Gender tenglik masalalari


Erkaklar va ayollarning siyosatda teng ishtirok etishini ta’minlash: Evropa tajribasi



Download 287,5 Kb.
bet10/13
Sana31.12.2021
Hajmi287,5 Kb.
#251542
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Insho 11

Erkaklar va ayollarning siyosatda teng ishtirok etishini ta’minlash: Evropa tajribasi. Xotin-qizlarning boshqaruvda va gender tengligini real ta’minlashda keng qatnashishlari uchun shart-sharoitlar dunyoning juda kam mamlakatlarida mavjud. Biroq tenglikni ta’minlash hamda qonunlarga rioya etish uchun barcha regionlarda huquqiy chegaralarni mustahkamlashda siljishlar kuzatilmoqda.

BMTning Xotin-qizlar fondi bo‘lmish YUNIFEM ma’lumotlariga ko‘ra, 1987 yildan 2000 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida ko‘pgiga mamlakatlarning parlamentlarida ayollarning ulushi oshdi. Ayniqsa bunday sezilarli o‘sish Janubiy-Afrika Respublikasida, Uganda, Mozambik, Argentinada, Bagam orollarida, Barbadosda, Ekvadorda, Salvadorda, Avstraliyada, Avstriyada, Belgiyada, Kanadada, YAngi Zelandiyada, SHvetsiyada i Buyuk Britaniyada kuzatilganligi qayd etildi. Hokimiyatning siyosiy tuzilmalarida xotin- qizlarning ishtirok etishi oshganligining sababi xotin-qizlar uchun turli kvotalar belgilanganligidadir. CHunonchi, masalan, Janubiy-Afrika respublikasida qonunchilik hokimiyatning mahalliy organlariga majburiy gender kvotalarni ko‘zda tutadi, lekin hokimiyat organlarida xotin-qizlar vakilligining milliy darajada oshishida etakchi siyosiy partiya - Afrika Milliy Kongressining Ustaviga kvotalar to‘g‘risidagi qoidalar kiritilganligi asosiy rol o‘ynadi. Maltada va Niderlandiyada ham, shuningdek Evropaning ko‘plab boshqa mamlakatlarida ham ayollarning parlamentdagi yuqori vakilligi siyosiy partiyalarning ustavlariga gender kvotalar to‘g‘risidagi qoidalarning kiritilganligi bilan ta’minlanmoqda.

Tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, kvotalar turli davlatlarda turli sabablarga ko‘ra joriy etilgan. Masalan, Indoneziyada xotin-qizlar tashkilotlarining aktiv faoliyati va jamiyatni demokratilashtirish jarayoni boshlanganligi, Janubiy Afrikada milliy harakat yuksalganligi, aparteid siyosati tanazzulga uchraganligi va Afrika Milliy Kongressi hokimiyat tepasiga kelganligi kvotalarning qabul qilinishiga omil bo‘ldi. An’anaviy jamiyatlarda, masalan Indoneziya va Koreyada gender tenglik yuqoridan davlat darajasiga chiqariladi, lekin davlat xotin-qizlarga nisbatan paternalistik pozitsiyani saqlab turadi. Biroq, Koreyada, ehtimol, shu tufayli kvotalar to‘g‘risidagi qoidalar qabul qilinganidan keyinoq darhol xotin-qizlarning vakilligini oshirish bo‘yicha ajoyib natijalarga: 5, 9 % dan 13% gacha erishishga muvaffaq bo‘lindi18.

Bosniya va Serbiya singari postkommunistik mamlakatlarda ham kvotalar jamiyatni demokratlashtirishning zarur sharti sifatida joriy etildi. Gretsiya “Evropa Kengashining qarorlar qabul qilish jarayonida ayollar va erkaklarning teng ishtirok etishi yuzasidan 1996 yil 2 dekabrdagi tavsiyasini bajara borib” kvotalarni joriy etdi. Postkommunistik mamlakatlar uchun Evropa Kengashiga kirishga bo‘lgan yo‘nalish qonunchilik darajasida kvotalashni qabul qilish uchun bir omildir. Partiya kvotalari Sotsintern a’zolari bo‘lgan ko‘plab sotsial-demokratik partiyalarning ustaviga kiritilgandi.

SHu bilan birga kvotalarni joriy etish samaradorligi har xil, va bu tadbir xotin- qizlarning parlamentdagi vakilligini sezilarli tarzda oshirishga olib keladi. Boshqa tomondan erkin fikrlash, tolerantlik va demokratiya an’analari azaliy barqaror bo‘lgan va fuqarolarning teng huquqliligini ta’minlashga doir qonunlar ishlab chiqilgan mamlakatlarda, masalan Niderlandiyada hokimiyat tepasida ayollar vakilligining yuqoriligi kvotalarni joriy etmasdan ham ta’minlanadi. Bunday an’analari bo‘lmagan, jamiyatda esa xotin-qizlarni siyosatda ko‘tarishga qarshi kuchli dunyoqarash mavjud bo‘lgan “o‘tish davri” mamlakatlarida kvotalashtirish erkaklar va ayollarning siyosiy teng vakilligini ta’minlashning samarali usuli bo‘lishi mumkin.

Gender xarakteristikalari turlicha bo‘lgan turli mamlakatlar parlamentlarining faoliyatini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, deputatlar korpusi tarkibida ayollar 20%dan ko‘p bo‘lganda, qonun chiqaruvchilar bolalar manfaatlarini ko‘zlab qonun loyihalarini jiddiy ravishda ishlab chiqa boshlaydilar. Ayollar ulushi 30%ga yaqinlashib qolganda esa xotin- qizlarning manfaatlariga mos keluvchi qonunlar va davlat dasturlari paydo bo‘ladi. Davlat hokimiyati tuzilmalarida ayollar va erkaklar bab-baravar qatnashganda mas’uliyatli siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy qarorlar qabul qilinadi, bu esa mamlakatning barqaror rivojini ta’minlaydi. SHu boisdan g‘arb mamlakatlarida demokratiyaning rivojlanishini xotin- qizlarning siyosatdagi ishtirokini kengaytirish va gender stereotiplarining buzilishi bilan bevosita bog‘laydilar.

Xotin-qizlarni yuqori hukumat lavozimlariga tayinlashda ham taraqqiyot kuzatilgan. 1990 yildan keyin 24 nafar xotin-qiz davlatlar yoki hukumatlarning boshliqlari etib saylangan. 1994 yilning oxirida xotin-qizlardan 10 nafari o‘z mamlakatlarining hukumatlarini boshqarganlar, bu esa tarixda misli ko‘rilmagan xodisa bo‘lib qoldi. 1987 -

  1. yillar orasida xotin-qizlar vazirlik lavozimlarini egallamagan mamlakatlar soni 93tadan 62tagacha kamaydi. SHu paytga kelib, olti mamlakatda (Daniya, Niderlandiya, Norvegiya, Seyshel orollari, Finlyandiya va SHvetsiyada) ayollar vazirlarning taxminan uchdan bir qismini tashkil etganlar. Agar 1987 yilda 14 ta mamlakatda ayollar shunday amal darajasida 15%ni tashkil etgan bo‘lsalar, 1994 yilda 23 mamlakatda shunday bo‘lgan. Biroq bunday taraqqiyot hamma mamlakatlar va regionlarda ham kuzatilmagan. Masalan, dunyoning 25 mamlakatida ayollar na vazirlik lavozimlariga, na undanda pastroq lavozimlarga tavsiya etilgan. Mana shu mamlakatlarning yarmidan ko‘pi Osiyoda va Tinch Okean havzasida joylashgan.

Davlatni boshqarishda xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirishga Niderlandiyada, Irlandiyada, Kanadada, Germaniyada muhim ahamiyat berishmoqda. Mana shu mamlakatlarda xotin-qizlarni hokimiyat saylov organlarida, boshqaruvchilik rahbarlik lavozimlarida, oliy va o‘rta bo‘g‘in vazirlik tuzilmalarida yanada keng ishtirok ettirish maqsadida davlat xizmatchilarini jinsiy belgisiga qarab tanlash davlat siyosati darajasida olib borilmoqda.

Niderlandiya hukumati amalga oshirayotgan ijobiy harakatlar strategiyasi “xotin- qizlarga nisbatan do‘stona” vaziyatni vujudga keltirishga olib keldi. Emansipatsiya Kengashi va jinslar tengligi siyosatini muvofiqlashtirish Departamenti tashkil etildi. Hokimiyat organlarida xotin-qizlar sonining oshishi hukumat va siyosiy partiyalar ijobiy xarakatlari siyosatining natijasi bo‘ldi. XX asr oxiriga borib, Niderlandlar parlamentdagi deputat ayollar ulushi bo‘yicha dunyoning 164 mamlakati orasida beshinchi o‘rinni egalladilar .


Download 287,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish