Fuqaro himoyasi



Download 21,33 Mb.
bet68/115
Sana17.07.2022
Hajmi21,33 Mb.
#817453
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   115
Bog'liq
Fuqaro himoyasi

Kuydirgi (sibir yarasi) - o'tkir bakterial zoonoz yuqumli kasallik bo'lib, intoksakatsiya, teri, limfa tugunlari va ichki a'zolarning seroz -gemorragik yallig'lanishi hamda terida o'ziga xos yaralarni paydo bo'lishi bilan kechadi.
Kuydirgi qo'zg'atuvchisi sporalar hosil qiluvchi harakatsiz tayoqcha. Sporalari juda chidamli bo'lib, suvda yillab, tuproqda o'n yillab yashaydi. Kuydirgidan o'lgan hayvonlar ko'miladigan joylar, kasal hayvonlar axlati, siydigi bilan ifloslangan yaylovlar uzoq yillargacha kuydirgi sporalari bilan zararlanganicha qoladi.
Kuydirgi bilan ko'pincha qoramol, ot, qo'y, eshak, kamroq cho'chqa kasallanadi. Ulardan muShuk, it, yovvoyi yirtqich hayvonlar kasallikni yuqtirishi mumkin. Hayvonlar kasal hayvonning axlati, siydigi tekkan ozuqani yeganda kasallanadi. Kasal hayvonda talvasa, axlatning qon aralash ketishi kuzatiladi, kasallik 2-3 kun cho'ziladi va hayvonning o'limi bilan tugaydi.
Kasallik odamga kasal hayvonga qaraganda, Shuningdek kasal hayvondan olingan xom ashyoni qayta ishlashda yuqadi. Kuydirgi qo'zgatuvchisi odam organizmiga tirnalagan va chaqalangan teri orqali, nafas a'zolari va oshqozon
- ichak yo'llari orqali kiradi. Teri orqali tushganda teri kuydirgisi, nafas
a'zolari orqali kirganda o'pka kuydirgisi, alimentar yo'l bilan tushganda esa
ichak kuydirgisi rivojlanadi.
Kuydirgi tarqalgan joyda sanitariya tadbirlari o'tkaziladi. Epidemiya tarqalgan joydagi aholi va hayvonlar kuydirgiga qarshi emlanadi va Shaxsiy gigiena qoidalariga qattiq rioya etish talab etiladi.
Oqsim (yashur) - intoksikatsiya, og'iz, til, burun shilliq pardasida, barmoqlar orasidagi va tirnoqlar atrofidagi terida yarachalar (aftalar) hosil bo'lishi bilan kechadigan o'tkir yuqumli kasallik.
Oqsim quzg'atuvchisi virus. Oqsim hayvonlar orasida keng tarqalgan kasallik bo'lib, uning epizootiyasi bir necha marta qayd etilgan. Kasallik ko'proq yosh hayvonlarda tarqalib, ularning o'limiga sabab bo'ladi.
Virus hayvonning axlati, siydigi, so'lagi va suti orqali tashqi muhitga ajraladi. Hayvonlar kasal hayvonning ajratmalari tekkan ozuqani yeganda kasallanadi. Oqsim bilan og'rigan hayvonlar yem - xashakni yemay qo'yadi, kamharakat bo'lib qoladi, so'lagi oqadi, og'iz shilliq pardasida, aksari oyoqlari terisida ko'plab mayda pufakchalar paydo bo'ladi. Ular tezda yorilib, o'rnida yuza joylashgan yarachalar hosil bo'ladi.
Odam zararlangan sutni qaynatmasdan iste'mol qilganda, pishirilmagan sutdan taeorlangan mahsulotni iste'mol qilganida, kasal hayvonni parvarish qilganida kasallikni yuqtirishi mumkin. Oqsim ko'proq bolalarga yuqadi, katta odamlar oqsimga nisbatan ancha chidamli. Oqsim odamdan odamga yuqmaydi.
Virus odam organizmiga og'iz bo'shligining shilliq pardasi, ba'zan nafas yo'llari va shikastlangan teri orqali tushadi. Kasallikning yashirin davri 2-12 kun ( aksari 3—4 kun). Kasallik o'tkir boshlanadi, bosh og'riydi, muskullarda og'riq paydo bo'ladi, et junjikadi, tana harorati 38-39 Sgacha ko'tariladi. Tez orada lab, til, lunj shilliq pardalarida, Shuningdek qo'lda, barmoqlar orasidagi terida, tirnoqlar atrofida avvaliga tiniq keyinchalik loyqa suyuqlik bilan to'lgan pufakchalar paydo bo'ladi. Og'iz bo'shlig'ida toshmalar toshganda so'lak ko'p oqadi, so'zlashganda, ovqat chaynaganda, yutganda og'riq paydo bo'ladi va achishadi. Pufakchalar yorilib 10-14 kunda tuzaladigan yarachalar ( aftalar) hosil bo'ladi. Kasallik 15-20 kun cho'ziladi.
Keyingi paytda NATO armiyasida, Rossiya qurolli kuchlari tarkibida nurli qurollar yaratildiki, bular xam qo'llanilganda insoniyatga, atrof-muhitga, inshootlarga, harbiy texnikalarga katta zarar yetkaziladi. Nurli qurollarningta'sir etish xususiyati tYermomexanik ta'sirga asoslangan, ya'ni nurlar dastasi nishonga urilganda, u suyuladi yoki parlanadi (bunda nishonning suyulish haroratiga qarab o'zgaradi).
Nurli qurolning Shunday xususiyatidan foydalanib, dushmanning harbiy texnikalari, qurollari yaroqsiz holatga keltiriladi.
Qurolni odamlarga, atrof-muhitta ta'siri ham termomexanik tarzda ta'sir etadi. Bunday qurollar ayrim davlatlarda sinab ko'rilgan. Jumladan, Xitoy sobiq SSSR chegarasi Xasan ko'li mojarasida bunday quroldan foydalanganligi ma'lum. Nurli qurollarning tipik vakili bu yuqori chastotali oq nurlar dastasi — lazsr nuri hisoblanali.

Download 21,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish