3. Oddiy hujum vositalari
«Oddiy hujum qilish vositalari» tYermini, yuqori jangovor xossalarga ega bo'lgan yadroviy qurollar ishlab chiqarilgandan keyin paydo bo'ldi. Hozirgi kunga kelib oddiy qurollarning ba'zi namunalari o'zining samaradorligi bo'yicha ommaviy qirg'in qurollaridan qolishmaydi.
Oddiy hujum qurollari alohida yoki ommaviy qirg'in qurollari bilan birgalikda dushmanning aholisini, texnikasini shikastlash uchun hamda ob'ektlarni buzish va yo'q qilib yuborish maqsadida ishlatilishi mumkin.
Oddiy hujum vositalariga parchalanuvchi, fugas, kumulyativ, beton buzuvchi, yondiruvchi aslahalar, hajmiy portlash aslahalari va yuqori aniqlikdagi qurollar kiradi.
Parchalanuvchi aslahalar asosan odamlarga talofat yetkazish uchun mo'ljallangan. Parchalanuvchi aslahalarning ichida eng samaralisi sharikli bombalar hisoblanadi. SHarikli bombalar samoletlardan kassetalarda tashlanadi. Har bir kassetada 96 tadan 640 gacha bomba bo'ladi. Bunday kasseta yer ustida ochilib, bombalar har tarafga otilib chiqib 250 ming m" maydonda portlaydi. Har bir bombaning parchalarini o'ldirish kuchi 15 metr radiusda saqlanadi. Kassetali aslahalar boshqacha ko'rinishdagi bombalar bilan to'ldirilishi mumkin.
Fugas aslahalar asosan sanoat, turar-joy va ma'muriy binolarni, temir yo'llarni, avtomobil yo'llarini buzish, texnika va odamlarga talafat yetkazish uchun mo'ljallangan. Fugas aslahalarining asosiy talafot omili zarb to'lkini bo'lib, uning kuchi aslahadagi portlovchi moddaning miqdoriga bog'liq bo'ladi.
Parchalanuvchi va fugas aslahalarining talofat faktorlaridan saqlanish joylari turli xil chuqurliklar xisoblanadi.
Kumulyativ aslahalar himoyalangan nishonlarni yo'qotish uchun mo'ljallangan. Bunday aslahalar qalinligi bir necha santimetrli himoya qatlamini teshib, yong'inlarni paydo qilishi mumkin. Chunki bunday aslahalar ishlatilganda 6-7 ming daraja harorat va juda katta bosim paydo bo'ladi, Kumulyativ aslahadan himoyalanish uchun himoya qatlamining oldi qismiga 15-20 santimetr uzoqlikda turli xil materiallardan ekran o'rnatiladi. Unda aslahaning kuchi ekranga sarf bo'lib, himoya qatlami shikastlanmaydi.
Beton buzuvchi aslahalar yuqori mustahkamlikka ega bo'lgan temirli, betonli inshootlarni xamda aerodromlarni, uchish-ko'nish yo'llarini buzish uchun mo'ljallangan. Bunday aslahaning asosiga ikkita kumulyativ va fugas zaryad hamda ikkita detonator joylashtirilgan bo'ladi. Beton buzuvchi aslaha to'siqqa duch kelganda birinchi detonator kumulyativ zaryadni portlatadi. Bir necha daqiqadan keyin ikkinchi detonator fugas zaryadni portlatadi va ob'ektni to'liq buzilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |