Asosiy adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, T.,O’zbekiston, 1999.
2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T., O’zbekiston 1997.
3. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., O’zbekiston 1999.
4. O’zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni: “ O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to’g’risida”, 4.03.1996.
5. O’zbekiston Respublikasi Qonuni: “Aholini va xududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish to’g’risida”, 20.08.1999.
6. O’zbekiston Respublikasi Qonuni: “Fuqaro ximoyasi to’g’risida”, 20.05.2000.
7. O’zbekiston Respublikasi Qonuni: “Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risida”, 31.08.2000.
8. O’zbekiston Respublikasi Qonuni: “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”, 12.05.2000.
9. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarori: ” O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to’g’risida”, 23.12.1997, № 558.
10. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasiqarori: ” O’zbekiston Respublikasi axolini Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to’g’risida”, 7.10.1998, № 427.
11. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarori: “Texnogen-tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to’g’risida”, 27.10.1998, № 455.
12. M.Tojiev, I.Nepmatov, M.Ilxomov “Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muxofazasi”, darslik, T., 2002.
13. O.Qudratov, T.G’aniev “Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muxofazasi”, T., 2005.
14. I.Nepmatov, M.Tojiev, “Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muxofazasi”, darslik, T., 2011.
15. I.Raxmonov, U.Vahobov, X.Yodgorov “Favqulodda xolatlarda shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish”, T., “Fan”, 2004.
Mavzu: 6. Shikastlanish o’choqlarida qutqaruv va kechiktirib bo’lmas ishlarini tashkillash va olib borish.
Asosiy matn.
Ma'lumki, dushman tomonidan qo'llaniladigan ommaviy qirg'in qurollarining oqibatlari turli xil darajada bo'ladi. Albatta, talafot darajasi ishlatilgan qurol turiga, uning qo'llanilish miqyosiga bog'liq. Mana shunday yadroviy, kimeviy, biologik va kombinatsiyalashgan shikastlangan o'choqlarda qutqaruv va tiklash ishlarini (QBTI) amalga oshirish juda murakkab ahvolda ro'y beradi, sababi bunday paytda hamma inshootlar deyarli shikastlangan, yongan, yiqilgan, suv bosgan, atmosfera hamda barcha yerlar zararlangan va shunga o'xshash boshqa noxush holatlar kuzatilgan bo'ladi.
Xuddi shunga o'xshash holatlar (favqulodda vaziyat) tinchlik davrida ham (tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari, fojialar oqibatida) kuzatilishi mumkin. SHu sababdan fuqaro himoyasining eng asosiy vazifalaridan biri, harbiy holatlarda va tinchlik davrlaridagi favqulodda vaziyatlarda shikastlangan o'choqlarda QBTIni amalga oshirish xisoblanadi.
SHikastlangan o'choqlarda QBTIni olib borishdan maqsad, fuqarolarni qutqarish va zararlangan odamlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, qutqaruv ishlarini amalga oshirishda halaqit beradigan avariyalarni bartaraf qilish, shikastlangan joylarni tiklash ishlarini amalga oshirishga sharoit yaratish va boshqa vazifalarini bajarish ko'zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |