Gender tenglik masalalari


Gender tengligining skandinaviyacha modeli



Download 287,5 Kb.
bet12/13
Sana31.12.2021
Hajmi287,5 Kb.
#251542
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Insho 11

Gender tengligining skandinaviyacha modeli. Gender tengligi siyosati sohasida Skandinaviya mamlakatlari sardor hisoblanadilar, ularda tenglik va ijtimoiy demokratiya prinsiplariga sodiqlik chuqur tarixiy ildizlarga ega. Mazkur mamlakatlarda parlamentchi ayollar soni xotin-qiz aholining farovonligiga ko‘maklashadigan davlat siyosatiga va sotsial texnologiyalarga ta’sir o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan “kritik massadan” oshib ketdi. Davlat bolalarni parvarish qilish xizmatlarini kengaytirmoqda va ta’lim olish, tibbiy yordam va ijtimoiy ta’minotdan foydalanishni ta’minlamoqda. Skandinaviya mamlakatlarida teng imkoniyatlar prinsipi muassasalashtirilgan, ijtimoiy madad tizimi rivojlangan, bu tizim sahiylik bilan moliyalashtirilmoqda va aholining keng qatlamlarini qamrab olmoqda.

yilda barcha Skandinaviya mamlakatlari uchun yagona besh yil muddatga mo‘ljallangan gender siyosati ishlab chiqildi va qabul qilindi. Quyidagilar mazkur harakat dasturining asosiy ustun yo‘nalishlari bo‘lgan: birinchidan, mehnat bozorida gender tenglikka erishish; ikkinchidan, hokimiyat tuzilmalarida gender ustunligi; uchinchidan, ish bilan oilaviy majburiyatlarni birga qo‘shib olib borishga majbur bo‘lgan ayollar uchun ikki tomonlama bandlik muammosini hal etish; to‘rtinchidan, gender tenglik dasturining maqsadlarini samaraliroq amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tadqiqot loyihalari20.

Gender siyosatini amalga oshirish borasida Skandinaviya regioni mamlakatlari orasida SHvetsiya alohida o‘rinni egallaydi. SHvetsiyada 1980-yillardan boshlab teng huquqlilik masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Ana shu yillarda teng huquqlilik masalalari bo‘yicha vazirlik va davlat teng huquqlilik komissiyasi, teng huquqlilik masalalari ombudsmeni tashkil etilgan. 1991 yilda teng huquqlilik to‘g‘risida Qonun qabul qilindi (1994 yilgi tuzatishlari bilan), bu qonun ish bilan ta’minlashni, mehnat sharoitlarini va ishdagi ko‘tarilish imkoniyatlarini yaxshilashni, ish beruvchilar tomonidan erkaklar va ayollarning teng vakilligini ta’minlashga doir yillik tadbirlar rejasining ishlab chiqilishini o‘zining asosiy maqsadlari qilib qo‘ydi. 1998 yilda maxsus hukumat dasturi qabul qilingan bo‘lib, unda ayollar vakilligini bosqichma-bosqich oshirish maqsadida davlat boshqaruv organlarida xotin-qizlarning ahvoli to‘g‘risida parlament oldida hisobot berish ko‘zda tutilgan. 1995 yiladayoq hukumatdagi ayollar 50% foizdan ortiq

o‘rinni egallashgan21.

Finlyandiya ham xuddi shunday muvaffaqiyatlarga erishdi, u erda 1972 yilda tenglik masalalari bo‘yicha maxsus Kengash tashkil etildi (xuddi shu yili bunday kengashlar SHvetsiya va Norvegiyada ham tashkil etildi). Kengash hukumat tomonidan uch yil muddatga tayinlanadi va u barcha siyosiy partiyalarning vakillarini o‘z ichiga olishi kerak. Xotin-qizlarning ishlab chiqarishdagi, ta’lim, oila, parlamentdagi, hokimiyatning ma’muriy organlaridagi ahvoliga taalluqli masalalar Finlyandiya Kengashining faoliyat doirasiga kiradi. 1987 yilda Finlyandiya Norvegiya va SHvetsiya ketidan ombudsman (gender tenglik masalalari bo‘yicha vakil) lavozimini joriy etdi va jinslar teng huquqiyligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish uchun maxsus apellyasiya komissiyasini ta’sis etdi. 1986 yilda Finlyandiyada ikki tomonlama maqsadni ko‘zda tutuvchi gender tenglik to‘g‘risida rasmiy qonun qabul qilindi: jinsiy belgisiga qarab bevosita va bilvosita kamsitishga chek qo‘yish va ayollarning, eng avvalo mehnat bozoridagi ahvolini yaxshilashi mumkin bo‘lgan maxsus chora-tadbirlarni ko‘rish yo‘li bilan erkaklar va ayollarning teng imkoniyatlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratishga ko‘maklashish. 1995 yilda Finlyandiyada gender tenglik to‘g‘risida qo‘shimcha qonun qabul qilindi, ayni bir vaqtda jinslar tengligi to‘g‘risidagi qoida qaytadan ko‘rib chiqilgan Finlyandiya Konstitutsiyasiga kiritildi22. Endilikda shunday qoida amal qilmoqdaki, unga ko‘ra, xotin-qizlarning ma’muriyat barcha darajalarida va qarorlar qabul qilishdagi ulushi kamida 40%ni tashkil etishi kerak. 1989 yilad teng huquqiylikni rivojlantirish hukumat dasturi qabul qilindi va u doimiy ravishda yangilab turiladi. Mamlakat parlamentida 1990 yillarning oxiriga kelib rais va ikki nafar rais o‘rinbosarlari, 6 nafar vazir, shu jumladan tashqi ishlar, mudofaa, tarnsport vazirlari ayollar bo‘lgan.

Gender tengligi siyosati Daniyada ham xuddi shunday tarzda amalga oshirilmoqda. Bu erda jinsiga qarab har qanday kamsitishni tugatish maqsadini ko‘zlagan birinchi qonun xujjati 1976 yilda qabul qilingan. Bu teng ish haqi to‘g‘risidagi qonun edi va bu qonun keyinchalik bir necha marta to‘ldirilgan. 1978 yilda yana ikkita qonun - jamiyat turmushining barcha sohalarida gender tenglik prinsiplarini e’lon qilgan Teng imkoniyatlar to‘g‘risidagi qonun, shuningdek Ishga qabul qilishda erkaklar va ayollarga bir xilda yondashuv to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Erkaklar va ayollarni jamoat qo‘mitalarining a’zolari etib tayinlashda ularning tengligi to‘g‘risidagi qonun (1985 y.) hamda Ijroiya lavozimlarini egallashda erkaklar va ayollarning teng imkoniyatlari to‘g‘risidagi qonun (1990 y.) ma’muriy tuzilmalarda erkaklar va ayollarning teng

14

vakilligini ta’minlashga qaratilgan .



Biroq, gender tenglik siyosatini amalga oshirish mexanizmi puxta ishlab chiqilgan bo‘lishiga qaramay, Skandinaviya mamlakatlarida jinslar tengligi to‘g‘risidagi masalani hal etilgan deb aytishga hali erta ko‘rinadi. 1960 - 1970-yillarda Skandinaviyada mavjud bo‘lgan iqtisodiy yuksalish ayollarning mehnat bozorida ancha ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘lishlariga olib keldi. Ammo bunday vaziyat ko‘proq teng huquqlilik siyosati tufayli emas, balki bozor mexanizmlarining amal qilishi bilan izohlanadi. SHu boisdan ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan xotin-qizlar soni tinimsiz oshayotgan bo‘lishiga qaramay, mehnat bozorida avvalgidek aniq bo‘linish bor. Erkaklar va ayollar odatda iqtisodiyotning turli sektorlarida band bo‘lgan gorizontal bo‘linish, shuningdek ayollar boshqaruvchilikdan xoli bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan, erkaklar esa boshqaruv va qarorlar qabul qilish sohalarida bemalol ishlaydigan vertikal bo‘linish mavjud. Erkaklar va ayollar mehnatiga bir xil haq to‘lash masalasi ham avvalgidek dolzarb muammodir, bunday farq XXI asr boshlarida Skandinaviyada 11 - 12 %ni tashkil etgan, bu esa boshqa mamlakatlardagiga qaraganda albatta katta farq emas. Ta’lim sohasida ham xuddi shunga o‘xshash muammoli vaziyat kuzatilmoqda. Statistika ma’lumotlariga qaraganda, Skandinaviya mamlakatlarida ayollarning ma’lumotlilik darajasi erkaklarnikiga qaraganda yuqori, ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq oliy ma’lumot oladilar. SHunga qaramay, muammo mavjud va u eng avvalo kelgusidagi kasblarni tanlashda, ya’ni ayollar “o‘zlariga xos” kasblarni (tibbiyot, pedagogika), erkaklar esa “o‘zlariga xos” kasblarni (iqtisodiyot, moliya va h.z.) tanlayotganlarida namoyon bo‘ladi. SHu sababli Skandinaviya mamlakatlarida olib borilayotgan gender tenglik siyosatini tugallangan deyish qiyin, chunki mazkur mamlakatlarning hukumatlari oldida hal etilishini talab qilayotgan vazifalar hamon bor.

SHunday qilib, XX asr oxirlarida eng yuqori gender tenglik darajasiga dunyoning atigi bir nechta mamlakatida erishilgan. BMT Bosh Assambleyasining hisobotida ta’kidlanishicha, bunday mamlakatlar dunyoda atigi to‘rtta (SHvetsiya, Daniya, Finlyandiya va Norvegiya). Ushbu mamlakatlarda bir vaqtning o‘zida o‘rta ta’limda gender tenglikka erishilgan (o‘rta maktabga qatnaydigan qiz bolalar 95%dan ko‘proqni tashkil qiladi), parlamentdagi ayollar ulushi kamida 30%ni va sanoat hamda xizmatlar sohasidagi ayollar ulushi kamida 50%ni tashkil etadi. Mazkur mamlakatlarda erkaklar va ayollar tengligi g‘oyasi nafaqat davlat siyosati sohasida, shu bilan birga jamoatchilikning ongida mustahkam o‘rnashib qolishi uchun, bunday qadriyatlar ijtimoiy turmush normasi bo‘lib qolishi uchun juda ko‘p ishlar qilinmoqda. Davlat siyosati mazkur qoidani shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan. Bunday siyosat “davlat feminizmi” siyosati deb atalishi bejiz emas. Ammo xatto ana shu mamlakatlarda ham to‘la gender tenglikka hali erishilgani yo‘q, shu boisdan ularning hukumatlari va xotin-qizlar NNTlari bu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirmoqdalar.


1 Манба: The Millennium Development Goals. The Millennium Summit Materials. September 2000.


2Инсон Ҳуқуқлари Умумжаҳон Декларацияси. БМТ Бош Ассамблеясининг 217 А сонли 1948 йил 10 декабрдаги резолюцияси.

3Вебер М. Основные социологические понятия // Вебер М. Избранные произведения. М.: Прогресс, 1990.

4Гендер и культура. Учебное пособие для студентов гуманитарных факультетов. Душанбе. Информационное агентство «Азия-плюс».1999.

5Инсон ривожланиши тўғрисида маъруза. Ўзбекистон. 1999. Тошкент.

6Меҳнат ва ижтимоий муҳофаза вазирлиги маълумотларига кўра. ”Г ендерные аспекты Макроэкономики”. Т., 2005 семинари

7Большая Советская Энциклопедия, Москва, 2-е изд., 1954, т. 29 , с. 193

8«Мир свободный от насилия», Бишкек, 1999, с.22

9Преступление и порабощение, Доклад Всемирной сети за выживание., Предисловие Посадская-Вандербек А., М.,1997, с. 3.


Download 287,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish