G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov


Embrion (murtak)ning rivojlanishi



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

Embrion (murtak)ning rivojlanishi.
Urug‘lanish sodir bо‘lgandan 
keyin, tuxumhujayra parda bilan о‘ralib tinchlik davrini о‘taydi. Bu 
davr sharoitga bog‘liq bо‘lib, bir necha vaqtga chо‘zilishi mumkin. 
Masalan, g‘alladoshlar va murakkabguldoshlarda bu eng qisqa vaqt 
bо‘lib, bir necha soat davom etadi. Shundan keyin tuxumhujayra 
kо‘ndalangiga ketgan tо‘siq bilan ikkita hujayraga, ya’ni chang 
yо‘liga qaragan terminal va unga qarama-qarshi tomonda bazal 


155-rasm. Yopiq urug‘li о‘simliklarning qо‘sh urug‘lanishi:
A-bitta urug‘kurtakli tuguncha,; B-tо‘rtta urug‘kurtakli tuguncha;
1-tumshuqcha, 2-ustuncha, 3-tuguncha, 4-urug‘kurtak, 5-murtak xalta, 6-tuxum 
hujayra sinergidlar, 7-antipodlar, 8-ikkita polyar yadro, 9-tumshuqchada 
о‘sayotgan chang, 10-chang nayining uchki qismida ikkita spermiy kо‘rinmoqda, 
11-changdon, 12-changipi, 13-tojbarg, 14 kosachabarg. 
291


hujayralarga bо‘linadi. Keyinchalik bu hujayralar har xil bо‘linadi. 
Masalan, butguldoshlar oilasining vakillarida bazal hujayra 
kо‘ndalangiga, terminal hujayra uzunasiga bо‘linib, boshlang‘ich 
murtak hosil qiluvchi hujayraga aylanadi. Har qaysi bо‘lingan 
terminal hujayra bir necha bor kо‘ndalangiga va uzunasiga bо‘linib, 
hamma tomoni tо‘rt burchak hujayralar yuzaga keladi. Shu 
hujayralarning har biri bо‘linib, oktang (lot. okto – sakkiz) deb 
ataladigan hujayralarga aylanadi. 
Bir vaqtning о‘zida bazal hujayra kо‘ndalangiga va ba’zan 
uzunasiga ketgan tо‘siqlar bilan bо‘linib tortma (osilma-sop) hosil 
qiladi. Tortma embrion paydo qiladigan terminal hujayraning oziq 
moddalarini embrionning rivojlanishi uchun sarf bо‘ladigan 
endosperm bilan tо‘luvchi embrion xaltasi bо‘shlig‘iga surib tushiradi. 
Endosperm – urug‘dagi oziq moddalarni yig‘uvchi maxsus tо‘qimaga 
aylanadi. Tortmaning eng yuqori qismidagi hujayra о‘sib pufaksimon 
nayga о‘xshab, gaustoriya sо‘rg‘ichga aylanadi.
Oktang hujayralarning ostki qismidan novdaning о‘sish nuqtasi, 
ikki pallali о‘simliklarda ikkita urug‘palla, ustki qismida gipokotil 
(yunon. xipo – urug‘palla osti) taraqqiy etadi. Urug‘pallalar bilan 
tortma о‘rtasidagi pastki hujayradan birlamchi ildiz hosil bо‘ladi. 
Urug‘pallaning pastki bandi epikotil (yunon. epi – ustida, kotil – 
urug‘palla) deb ataladi. Boshlang‘ich novda kо‘pincha bо‘rtma 
kо‘rinishida bо‘lib, uning atrofini boshlang‘ich barglar о‘rab olib 
kurtak yuzaga keladi. Bir pallali о‘simliklarda embrion ichidagi 
ikkinchi urug‘palla juda erta nobud bо‘ladi. Shuning uchun urug‘ unib 
chiqqanda faqat bitta urug‘palla bilan о‘sadi. О‘sish nuqtasi 
novdaning yon tomonida joylashadi (156 – 157-rasmlar). 
Kо‘pgina orxisdoshlar va parazit hamda saprofit о‘simliklarda 
embrion juda kichkina bо‘lib, bir xil shakldagi hujayralardan tashkil 
topadi. Endosperm urug‘murtakning rivojlanishi uchun muhim oziq 
moddadir. Asosan ikki xil endosperm (nuklear va sellyular) bо‘ladi.
292



Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish