Ishtixon tumani XTB ga qarashli 59-umumiy o‘rta ta’lim maktabida
“Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish ” kuni munosabati bilan o’tkazilgan tadbir bayonnomasi
BAYONNOMASI
“16” sentyabr 2021 yil Boylata qq
Yig‘ilish raisi: J.G’oyibov
Kotiba : F.Mardonov
Katnashdilar: Barcha pedagog xodimlar, maktab
o‘quvchilari.
KUN TARTIBIDA.
1. Maktabda “Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish ” deb nomlangan tadbir o‘tkazish.
ESHITILDI
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori J.G’oyibov so‘zga chiqib bugungi kunda yer yuzasida axoliga xavf solib turgan muammolar (ozon tuynugi, ichimlik suvi muammosi, kasalliklar) to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Maktab geografiya fani o‘qituvchisi H.Tog’aynazarov so‘zga chiqib: ozon qatlamini asosiy emiruvchilari freonlar bo‘lib, bir molekula xlor atomi yuz, minglab ozon molekulasini emira oladi. Ozon qatlamini siyraklashuvini oldini olish borasida ba’zi choralar ko‘rilmoqda. 1993-yilda “Ozon qatlamini himoya qilish” bo‘yicha Vena konvensiyasi qabul qilingan. Bu konvensiyaga O‘zbekiston respublikasi ham qo‘shilgan. BMT 16-sentyabrda “Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni” deb e’lon qilganligi haqida gapirib o‘tdi. Ozon ( qadimgi yunon tilidan – hidli) – bu O3 triatomik molekulalaridan tashkil topgan kislorodning allotropik modifikatsiyasi.
Oddiy sharoitlarda u ko’k zaharli gazdir. O’tkir hidga ega. Suyultirilganda u indigo suyuqligiga aylanadi. Qattiq shaklda u quyuq ko’k, kulrang, deyarli qora kristallardir.
Dunyoda biologik muvozanatni saqlaydigan atmosferadagi eng muhim gazlardan biri bo’lgan ozon, havoni tozalash orqali dunyo hayotining davom etishiga hissa qo’shadi. Bir necha oy davomida oziq-ovqat va suvsiz yashay oladigan odam havosiz 5 daqiqa yashay olmaydi. Shu sababli, hayotning qurilish bloklaridan biri bo’lgan turli xil kislorod shakllari ham sog’lom hayot uchun ishlatiladi. Ozon bu shakllardan biridir. Havoga ko’k rang beradigan ozon deyarli barcha yomon hidlarni yo’q qila oladigan noyob gazdir. Bu ma’lum bo’lgan eng kuchli dezinfektsiyalovchi va oksidlovchi gaz hisoblanishini aytib o’tdi.
MMIBDO‘ I.Jalilov so‘zga chiqib, o‘quvchilarga o‘yda va atroflarida olib boriladigan obodonlashtirish ishlarida yig‘ilgan barg-xazonlarni yoqib yubormasliklari to‘g‘risida o‘quvchilarga tushuncha berdi.
Yig‘ilish qaror qiladi:
Maktabda o‘tkazilgan “Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish ” tadbirida aytilgan masalalar barcha o‘qituvchi va o‘quvchilarga etkazilsin.
Maktabdagi obodonlashtirish ishlarida yig‘ilgan barg-xazonlarni yoqib yubormaslikni nazorat qilish xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari E.Tojiyev zimmasiga yuklatilsin.
Maktab direktori: J.G’oyibov
Yig’ilish kotibi: F.Mardonov
Do'stlaringiz bilan baham: |