Mundarija Kirish. Belgiyada buxgalteruya hisobi tizimi va uning o’ziga xos xususiyatlari. Belgiyada buxgalteriya hisobining qonuniy va me’yoriy asoslari. Belgiyada buxgalteriya hisobining tamoyillari va moliyaviy hisobotlarning tarkibi va
Kirish. 3
1.Belgiyada buxgalteruya hisobi tizimi va uning o’ziga xos xususiyatlari. 5
2.Belgiyada buxgalteriya hisobining qonuniy va me’yoriy asoslari. 9
3.Belgiyada buxgalteriya hisobining tamoyillari va moliyaviy hisobotlarning tarkibi va mazmuni. 11
4.Belgiyada moliyaviy hisobotning mazmuni, ularning tuzilishi va tarkibi. 19
Xulosa. 26
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 28
Kirish.
Bozor iqtisodiyotining barpo bo'lishi va rivojlanishi hamda iqtisodiyotni modemizatsiyalash buxgalteriya hisobining qo'llanilish chegaralarini kengaytinnoqda. Chunki yangi hisob obyektlari va buning natijasi sifatida hi sob axborotlaridan yangi foydalanuvchilar paydo bo'ladi. Shuning uchun buxgalteriya hisobi oldida uni yangi sharoitlarga moslashtirish bO'yicha vazifalar paydo bo'lmoqda. Hisob axborotlari hajmining doimiy o'sib borishi, uning sifatiga zarar yetkazmasdan, buxgalteriya hisobi shakllari va uslublarini yanada takomillashtirib borishni, EHM yordamida dastlabki hisob axborotlarini ro'yxatga olish va ishlov berish vaqtini qisqartirishni taqozo etmoqda.
Bozor munosabatlari rivojlanishi natijasida boshqaruvning axborot tizimi rivojlanmoqda. Uning asosini buxgalteriya hisobining axborot tizimi tashkil etadi. Bu axborot tizimining ajralib turuvchi belgilari: to'- liqlik, hujjat bilan asoslanganlik, pul o'lchovining qo'llanilishi va boshqalar bo'lib, hisob axborotlarini o'zgartirish va boshqaruv apparatiga hamda har qanday darajadagi tashqi axborotdan foydalanuvchilarga yetkazish va umumlashtirishga irnkon beradi. Shu bilan birga ular xo'jalik yurituvchi subyektning moliya-xo'jalik faoliyati to' g'risida aniq tasavvurga ega bo'ladilar.
Buxgalteriya hisobi nazariyasi bizni o'rab turgan moddiy dunyoning rivojlanish dialektikasiga, amaldagi iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarga, qonunchilik va me'yoriy hujjatlarga tayangan holda buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillarini, uning uslubiyatini tashkil etuvchi usullarini hozirgi zamon boshqaruv talablariga mos ravishda o'rganadi.
Buxgalteriya hisobini ilmiy asoslangan uslubiyat, ilg'or chet el va mamlakatimiz tajribasini umumlashtirish hamda boshqaruv sohasidagi zamonaviy talablar negizida tashkil etish amaliyoti manfaatdor axborotdan foydalanuvchilarga har bir xo'jalik yurituvchi subyekt bo'yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborotlami taqdim etish imkonini beradi.
Kurs ishining maqsadi Belgiya Respublikasida buxgalteriya hisobining mohiyati, vazifalari va maqsadlari, unda baholash usullari va buxgalteriya hisobidagi rolini o'rganishdan iborat.
Belgilangan maqsadga muvofiq quyidagi tadqiqot vazifalari belgilandi:
- buxgalteriya hisobini yuritilish tartibini aniqlash;
- Belgiya buxgalteriya hisobi standartlari va MHXSga muvofiq buxgalteriya hispbini tavsiflash va ular o'rtasidagi farqlarni aniqlash;
Tadqiqot usullari - tadqiqot muammosi bo'yicha nazariy va me'yoriy-huquqiy adabiyotlarni o'rganish, ko'rib chiqilayotgan kurs ishi mavzusiga oid mamlakatning buxgalteriya hisobini tahlil qilish, yuqorida tavsiflangan manbalarni sintez qilish.
Nazariy va uslubiy asosni Belgiya Respublikasi qonunlari, Belgiya Respublikasi hukumatining qarorlari, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS), Belgiya Respublikasi milliy buxgalteriya standartlari, mahalliy va xorijiy olimlar, iqtisodchilar va moliyachilarning monografik ishlar tashkil etdi.