Fuqaro himoyasi


Biologik qurollarning turlari



Download 21,33 Mb.
bet67/115
Sana17.07.2022
Hajmi21,33 Mb.
#817453
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115
Bog'liq
Fuqaro himoyasi

2. Biologik qurollarning turlari.
BV qaysi mikroorganizmdan taeorlanganligiga qarab biologik qurollar quyidagi turlarga bo'linadi:
a) Bakteriyalar asosidagi BQ: o'lat, sibir yarasi (kuydirgi), vabo, tulyaremiya, oqsim va boshqalar.
b) Viruslar asosidagi BQ: chin chechak, gemorragik bezgaklar, virusli entsefalitlar, parranda grippi va boshqalar.
v) Rikketsiylar asosidagi BQ: Ku istimasi, toshmali tif va boshqalar.
g) Zamburug'lar asosidagi BQ: blastomikoz, gistoplazmoza va boshqalar.
d) Bakterial toksinlar asosidagi BQ: botulinotoksin va boshqalar.
Bioliogik kurollar ichida ayniqsa o'ta xavfli yuqumli kasalliklar guruhiga kiruvchi o'lat, vabo, kuydirgi, oqsim kabi kasalliklar katta xavf tug'diradi.
Ulat (toun) — o'tkir yuqumli kasallik bo'lib, umumiy ahvolninig og'irlaShuvi, istima, limfa bezlari, o'pka va boshqa a'zolarning yallig'lanishi hamda sepsis bilan kechadi.
Kasallikka tez chalinish, keng tarqalishi va ko'plab bemorlar nobud bo'lishi tufayli o'lat o'ta xavfli (karantinli) yuqumli kasalliklar guruhiga kiritiladi. Dunyodagi barcha davlatlarda, MHDda, jumladan O'zbekistonda o'lat tugatilgan. Lekin tabiiy o'choqlarda sporadik holatlari aniqlanib turadi. Kasallikning tabiiy o'choqlari kemiruvchilar ko'p bo'ladigan port shaharlaridir.
Kasallik qo'zg'atuvchisi o'lat tayoqchasi, kasallik manbai kemiruvchilar, tuyalar va o'latning o'pka turi bilan og'rigan bemorlar. Kasallik sog'lom odamga transmissiv yo'l (infektsiyalangan burgalar chaqqanda), kontakt yo'l (kasallangan hayvon go'shtini nimtalash vaqtida), alimentar yo'l (zararlangan oziq - ovqatni iste'mol qilganda) va aerogen yo'l ( o'latning o'pka turi bilan og'rigan bemor bilan aloqada bo'lganda) yuqadi.Ulatning yashirin davri bir necha soatdan 3-6 kungacha. Kasallik tana haroratining 39 - 40 gacha ko'tarilishi bilan boshlanadi. Bemorning eti uvishib, boshi qattiq og'riydi, aylanadi, ko'ngli aynib, qayt qiladi, uyqusizlik, gallyutsinatsiya kuzatiladi.
Ulatning teri - bubon, o'pka, ichak va septik turlari farqlanadi. Ulatning teri - bubon turida qo'zg'atuvchining kirgan joyida qizil rangli kichik dog' hosil bo'lib, keyin qon - yiringga to'lgan pufakchaga aylanadi. Pufakcha yorilib, yara hosil bo'ladi. Ulat mikroblarining yaralardan limfa bezlariga tushishi natijasida limfa bezlarining yallig'lanishi - bubonlar hosil bo'lishi boshlanadi. Ulatning o'pka turida o'latli zotiljam kuzatiladi. U yo'tal, qon aralash balg'am ajralishi, havo yetishmasligi belgilari bilan namoyon bo'ladi. Ichak turi kuchli ich ketishi, ba'zan axlatda qon va shilliq bo'lishi bilan kechadi. Septik turida terida, shilliq pardalarda va turli a'zolarda ko'p sonli qon qo'yilishi paydo bo'ladi. Bu turi, odatda, tez orada o'lim bilan tugaydi.
O'latni davolash maxsus kasalxonalarda olib boriladi. Bemor bilan aloqada bo'lgan shaxslar ajratib, nazorat ostiga olinadi (obsYervatsiya qilinadi). Kasallik aniqlangan aholi yashaydigan hududda karantin e'lon qilinib, sanitariya tadbirlari o'tkaziladi. Zarurat to'g'ilganda o'lat vaktsinasi bilan emlanadi.
Vabo - organizmning suvsizlanishi bilan kechadigan o'ta xavfli ichak infektsiyasidir.Kasallik qo'zg'atuvchilari Osiyo vabosi vibrioni va Elь - Tor vibrionlari. Vabo vibrionlari tashqi muhitda chidamli, qaynagan suvda 39 soat, oqova suvlar bilan ifloslangan ochiq suv havzalarida bir necha oygacha yashay oladi.
Kasallik ifloslangan suv, oziq - ovqat orqali (alimentar yo'l), bemorni parvarish qilganda, bemor buyumlaridan foydalanganda (kontakt yo'l) yuqadi.
Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 5-6 sutkagacha (aksari 1 - 3 kun). Kasallik to'satdan ich ketishi bilan boshlanadi, bemor ko'p qusadi, organizmi suvsizlanadi. Bemor suv bilan birga ko'p miqdorda elektrolitlar yo'qotadi, organizmda keskin suv - elektrolit buzilishlari ro'y beradi. Talvasa tutishi, tovush bo'g'ilishi, nafas qisishi mumkin. Bemorning esi kirar- chiqar bo'lib qoladi. Kasallik yengil o'tishi ham mumkin.
Kasallar kasalxonalarda davolanadi. Bemor va vibrion taShuvchilar bilan aloqada bo'lganlar 5 kun davomida alohidalanib, kuzatiladi. Kasallik tarqalgan hududda karantin e'lon qilinib, sanitariya tadbirlari o'tkaziladi. Epidemiya tarqalgan joydagi barcha aholi vaktsinatsiya qilinadi.

Download 21,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish