizlarning kasbiy

9

tayyorgarlik maxsus markazlari tashkilotini moliyalashtirdi .



1993 yildan boshlab xotin-qizlarni ayniqsa davlat apparatiga ishga keng jalb etish boshlandi. B. Klinton ma’muriyati AQSH tarixida “ayollar eng ko‘p bo‘lgan” ma’muriyat deb hisoblanadi. Unda xotin-qizlar 2500dan ko‘p lavozimlarni egallashgan, bu 40%dan ziyodni tashkil etadi. 27 nafar ayol prezidentning tayinlashi bilan oliy siyosiy lavozimlarni egallashgan. Bundan tashqari, AQSH prezidentining ma’muriyati qoshida xotin-qizlar

tashabbuslari maxsus Bo‘limi hamda xotin-qizlar tadbirkorligi idoralararo prezident

10

qo‘mitasi tashkil etilgan .




Download 287,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish