G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov


-§ Yog‘ochlikning tuzilishi



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

 
21-§ Yog‘ochlikning tuzilishi
Yog‘ochlikning tuzilishi. Yog‘ochlik tarkibiga: o‘tkazuvchi naylar, 
traxeidlar va yog‘ochlik tolalari (libroform) - dan tashqari tirik 
hujayralar yog‘ochlik parenximasi, o‘zak nurlari, tolasimon traxeid, 
ko‘ndalangiga bo‘lingan (o‘rta qismidan bir nechaga) tolalar, 
o‘rinbosuvchi tolalar kiradi (90-rasm). 
171


Yog‘ochlikning asosiy qismi o‘lik hujayralar naylar, traxeidlar, 
tolalar (libriform) tashkil etadi. Bulardan tashqari tirik hujayralar ham 
bo‘lib, ularda moddalar to‘planadi va harakat qiladi. Bu moddalar 
bahorda shakarga aylanib, suv bilan birgalikda poyalarning yosh 
o‘suvchi qismiga yetib boradi. Aniqlanishicha, yog‘ochlikda faqat 
tirik elementlar bo‘lgandagina suv va mineral tuzlarni o‘tkaza olishi 
mumkin.
Kambiy hujayralari nursimon parenximasidan tashqari barcha 
yog‘ochlikning elementlarini hosil qiladi (bu albbatda novdalarning 
kuchli o‘sishi, yangi barglarning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq). Kambiy 
mavsumga qarab ishlaydi. Bahorda yangi novdalar va barglar paydo 
bo‘lganda kambiy jadal ishlab yirik diametrli yupqa po‘stli suv 
o‘tkazuvchi elementlarni hosil qiladi. Yozda kambiyning ishlashi 
susayadi, u qalin devorli ingichka naylarni (tolalar va qalin devorli 
traxeidlar) hosil qiladi. Kuzda kambiy ishini mutlaqo to‘xtatadi.
Kelgusi yilgi bahorda kambiy yana kuchli ishlay boshlaydi va 
yangi-yangi yog‘ochlikning elementlarini hosil qiladi. Shunday qilib 
yil halqalari hosil bo‘ladi. Birinchi yil bitta ikkinchi yilda ikkita va 
90-rasm. Qayrag‘och о‘simligi poyasining bо‘ylama-radial (A) va 
bо‘ylama-tangental (B) kesmasi:
1 – nuqtali naylar, 2 – libriform, 3 – о‘zak nurlari, 4 – traxid,
5 – yog‘och parenximasi. 


172


h.k. yil halqalariga qarab daraxtlarning yoshi aniqlanadi. Lekin ko‘p 
yomg‘ir yog‘adigan, harorat qish bilan yoz o‘rtasida katta farq 
bo‘lmaydigan mintaqalarda daraxtlarda yil halqalari aniq ko‘rinmaydi. 
Daraxtlarning yoshi bilan halqalarning soni to‘g‘ri kelmaydi. 
Ba’zida birinchi yilda bir necha halqalar ham hosil bo‘ladi, masalan: 
daraxtlarning barglari biror sababga ko‘ra to‘kilsa (hasharotlar 
ko‘payib ketganda) keyin yangidan hosil bo‘lganda kambiy yana 
kuchli ishlab, yangi–yangi halqalarni hosil qiladi, bu esa yil halqalari 
emas. Yil halqalarning kengligiga o‘sish sharoiti katta ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Agar daraxt soya joyda o‘ssa (archalarda) yil halqalari tor bo‘ladi, 
poya va tanasi ingichka bo‘ladi. Daraxtlarning yil halqalari kengligiga 
ob–havo ham ta’sir etadi. Yaxshi ob-havo yili daraxtlar yaxshi o‘sib 
yil halqalari keng bo‘ladi va teskarisi. Daraxtlarning yil halqalarning 
keng va torligiga qarab o‘tgan - oldingi yillardagi ob–havoni ham 
aniqlash mumkin.
Daraxtlarning yoshi ulg‘aygan sari tirik qisimlarning o‘lib borishi 
yog‘ochlikning morfologik o‘zgarishiga va ba’zi moddalarning hosil 
bo‘lishiga olib boradi. Ko‘p daraxtlarda tillalar – (yunon. tilos - xalta) 
tillalar – tirik parenxima hujayralarning o‘sishidan hosil bo‘ladi. 
Tillalar o‘tkazuvchi naylar ichiga poralar orqali kirib (naylar 
atrofidagi parenximaning o‘sishi tushiniladi) naylarning ichini to‘sib 
qo‘yadi va suv o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Ko‘p vaqtlarda tillalarning 
devorlari kuchli qalinlashib ichida smola va oshlovchi moddalar hosil 
bo‘ladi va daraxtlarning zamburug‘lar bilan zararlanishidan va 
yemirilishidan saqlaydi. Tillalar jamg‘aruvchanlik vazifasini ham 
bajaradi.
Kambiy atrofidagi yog‘ochlikni yosh elementlarini zabolon – o‘zak 
atrofi - yog‘ochlikning tashqi qavati deyiladi. Undan ichkarida 
joylashgan yog‘ochlik kam suv saqlaydi, hattoki suv o‘tkazishda 
umuman qatnashmasligi ham mumkin. Agar bu yog‘ochlik 
zabolondan ko‘p farq qilmasa yetilgan yog‘ochlik deyiladi (nok, 
archa). Ba’zi daraxtlarning markazidagi yadrosi zabolondan ko‘p farq 
qilib to‘q rangda bo‘ladi (eman, shumtol, qarag‘ay). Bunda yadroga 
tonin - smola kabi moddalar ko‘p to‘planadi. Bunday yog‘ochlikni 
yadroli yog‘ochlik deyiladi. 
Daraxtlarning evolyutsiyasi shuni ko‘rsatadiki sporali va ochiq 
urug‘li o‘simliklarning suv o‘tkazadigan naylari faqat traxeidlardan 
tashkil topgan (qarag‘ay). Ko‘ndalang kesimda traxeidlar to‘g‘ri 
qatorlar hosil qilib joylashadi, har bir qator bitta kambiy hujayrasidan 
173


paydo bо‘ladi. Avval hosil bо‘lgan traxeidlaning pо‘sti yupqa bо‘lib, 
devorlarida hoshiyali poralar aniq kо‘rinadi. Bu traxeidlar suv 
о‘tkazish vazifasini bajaradi. Yog‘ochlikdan keyin hosil bо‘lgan 
traxeidlarning diametri kichkina devorlari qalin bо‘lib, mexanik 
vazifani bajaradi.
Yil halqalarini chegarasi bir–biridan aniq kо‘rinadi. Traxeidlar 
qatori orasidan radial nurlar о‘tadi. Radial nurlar yog‘ochlikdan 
kambiy orqali pо‘stloqqa qadar chо‘ziladi. Yog‘ochlik nurlari ikki 
tipdagi hujayralardan iborat. Nurlarning yuqorigi va pastgi 
yaruslaridagi hujayralar о‘lik bо‘lib, radial chо‘zilgan, hujayra 
devorida mayda hoshiyali poralar joylashgan. Bu hujayralarni traxeid 
nurlari deb ataladi. Bularning vazifasi radial tomonga suv о‘tkazishdir. 
О‘rta yarusdagi hujayralar tirik bо‘lib, unda protoplastlar va 
jamg‘arma oziq moddalar yaxshi kо‘rinib turadi va yon tomonlarga 
harakatda bо‘ladi.
Qarag‘ay yog‘ochligida bulardan tashqari ichki qismi smola bilan 
tо‘lgan vertikal va gorizontal smola yо‘llari ham mavjud. Daraxt 
yaralanganda smola tashqariga oqib chiqib yarani bekitadi. 
Yopiq urug‘li о‘simliklarni yog‘ochliklari uchun xos xususiyat 
ularda naylarning bо‘lishidir. Lekin yopiq urug‘li о‘simliklarning 
orasida naylar uchramaydigan turlar ham mavjud. Shuning uchun 
yopiq urug‘li о‘simliklarni ikki guruhga bо‘lish mumkin: 
1) ikkilamchi naysiz о‘simliklar, ya’ni avlodlarning yog‘ochligida 
naylari bо‘lib, evolyutsiya natijasida yashash sharoitiga moslashib, 
naylarni yо‘qotgan (suvda yashovchi о‘simliklar parazitlar); 
2) birlamchi naysiz о‘simliklar ya’ni avlodlarida hech qachon 
naylar bо‘lmagan, (nepentus - kuvacha, suvda yashaydigan 
hasharothо‘r о‘simlik) hozirgi vaqtda 5 ta oila, 10 ta turkumga 
mansub о‘simliklar (drimis, bubbiya, ekzospemum, zigoginum, 
belliolum, psevdovintera, amborella, sarkandra, tetratsentron, 
troxodendron) yog‘ochligi gomoksilyar (yunon. gomo – bir xil, ksilom 
- yog‘ochlik) tipida bо‘lib, yog‘ochligi bir xil traxeidlardan tashkil 
topgan va ninabargli о‘simliklar yog‘ochligiga nisbatan soddaroq 
tuzilgan. 
Yog‘ochlik tuzilishning evolyutsiyasini traxeidlar va naylarning 
xususiyatlarigagina qarab emas, balki yog‘ochlik tolalarining, vertikal 
va nurli parenximalarning tuzilishiga ham qarab kuzatilgan. Umuman 
aytganda, yopiq urug‘li о‘simliklarning yog‘ochligi ochiq urug‘li 
о‘simliklarning yog‘ochligiga nisbatan turli-tuman va murakkabroq 
tuzilgandir. Kuzatishlarning kо‘rsatishicha barg hosil qiladigan yopiq 
174


urug‘li о‘simliklarning poyalaridan suv ochiq urug‘li о‘simliklarning 
poyalariga nisbatan tezroq kо‘tariladi demak, yog‘ochlik tuzilishning 
evolyutsiyasi yopiq urug‘lilarning tez va yaxshi rivojlanishiga keng 
maydonlarni egallashga sabab bо‘lgan omillarning biridir. Bu tо‘qima 
ikki tizimdagi - vertikal va gorizontal (radial) elementlardan tashkil 
topgan (91-rasm).

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish