G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov


-rasm. Oddiy kiparis poyasining kesmasi



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

91-rasm. Oddiy kiparis poyasining kesmasi:
A – kо‘ndalang kesmasi, B – bо‘ylama-tangental kesmasi, V – bо‘ylama-
radial kesmasi. 1 – epiderma qoldig‘i, 2 – fellema qavati, 3 – fellogen,
4 – pо‘stloq parenximasi, 5- floema, 6 – floema elementlari, 7 –lub tolalari, 8 
– pо‘stloq tirqishlari, 9-13 – о‘zak nurlari, 10 – kambiy, 11 – yog‘ochlikning 
yillik halqasi (13 yosh), 12 – halqasimon traxeidlar, 14 – о‘zak,
15 – spiralsimon traxeidlar (birlamchi), 16 – о‘zak parenximasi. 
175


Vertikal joylashgan tizimga yо‘ldosh hujayralar bilan birgalikda 
elaksimon naylar, vertikal joylashgan lub parenximasi va lub tolalari 
kiradi. Gorizontal elementlariga esa lub nurlari kiradi. Bulardan 
tashqari ajratuvchi tо‘qimalar ham uchrashi mumkin. 
Lub tolalari kо‘pincha qattiq lub deb nomlanib qavatlar hosil qilib 
joylashadi, ularning oralig‘ida tirik hujayralardan iborat bо‘lgan 
yumshoq lub guruhlari joylashadi. Yumshoq lub tarkibiga – yо‘ldosh 
hujayralari bilan birgalikda elaksimon naylar va lub parenximasi 
kiradi. 
Ikkilamchi lubga ikki xil sharoit kuchli ta’sir kо‘rsatadi. 
1) Yog‘ochlik kuchli о‘sish natijasida pо‘stloqni markazdan chetga 
suradi, bu vaqtda hujayralarning shaklini о‘zgarishi ikki yо‘nalishda 
boradi: a) aylana bо‘ylab chо‘ziladi (tangental); b) radial tomondan 
siqiladi. 
2) Ikkilamchi lubning qatnashishi natijasida pо‘stloqning ustki 
tomonida ikkilamchi va uchlamchi himoya qiladigan tо‘qimalar hosil 
bо‘ladi (92-rasm). 
Radial tomonga siqilgan lub juda tez plastik moddalarni о‘tkazish 
xususiyatini yо‘qotadi. Elaksimon elementlar ezilib о‘ladi. Faqat ba’zi 
bir daraxtlarda (juka) bir necha yil о‘lmasdan о‘tkazuvchanlik 
xususiyatini davom ettiradi. Shunday qilib pо‘stloqda moddalarning 
vertikal о‘tkazuvchi qismi juda oz bо‘lib faqat 1 mm ni tashkil etadi.
Lubning ba’zi parenxima hujayralarini devorlari qalinlashib, 
sklereidlarga aylanishi mumkin va poyaning mustahkamligini 
ta’minlashda qatnashadi. Lub pо‘stloqning tangental chо‘zilishiga 
xizmat qiladi. Bu vaqtda lubning yupqa pо‘stli tirik hujayralari 
joylashgan yeri yorilib ketmasligi uchun (birlamchi parenxima nurlari) 
kuchli tangental chо‘zilib о‘sadi va kengayadi. Bunday nurlarning 
kambiyga qaragan uchki tomoni uchburchak shaklida bо‘ladi. 
Bir pallali о‘simliklarning poyalarini anatomik tuzilishini о‘ziga 
xos xususiyatlaridan biri kambiy tо‘qimasining yо‘qligidadir va shu 
bilan ikki pallali о‘simliklar poyasini tuzilishidan farq qiladi. Ba’zi bir 
pallaliklardagina yaxshi rivojlanmagan kambiyning ishi kuzatilishi 
mumkin.
176


Agar bir pallalik о‘simliklarning poyasida ikkilamchi qalinlashish 
vujudga kelgan bо‘lsa, unda bu jarayon о‘tkazuvchi naylar boylamdan 
tashqarida paydo bо‘lgan maxsus meristema tо‘qimasi hisobiga 
bо‘ladi. Bir pallalik о‘simliklarning о‘tkazuvchi naylar boylamlari 
kambiysiz yopiq tipda bо‘lib, prokambiy boylamlaridan paydo bо‘ladi 
va ikkilamchi tо‘qimalar hosil bо‘lmaydi.
Kambiysi bо‘lmagan lekin juda kо‘p barglari rivojlangan 
о‘simliklarning poyasiga shu kо‘p barglarni izlari kirib, poyaning 
kо‘ndalang kesimini barcha qismiga tarqaladi. Poyaga kirgan barg 
izlari tarkibiga kirgan boylamlar turlicha harakatda bо‘ladi, ba’zilari 
tez poyaga kirib poya bо‘ylab pastga yо‘naladi va sо‘ngra chetdagi 
boylamlar bilan qо‘shiladi, boshqalari poyaning markaz qismiga о‘tib, 
sо‘ngra chetga qarab yо‘naladi. Ularning poya о‘tkazuvchi naylar 
boylamlari bilan qо‘shilishi bо‘g‘im oraliqlarini turli qismlarida bо‘lib 

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish