3
KIRISH
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga ko‘ra “Muxandislik ishi“ sohasining
«Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (qattiq foydali
qazilmalar)» yo‘nalishida o‘qitiladigan “Foydali qazilmalarining
genetik va sanoat
turlari” fani dasturi geologiya, mineralogiya, petrografiya va foydali qazilmalar
fanlaridan olingan bilimlarga tayangan holda, foydali qazilma
konlarini genetik va
sanoat turlariga bag‘ishlangan mavzular ta’rifini o‘z ichiga olgan.
Fanni o‘qitishdan maqsad, konlarni genetek va sanoat turlari, magmatik,
pegmatit, karbonatit, skarn, albitit va greyzen,
gidrotermal, kolchedan va nurash
konlari klassifikasiyalari yoritib beriladi. Foydali qazilmalarni hosil bo‘lish sharoitlari
va jarayonlarini, joylashish qonuniyatlarini va sanoatbop turlarini o‘rganishdir.
Bu fanni o‘rganishning vazifasi talabalarga magmatik konlarni fizik-kimyoviy
hosil bo‘lish jarayonlari, likvatsion,
erta va kech konlar; oddiy pegmatit, qayta
kristallangan pegmatit, desilisir pegmatit; albitit va greyzen hosil bo‘lish jarayonlari;
gidrotermal konlarni hosil bo‘lishida tarqalish oreollari, yoshi, strukturalari va
ma’dan tanalarini hosil bo‘lish jarayonlari
va qonuniyat masalalarini, ularning
sanoatbop turlarini mustaqil ravishda echimini topish, ma’lumotnomalar va ilmiy
ishlab-chiqarish adabiyotlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish, hamda kelajakda ilmiy
tekshirish ishlarini olib borish qobiliyatini shakllantirishdir.
Ushbu dastur fan tarixi va rivojining tendensiyasini,
istiqbolini va iqtisodiy
islohotlarini, O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasining ishlab chiqarish
jarayonlarini, qo‘llaniladigan geologik uslublar va texnologiyalarni, shuningdek
geologik-sanoat parametrlarni hisoblash usullarini qamraydi.
“Foydali qazilmalarining genetik va sanoat turlari” o‘quv fanini o‘rganish
jarayonida bakalavrlar tomonidan o‘zlashtirish quyidagi masalalar doirasida bo‘lishi
lozim:
-
foydali qazilma konlarining nazariy asoslari;
-
foydali qazilma konlarini iqtisodiy va matematik nazariy asoslari;
4
-
geologiya-qidiruv ishlarining turli bosqichlarida foydali qazilmalar
xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
-
foydali qazilmakonlarini magmatik genetik turlari;
-
foydali qazilma konlarini pegmatit genetik turlari;
-
foydali qazilma konlarini karbonatit genetik turlari;
-
foydali qazilma konlarini skarn genetik turlari;
-
foydali qazilma konlarini albitit va greyzen genetik turlari;
-
foydali kazilma konlarini gidrotermal genetik turlari;
-
turli geologik konlarning kolchedan genetik turlari;
-
nurash konlarini genetikva sanoat turlarini tanlashni bilish va
ulardan foydalana olish;
-
ma’danli maydonlar, konlar va ma’dan namoyonlari bo‘yicha geologik
xaritalarni tuzish;
-
olingan ma’lumotlarni ijodiy-tanqidiy tahlil qilish;
-
olingan ma’lumotlarni xaritalarda ko‘rsatish va bashoratli qirqimlar
tuzish.
Qo‘yilgan vazifalar o‘qish jarayonida talabalarning ma’ruza darslari
va amaliy
mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishi, adabiyotlar bilan mustaqil ishlashi va o‘qituvchi
kuzatuvida mustaqil ta’lim olishi bilan amalga oshadi.
“Foydali qazilma konlarining genetik va sanoat turlari” fani ixtisoslik fani
hisoblanib, talabalarga 5-semestrda o‘qitiladi.
Fanni o‘qitishda barcha umumiy va maxsus geologik fanlaridan olingan
bilimlar asos bo‘lib xizmat qiladi. SHuning uchun bu fan uchunchi kursda, yuqoridagi
fanlardan keyin va malakaviy amaliyotdan oldin o‘qitiladi.
Foydali qazilma konlarining genetik va sanoat turlari bir tomondan fan bo‘lsa,
ikkinchi tomondan geologiya-qidiruv ishlari sohasining asosiy mazmunini tashkil
etadi. Bu fan geologiya sohasida bajariladigan ishlarning nazariy asoslarini o‘rgatadi.
5
Talabalarning ushbu fanni o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va
zamonaviy
usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni
tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va
uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan
foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy darslarda mos ravishdagi ilg‘or
pedagogik
texnologiyalardan foydalaniladi. Darslar slaydlar jamlamasidan foydalanish orqali,
turli konlar bo‘yicha to‘plangan loyiha materiallari misollarida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: