G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

 
UO‘K: 581.4/8(075.8) 
KBK: 28.56ya73 
 
 
ISBN 978-9943-993-56-3 
© G.S.Tursinbayeva,
G.M.Duschanova, J.S. Sadinov., 2018 
© «Tafakkur bo‘stoni», 2018 


SО‘Z BOSHI 
 
Mazkur darslik 2000-yilda chiqarilgan darsturga muvofiq yozilgan 
bо‘lib, uni yaratishda Nizomiy nomidagi Xalqlar dо‘stligi ordenli 
Toshkent Davlat Pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakultetida 
kо‘p yillar davomida Biologiya va Biologiya о‘qitish metodikasi 
bakalavriat ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun о‘qib kelingan 
ma’ruzalar va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika 
institutining Morfologiya va anatomiya laboratoriyasining ilmiy 
xodimlarining ilmiy ma’lumotlari asosida hamda K. Esau (1980), 
A.E. Vasilyev (1988), Fahn A. (1990) va L.I. Lotovalar (2007) 
“Botanika (О‘simliklarning morfologiyasi va anatomiyasi)” va boshqa 
darsliklari asos qilib olindi va shuningdek kо‘pgina zamonaviy, ilmiy 
tadqiqot natijalari, illyustrativ materiallardan foydalanildi.
Darslikda zamonaviy ilmiy ma’lumotlarga muvofiq – o‘simlik 
hujayrasining tuzilishi, yuksak о‘simliklarning tо‘qimalari, gulli 
о‘simliklar ontogenezining boshlang‘ich davrlari, ildiz va ildizlar 
tizimi novda va novdalar tizimi, yuksak о‘simliklar reproduktiv 
organlarining tavsifi va kо‘payishi, gul va meva, о‘simliklarning 
ekologik guruhlari va hayotiy shakllari haqida nazariy va ilmiy 
ma’lumotlar keltirilgan. 
3


KIRISH 
 
Botanika grekcha «
botane
» sо‘zidan olingan bо‘lib, о‘zbek tilida 
kо‘kat, sabzavot, о‘t, о‘simlik degan ma’noni bildiradi. Botanika fani 
о‘simliklarning tuzilishini, о‘sishini va rivojlanishini, hamda tashqi 
muhit bilan munosabatlarini о‘rganadi. Yer yuzida о‘simliklarning 
tarqalish qonuniyatlari, о‘simliklar olamining kelib chiqishi va 
evolyutsiyasi, ularning turli-tumanligi va tasnifi, xо‘jalik nuqtai 
nazaridan ahamiyatga ega bо‘lgan qimmatli turlarining tabiiy 
zaxiralari va ulardan samarali foydalanish yо‘llari, yem-xashak, 
dorivor, mevali о‘simliklar, sabzavot, texnika ekinlari va boshqa 
turlarini madaniylashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish botanika 
fani oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. 
Botanika fanining yana bir muhim vazifasi tabiatni va о‘simliklar 
resurslarini muhofaza qilishning ilmiy asoslarini yaratishdir. 
О‘simliklar dunyosi tuban va yuksak о‘simliklarga ajratib 
о‘rganiladi. 
Tuban о‘simliklar organik olamning dastlabki bosqichlarida paydo 
bo‘lgan. Ular suvli muhitda yoki sernam yerlarda yashashga 
moslashgan. Evolyutsiya jarayonida yaxshi rivojlanmagan va hozirgi 
kunda ba’zilari sodda tuzilishini saqlab qolgan. Tuban о‘simliklar – 
bir hujayrali, kolonial va kо‘p hujayrali organizmlar hisoblanib, tanasi 
tо‘qima hamda organlarga ajralmagan. Tuban о‘simliklarining 
tо‘qima va organlarga ajralmagan tanasi 
tallom
yoki 
qattana
deb 
ataladi. 
Yuksak о‘simliklar filogenetik jihatdan bir muncha yosh 
о‘simliklardir. Ular quruqlikda yashashga moslashgan. Kо‘pchilik 
yuksak о‘simliklarda poya, barg va ildiz kabi vegetativ organlari 
rivojlangan, shuningdek tо‘qimalarga ajralishi ham kuzatiladi. Ular 
poyabargli о‘simliklar
deb ataladi. Kо‘p hujayrali о‘simliklarning 
tanasi turli hayotiy vazifalarni bajaruvchi bir necha xil hujayralardan 
tashkil topgan. 
Yuksak о‘simliklarning muhim xususiyatlaridan biri yashil rangda 
bо‘lishidir. Aksariyat о‘simliklar (о‘simliklar olamining uchdan ikki 
qismi) yashil rangga ega. Bu rang maxsus bo‘yovchi xlorofillning 
bо‘lishi tufaylidir. Xlorofill о‘simliklarda xlorofill donachalarida hosil 
bо‘ladi. Hayvon hujayralarida xlorofill kuzatilmaydi.
4


Tirik organizmlar oziqlanish usuliga kо‘ra 
avtotrof
va 
geterotrof
guruhlarga bо‘linadi. Avtotrof deb anorganik moddalar bilan 
oziqlanuvchi organizmlarga aytiladi. Ular anorganik moddalardan 
organik moddalar hosil qilish xususiyatiga ega. Yashil о‘simliklar 
uchun bunday energiya quyosh nuri hisoblanadi. Shuning uchun ham 
o‘simliklarda anorganik moddalardan organik moddalar hosil bо‘lish 
jarayoni 
fotosintez
deb ataladi. 
Geterotrof organizmlar deganda avtotrof о‘simliklar tomonidan 
hosil qilingan tayyor organik moddalar hisobiga oziqlanuvchilar 
tushuniladi. Hayvonot olamining vakillari xlorofili bо‘lmaganligi 
tufayli anorganik moddalar hosil qila olmaydi, shuning uchun ham 
ular geterotrof organizmlarga kiradi. Lekin о‘simliklar dunyosining 
uchdan bir qismi (bakteriyalar, zamburug‘lar va shilimshiqlar) 
xlorofillga ega emas. Ular ham tayyor organik moddalar hisobiga 
oziqlanadi. 
Geterotrof bakteriyalar tashqi muhitdan organik moddalarni butun 
yuzasi orqali о‘zlashtiradi. Azot va shunga о‘xshash elementlarni 
mineral birikmalardan о‘zlashtirishi ham mumkin. Organik 
moddalarning oksidlanishi ular uchun energiya manbai bо‘lib qoladi. 
О‘simliklardan foydalanish xarakteri bо‘yicha bir necha guruhga 
bо‘linadi. Bunda eng muhimi inson uchun oziq hisoblangan 
о‘simliklardir. Bularga bug‘doy, sholi va makkajо‘xori kabi qimmatli 
о‘simliklar kiradi. Sabzavot о‘simliklardan birinchi о‘rinda kartoshka 
turadi. Boshqa sabzavot о‘simliklarining ahamiyati ham kam emas. 
Insonni oziq moddalar bilan ta’minlashda rezavor-meva, boshoqli, 
dukkakli о‘simliklar ham katta ahamiyatga ega. Tarkibida qand 
saqlovchi о‘simliklar ham qimmatli hisoblanadi. 
О‘simliklarning ikkinchi guruhini sanoatda foydalaniladigan turlar 
tashkil etadi. Ular moyli, efir moyli, tolali, oshlovchi, bо‘yoq va 
kauchuk saqlovchi о‘simliklar hisoblanadi. 
Uchinchi guruhga dorivor о‘simliklar kirib, ular turli kasalliklarni 
davolashda ishlatiladi. Bu guruhga yovvoyi holda о‘stiriladigan choy, 
qahva, shokolad о‘simliklari kiradi. Choy va qahva о‘simliklaridan 
qahvain alkaloidi, qahva va shokolad daraxtlaridan teobromin 
alkaloidi olinadi. Qishloq xо‘jaligida yem-xashak о‘simliklarini 
tashkil qiluvchi IV guruh ham katta ahamiyatga ega. Beshinchi 
guruhni tuban о‘simliklar, ayniqsa bakteriyalar va zamburug‘lar 
tashkil etib, ular inson tomonidan achitish jarayonlarida foydalaniladi 
5


va tuproq unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Tuban 
о‘simliklar tibbiyotda keng qo‘llaniladigan antibiotik moddalar 
olishda asosiy xom-ashyo hisoblanadi. Insonning xо‘jalik faoliyatida 
о‘simliklardan hosil bо‘lgan mahsulotlar-toshko‘mir, qо‘ng‘ir kо‘mir, 
yonuvchi slanets, torf, sapropel va neft kabilar muhim rol о‘ynaydi. 
Jonli tabiatning muhim tarkibi hisoblangan о‘simliklar biologik 
moddalarning normal aylanishini ta’minlaydi, atmosferani kislorodga 
boyitadi, organik moddalar tо‘playdi, bu esa о‘z navbatida inson va 
hayvonlar uchun oziqa mahsuloti bо‘lib xizmat qiladi.
О‘simliklar mikroiqlimga ta’sir qiladi, issiqlik muvozanatining 
shakllanishida muhim ahamiyatga ega, havoning nisbiy namligini 
oshiradi, joyning suv va havo rejimiga ta’sir etadi. Zararli 
birikmalarning bir qismini va CO
2
ning ortiqcha miqdorini yutadi. 
Insonni changdan saqlashda, о‘pirilishni oldini olishda ham yashil 
о‘simliklarning roli katta. Nihoyat о‘simliklar insonga estetik zavq 
bag‘ishlaydi. 
Hozirgi vaqtda insoniyatning yashab qolishi va uning kelajagi 
asosan о‘simliklar dunyosiga bog‘liq bо‘lib qolmoqda. Chunki u inson 
uchun faqat oziq, boshpana, dori-darmon beribgina qolmay, balki 
aholi yashaydigan tabiiy muhitning muhim tarkibiy qismi ham 
hisoblanadi. 
Noyob va yо‘qolib borayotgan о‘simlik turlarini saqlab qolish va 
kо‘paytirish bir necha yo‘l bilan amalga oshiriladi. Birinchidan, 
bunday о‘simliklardan foydalanishni man etuvchi qonunlar chiqarish; 
ikkinchidan, botanika bog‘lari va boshqa shunga о‘xshash 
tashkilotlarga bunday о‘simliklarni keltirib, ularni parvarishlash; 
uchinchidan, noyob о‘simliklarni qо‘riqxona va buyurtmaxonalarda 
muhofaza qilish.
Hozirgi vaqtda o‘simliklar dunyosini har tomonlama o‘rganuvchi 
Botanika fani alohida-alohida bo‘lgan bir qancha bo‘limlarni: 
morfologiya, anatomiya, sistematika, o‘simliklar ekologiyasi, 
fitotsenologiya, o‘simliklar geografiyasi, poleobotanika va 
boshqalarni o‘z ichiga oladi. Bu bo‘limlarning har biri o‘z sohasida 
o‘ziga xos uslublar yordamida bajarilgan ilmiy tadqiqotlarga ega. 

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish