I z o m e t r i k sh a k l i d a g i r u d a g a v d a l a r i.
Bu tip ruda gavdalarigaquyidagilarkiradi:
SHtokverk
– ko‘pincha turli tomonga qarab yotgan o‘zaro kesiluvchi rudali
tomirchalarning to‘plami. Bu rudali tomirchalar asosan tog‘ jinslarining darzliklarida
yoki intruziv massivlarning yuqori qismlarida joylashadi (1-rasm). SHtokverk shakli
qalay, volfram, molibden va mis konlari uchun harakterlidir.
SHtok
– ruda gavdalarining noto‘g‘ri (izometrik) shakli bo‘lib, ko‘pincha xrom,
mis va ba’zi polimetall (Pb,Zn) konlari uchun harakterlidir.
Uya deb, ko‘pincha uncha katta bo‘lmagan (ko‘ndalang kesimi 10 metrgacha
etadigan) minerallar to‘plamiga aytiladi. Bu tipdagi ruda gavdalari o‘ta asosiy tog‘
jinslari bilan bog‘langan platinali va nordon magmatik jinslarida uchraydigan
pegmatitlarga xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |