172
Nazorat savollari
“Texnik toshlar”nima va ular qaerda ishlatiladi?
“Texnik toshlar”konlari qaerlarda bor?
“Bezak toshlar” nima va ular qaerda ishlatiladi?
“Bezak toshlar”konlari qaerlarda bor?
“Qimmatbaho toshlar” nima va ular qaerda ishlatiladi?
“Qimmatbaho toshlar”konlari qaerlarda bor?
Dekorativ kolleksiya nima?
Glossariy
Qimmatbaho va bezak toshlar
– zargarlik buyumlari, taqinchoqlar va bezak
berib ishlanadigan buyumlar uchun ishlatiladigan mineral va tog‘ jinslariga aytiladi.
Texnik toshlar
– ayrim fizik xossalari (qattiqlik, pishiqlik,
nur sindirish va
boshqa) bo‘yicha muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mineral xom ashyolar (tog‘ xrustali,
kvars, xalsedon, agat, morion, korund, granat, kvars, rubin, sapfir)dir.
173
HULOSA
Bugungi kunda ma’dan va noma’dan foydali qazilmalar fizik-kimyoviy
xususiyatlari va xalq ho‘jaligining turli sohalarida ishlatilishiga qarab 3 guruhga,
ya’ni: metall, metall emas va yonuvchi foydali qazilmalarga bo‘linadi.
O‘quv uslubiy qo‘llanmaning kirish qismida mazkur fanning maqsad va vazifalari,
boshqa fanlar bilan bog‘liqligi keng yoritib berilgan. Qo‘llanmaning asosiy nazariy
mavzularining mazmuni quyida bayon etilgan.
Foydali qazilma konlari ular joylashgan tog‘ jinslari hosil bo‘lish
sharoitlariga
qarab ikki (singenetik va epigenetik) turga bo‘linishi, konlar o‘lchamlari – uzunligi,
bo‘yi va chuqurligi bo‘yicha bir necha shakllarga (izometrik, plita, truba) bo‘linib,
ular qanday foydali qazilma konlarida uchrashi haqida ma’lumotlar berilgan.
Endogen konlar seriyasiga kiruvchi magmatik (erta, kech, likvatsion), pegmatit
(oddiy, qayta kristallangan, metasomatik), karbonatit (magmatik, metasomatik,
aralashgan), skarn (magnezial, ohakli), albit va greyzen, gidrotermal (yuqori, o‘rta va
past
haroratli),
kolchedan
(gidrotermal-metasomatik,
gidrotermal-cho‘kindi,
aralashgan) konlari haqida umumiy ma’lumotlardan
tashqari, ularning hosil bo‘lish
jarayonlari qanday formatsiyalar bilan bog‘liq ekanligi berilgan. Bundan tashqari,
misol tariqasida ba’zi endogen seryasiga mansub konlar xarita va qirqimlarda qanday
tog‘ jinslari bilan bog‘liq ekanligi misollarda keltirilgan.
Ekzogen konlar seriyasiga kiruvchi nurash (qoldiq, infiltratsion), sizma,
cho‘kma (mexanik, kimyoviy, biokimyoviy, vulqon), sochilma (elyuvial, felyuvial,
prolyuvial, alyuvial, literal, glyasial) konlari haqida to‘liq ma’lumotlar berilgan.
Bundan tashqari, ularning hosil bo‘lish
jarayonlari, keltirilgan rasmlarda ekzogen
seryasiga mansub konlar xarita va qirqimlarda qanday tog‘ jinslari bilan bog‘liq
ekanligi qo‘rsatilgan.
Metamorfogen konlar seriyasiga kiruvchi metamorflangan va metamorfik
(regional, kontakt) konlarining hosil bo‘lish jarayonlari qanday termodinamik
faktorlar bilan bog‘liqligi, metamorfizmning turlari (regional, lokal, kontakt,
174
dinamometamorfizm, avtometamorfizm), metamorfizm jarayonida hosil bo‘lgan tog‘
jinslari va ular qanday foydali qazilma konlarning
vujudga kelishida muhim rol
o‘ynashi haqida ma’lumotlar berilgan. Bunday konlar, ularning nomlari va joylashgan
erlari misollar bilan rasmlarda ko‘rsatilgan
Konlarning sanoat turlari mavzularida respublikamizda va boshqa davlatlarda
mavjud qora metallar (temir, marganets, xrom, titan), rangli metallar (volfram, mis,
qo‘rg‘oshin, alyuminiy, molibden), asl metallar (oltin, kumush), radioaktiv (oltin,
kumush), kamyob va tarqoq metallarning fizik va kimyoviy xususiyatlari, ular qanday
tog‘ jinslarida uchrashi va ularning tarkibidagi elementlarning miqdori (% hisobida),
dunyodagi davlatlar misolida zahiralar va ularning
qazib olinadigan miqdorlari,
konlarning nomi va joylashgan eri, xalq xo‘jaligining qaysi sanoat sohalarida
foydalanish mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Bundan tashqari, qurilish materiallari (qum, shag‘al, qumtosh, kvarsit),
kimyoviy va organik xom ashyolar (mineral tuzlar, fosfor),
industrial xom ashyolar
(olmos, grafit, slyuda, asbest), shisha, sopol, o‘tga va kislotaga chidamli xom ashyolar
va qimmatbaho toshlarning qanday genetik kon turlari bilan bog‘liqligi, tog‘ jinslari
va ularning xususiyatlar, zahiralar va ularni qazib olish miqdorlari dunyo
mamlakatlari
misolida, konlarning nomi va joylashgan eri, xalq xo‘jaligining qaysi
sanoat sohalarida qo‘llanilishi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.